Toshkent – 2003



Yüklə 3,49 Mb.
səhifə5/67
tarix07.01.2024
ölçüsü3,49 Mb.
#208733
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67
10-Buxgalteriya-hisobi-nazariyasi.-B.Xashimov-2003-darslik-

Moliyaviy hisobotning betarafligi qoidasi (accounting entity). Betaraflik printsipining ma’nosi shuki, moliyaviy hisobot undan bir guruh foydalanuvchilarning manfaatiga alohida e’tibor berib boshqa guruh foydalanuvchilarning zararini ko’zlamaydi, ya’ni moliyaviy hisobotlarni oldindan o’lchab (pichib-to’qib) qo’yilgan yanglish fikrdan holi bo’lishi kerak.
Hisobot davri daromadlari va xarajatlarning muvofiqlik tamoyili. Uning mohiyati shundan iboratki, tovarlar yoki xizmatlar uchun naqd pullar olingan yoki naqd pullar bilan to’lash to’g’risidagi talabnoma topshirilgan taqdirdagina daromadlar olingan hisoblanadi. Agar boshqaruv xodimlari sotilgan tovarlar bo’yicha, hamda qarzning uzilishiga ishonchi bo’lmasa, unda foyda haqidagi hisobotda mahsulot va xizmatlar realizatsiyasidan yalpi tushum olinadigan hisobot davrida shu dargumon qarzlarni uzish uchun zahira ajratib (hisoblab) qo’yiladi. Garchi daromadlar sotish davrida ro’yxatga olinsa ham ayrim mustasnolarga binoan, ya’ni kontraktni bosqichma-bosqich bajarilishi usuli (percentage of completion method) va keyinchalik to’lash sharti bilan sotish (rassrochka) usullarida (installment method) ham daromad tovarlar jo’natilgan, xizmatlar ko’rsatilgan vaqtida hisobga olinaveradi.
Aktivlar va majburiyatlarining haqiqiy baholanishi tamoyili. Aylanma aktivlari sotib olish qiymatida, ishlab chiqarish tannarxida yoki sof sotish qiymatida baholansa, asosiy va nomoddiy aktivlar boshlang’ich qiymatda baholanadi. Moliyaviy quyilmalar esa buxgalteriya hisobi standartlariga muvofiq baholanishi lozim. Majburiyatlar - tomonlarning kelishuv qiymatida - pul ko’rinishida aks ettiriladi.
Moliyaviy hisobot standartlariga bo’lgan ehtiyoj buxgalter yanglish fikrga kelishlik, noto’g’ri izohlash, noaniqlik va har xil ma’noli tavakkalchilitklarga uchrashi hisobiga kelib chiqadi. Bunday tavakkalchiliklarni kamaytirish uchun yuqori boshqaruv idoralari tomonidan umumqabul qilingan va barcha korxonalarda foydalanishga tavsiya etilgan moliyaviy hisobot shakllari ishlab chiqildi. Bunday yagona tartib bo’lmaganda har bir korxona o’z standartlarini ishlab chiqishga majbur bo’lar edi. Bunday xollarda moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilar oldindan har bir korxonaning moliyaviy hisoboti xususiyatlari bilan tanishib chiqishga mayubur bo’lar edi. Natijada muqoyasa qilib (qiyoslab) bo’ladigan hisobotlar tayyorlash imkoniyati bo’lmaydi.
1973 yil 9 davlat buxgalterlarining kasbiy tashkilotlari birlashib, Buxgalteriya Standartlari bo’yicha xalqaro komitet (IASC) tashkil etdilar. Bu komitetning maqsadi halqaro buxgalteriya standartlari asosida yagona xalqaro moliyaviy hisobot tizimini tashkil etish va takomillashtirishdan iborat edi. Bugunga kelib Komitet tarkibiga 100 dan ortiq davlatlarning kasbiy buxgalteriya tashkilotlari vakillari kiradi.
1996 yilning boshiga IASC tomonidan 41 ta xalqaro buxgalteriya hisobi standarti chop etilib amalga tadbiq etildi.
«Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi O’onuniningko’rsatmalari va moddalari buxgalteriya hisobining milliy standartlarida (BHMS) o’z rivojini topdi. Ushbu kitobni nashr etish vaqtigacha quyidagi BHMS tasdiqlandi:

  1. Moliyaviy hisobotni taqdim etishning kontseptual (tamoyil) asoslari;

  2. Hisob yuritish siyosati va moliyaviy hisobot;

  3. Asosiy xo’jalik faoliyatidan olingan daromad;

  4. Moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot;

  5. Tovar-moddiy zahiralar;

  6. Asosiy vositalar;

  7. Lizing hisobi;

  8. Nomoddiy aktivlar;

  9. Konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobotlar va sho’’ba xo’jalik jamiyatlarida sarmoyalarni hisobiga olish;

  10. Pul oqimi to’g’risida hisobot;

  11. Davlat subsidiyalarini hisobga olish va davlat yordamini aks ettirish;

  12. Ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlab chiqishlarga xarajatlar;

  13. Moliyaviy investitsiyalar hisobi;

  14. Aktsiyaga to’g’ri keladigan foyda;

  15. O’o’shma faoliyatda qatnashish ulushini moliyaviy hisobotda aks ettirish;

  16. Buxgalteriya balansi;

  17. Buxgalteriya balansi tuzilgan sanadan keyingi xo’jalik faoliyatining nazarda tutilmagan holatlari va yuz beradigan hodisalar;

  18. Kapital qurilishga oid pudrat shartnomalari;

  19. Inventarizatsiyani tashkil etish va o’tkazish;

  20. Kichik tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan soddalashtirilgan hisob yuritish va hisobot tuzish tartibi to’g’risida;

  21. Xo’jalik yurutuvchi sub’ektlar moliyaviy-xo’jalik faoliyatining buxgalteriya hisoboti schetlar rejasi va uni qo’llash bo’yicha yo’riqnoma.


Buxgalteriya hisobida xo’jalik muomalalari (business transactions) o’lchov ob’ekti bo’lib hisoblanadi. Ular firmaning moliyaviy ahvoliga ta’sir qiladigan xo’jalik hayotining hodisalaridir. Muomalalar ikki tomonlama bo’lib, mustaqil sheriklar o’rtasida qiymatliklarni almashtirish (xarid qilish-sotish, to’lovlar-qarzlar va boshqalar)dan yoki birtomonlama (tabiiy ofatlardan: yong’in, suv toshishi, portlashlardan talofatlar), stanok va asbob-uskunalarning eskirishi, foizlar bo’yicha summalarning doimiy jamg’arilishi va boshqalardan iborat bo’lishi mumkin.


Xo’jalik hisobi tomonidan qamrab olinadigan ob’ektlar raqam ko’rsatkichlari vositasida aks ettiriladi. Ularni olish uchun xo’jalik hisobida moddiy, mehnat va qiymat o’lchagichlari qo’llaniladi.

Yüklə 3,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin