4-qonun. Tabiat nima qilishni yaxshi biladi. Ushbu qonun Yerda hayotning
paydo bo‗lishi va rivojlanishiga asoslangandir. Tabiatda har bir organik moddaning
parchalantiruvchi fermenti mavjudki, uning har bir bo‗lagi, ob‘ekti aniq bir
vazifaga ega va ular tabiatning doimo rivojlanishiga, gullab-yashnashiga, o‗z-
o‗zini musaffolashishiga yordam beradi. Hatto inson ko‗ziga ko‗rinmaydigan
mikrob, bakteriyalar ham aniq bir vazifani bajarish uchun yaratilgan va ular ham
yerda hayot davom etishi uchun o‗z ulushlarini qo‗shadilar. Hammamiz uchun
ko‗pincha ―keraksiz‖ deb tuyiladigan pashshalar ham aniq bir vazifani
bajaradilar. Ular bakteriyalarning millionlab ―armiyasi‖ni o‗z oyoqlarida tashib,
chiqindilarni chirishiga, parchalanishiga, ya‘ni yer yuzini tozalanishiga sababchi
bo‗ladilar. Lekin inson shu qonunga zid ravishda umuman parchalanmaydigan,
chirimaydigan, ya‘ni hech qanday bakteriyalar o‗zlashtira olmaydigan moddalarni,
mahsulotlarni (polimer, plastmassa, shishasimon va shu kabi moddalarni), zaharli
ximikatlarni, pestitsidlarni ishlab chiqardiki, oqibatda ularni eskirishi, to‗kilishi
natijasida tabiat, turli ko‗rinishdagi chiqindilar bilan to‗lib toshdi, atrof-muhit
keskin ifloslandi. Shuning uchun hozirgi kunda tezlik bilan, ilmiy asoslangan
tabiat qonunlarini inobatga olgan holