Toshkent 2020 yil


Eng kam xarajat sarflab yuqori daromadga erishish



Yüklə 8,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/452
tarix02.12.2023
ölçüsü8,64 Mb.
#171372
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   452
EKOLOGIYA. Дарслик.2020.Muftaydinov

Eng kam xarajat sarflab yuqori daromadga erishish
‖ 
tamoyiliga asoslangan barakasiz (ekstensiv) rivojlanish, pirovard natijada ekologik 
inqirozga olib keldi. Uning salbiy oqibatlari havo va suvning ifloslanishi, 
tuproqlarning qashshoqlanishi hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulotlar sifatida, 
daromadlarning pasayishida, insonlar salomatligining yomonlashuvi, mehnat 
unumdorligining pasayishi, hosildorlikning kamayishi orqali jamiyatda iqtisodiy 
tanglikni sodir eta boshladi. Aniqlanishicha, tuproq unumdorligining bir foizga 
kamayishi natijasida hosildorlikning o‗rnini to‗ldirish uchun 10% sarf-xarajat 
qilish zarur ekan. Ma‘lum bo‗lishicha, tabiiy o‗rmonni kesish tufayli o‗rnida 
vujudga kelgan ikkilamchi o‗rmonning mahsuldorligi birlamchi o‗rmonga mos
kelmaydi, mutaxassislarga bu oldindan ma‘lum bo‗lgan. Atlantika okeanida 
baliqlarning xo‗jasizlarcha ovlanishi tufayli bir necha baliq turlari yo‗q qilindi, 
natijada baliq ovlash rejalari bajarilmay - sifatsiz baliq mahsulotlari bozorda sotilmay 
qoldi. Buning uchun baliq turlari, zotlarining populyatsiyasini o‗rganilishi zarur 
bo‗ldi. Evropa va Amerikadagi bir necha mamlakatlar hamda baliqchilik bilan 
shug‘ullanadigan kompaniyalar bunday tadqiqotlar uchun katta mablag‘
ajratmoqdalar.
Korroziya natijasida metallarning 
1
/
5
qismi va neft qazib olish va qayta ishlasda 
foydalaniladigan jihozlarining 77% yo‗qotilishi biokorroziya bilan bog‘liq ekanligi, 
ular mikroblar faoliyati bilan tushuntiriladi. Rossiyada xar yili o‗rmonlarning - 20 
mln. m

qismi zamburug‘ kasaliga duchor bo‗ladi va xasharotlarning ommaviy 
ko‗payishi sababli, ular qurib qolmoqda. Bunday misollarni ko‗plab keltirish 
mumkin. Xar yili dunyo bo‗yicha qishloq xo‗jalik ekinlarining yuqumli 
kasalliklarga chalinishi va zararli xasharotlar ta‘sirini kamaytirish maqsadida 2,5 trln. 
dollarlik mablag‘lar sarflanadi, bu jahonning jami byudjetini 10% ini tashkil 
qilishini aytib o‗tishning o‗zi ekologiyaning iqtisodiyotga qanchalik salbiy ta‘sir 
etishini tushunishga imkon beradi. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‗ra, XX 
asrning ikkinchi yarmida insonning xo‗jalik faoliyati ta‘sirida tabiiy muhitga 
etkazilgan zarar va u orqali aholi salomatligiga etkazilgan zarar, jahonning yillik 
byudjetidan ziyod bo‗lgan. Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, yer qaridan olingan 
tayyor mahsulotning bir birligiga bir necha, ba‘zan 10 va undan ko‗p birlikda 
chiqindilar vujudga keladi. Bunday chiqindilar odatda, iqstisodiyot uchun bahoga 
ega emas. Chunki, ulardan xo‗jalikda foydalanilmaydi, boz ustiga chiqindilar atrof-
muhitni ifloslaydi, yaylovlar maydonini egallab turadi, inson hayotini xavf ostida 


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
54 
qoldiradi. Qanchalik ko‗p yalpi milliy mahsulot ishlab chiqilsa, shunchalik 
chiqindilarning umumiy hajmi ko‗p bo‗lishi barchamizga ma‘lum. Lekin, Davlat 
ushbu chiqindilarning atrof – muhitni ifloslashi tufayli aholi salomatligini 
yomonlashuvining oldini oladi va ularning 
sog‘ligini 
tiklash maqsadida qayg‘uradi va 
buning uchun ma‘lum mablag‘ ajratadi. Bu sarf-xarajatlar yalpi milliy mahsulot 
hisobidan amalga oshiriladi. Biroq, atrof muhit ifloslanishining qiymati hisob-
kitob qilinmaydi. Yangi qurilib ishga tushirilgan korxona uning raxbariga yiliga 
ma‘lum daromad keltiradi, lekin korxona atrof-muhitga turli chiqindilarni chiqarib 
havo, suv tuproqni bulg‘aydi, qishloq xo‗jalik ekinlari hamda yaylovlarga ziyon 
etkazadi, aholi sog‘ligi yomonlashadi. Korxonaning to‗lagan arzimagan solig‘i
e‘tiborga olinmasa, uning etkazgan zarari etarli darajada ko‗p, uning bir yillik 
qiymati hisoblansa yillik daromadga etib qoladi, ba‘zi hollarda undan xam ziyod 
bo‗lishi mumkin. Gap shundaki, korxonaning atrof- muhitga etkazgan ziyoni ob‘ektiv 
hisob-kitob qilinmaydi. Shuning uchun ham joylarda ekologik vaziyat 
murakkablashib bormoqda. 
Iqtisodiyotning ekologiyaga ta‘siri ma‘lum, lekin ekologiyaning iqtisodiyotga 
ta‘siri ancha murakkab kechadi. Bu ko‗pincha tabiatning jamiyatga aks ta‘siri 
bilan tushuntiriladi. Hududlarning tabiiy resurslari xo‗jasizlarcha foydalanganda 
qashshoqlashadi, degradatsiyalashuv kuchayadi, boyliklarning miqdor o‗zgarishlari 
–sifat o‗zgarishlariga olib keladi. Bu ekologik va iqtisodiy o‗zgarishlar hududning 
iqtisodiy potentsialini kambag‘allashtiradi, eng muhimi ijtimoiy-iqtisodiy ahvol 
og‘irlashadi, resurslar mahsuldorligining keskin pasayib ketishi sug‘orma 
dehqonchilik va yaylov chorvachiligining izdan chiqishiga sabab bo‗ladi, sanoat 
korxonalarining sifatli xom ashyolar bilan ta‘minlanishi buziladi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasida Orol dengizi sathining 1961 yildan boshlab 
tushib borishi, Amudaryo havzasida suv tanqisligining jiddiylashuvi va sifatining 
yomonlashuvi, delьta to‗qayzorlarini suv bilan muntazam ta‘minlashning izdan 
chiqishi, tuproqda ko‗plab tuzlar to‗planishi va boshqa nomaqul hodisalar ushbu 
hududda antropogen cho‗llashishining rivojlanishiga sabab bo‗lmoqda. Cho‗llashish 
odatda cho‗l sharoitida biologik mahsuldorlikning keskin kamayib ketishi bilan bog‘liq. 
Xaqiqatdan xam hududda, yaylov, sug‘orma yerlar, suv havzalarining me‘yordagi 
biologik mahsuldorligi 60-yillardan boshlab keskin tanazzulga uchramoqda. Bu o‗z 
navbatida iqtisodiy samaradorlikning eng quyi ko‗rsatkichlargacha tushib ketishiga olib 
kelmoqda. Boz ustiga Orol dengizining qurigan qismidan shamol ta‘sirida tuz
kukunlarining beto‗xtov yog‘ilib turishi (xar gektar maydonga 100-1000 kg), 
Amudaryo suvi orqali tuzlarning dalalarga yotqizilishi (xar gektar maydonga 9-24 t 
gacha), suv tanqisligi, aholining ichimlik suvi bilan ta‘minlash darajasining kamligi,
turli kasalliklarning keng tarqalganligi va boshqalar tabiatning jamiyatdan ―o‗ch‖ 
olayotganini bildiradi. Chunki, Orol dengizi va Orol bo‗yida ming yillar davomida 
barqaror bo‗lgan ekologik muvozanat buzilgan. Buning oqibatida endilikda tabiat 
maromi ishdan chiqqanligi tufayli uning resurslari xam degradatsiyaga berildi, avvalgi
qulay ekologik vaziyat, hozirda jiddiy va tang ahvoldagi hududlar (Mo‗ynoq tumani) 
da falokatli vaziyatlar bilan almashdi. Bu nohush tabiiy-antropogen hodisa hudud 


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
55 
iqtisodiy potentsialini ham kambag‘allashtirdi, xar yilgi iqtisodiy zarar hajmi bir necha
yuz million so‗mni tashkil qilmoqda. Buni ekologik holatning yoki tabiatning 
jamiyatdan olayotgan ―O‗chi‖ – deb hisoblash lozim. 
Bu hududiy nohush hodisani to‗xtatish va avvalgi boy ekologik resurslarni qayta 
tiklash hamda qulay hayotiy vaziyatni bunyod etish ancha murakkab masala. Bu 
borada amaliy ishlar boshlangan, lekin ularning miqyosi va ko‗lami talabga to‗la javob
bermaydi. Chunki, muammo keng qamrovli, majmuali, yirik hududni qamrab olgan. 
Bu esa shunga yarasha tizimli tahlil yondashuvidan foydalanishni taqazo etadi. Bir 
necha maxsus bosqichlar davomida ko‗p yillarga (2030 yil) mo‗ljallangan chet-el 
sarmoyasi asosida majmuali aniq tadbirlar amalga oshirilishi lozim. 

Yüklə 8,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin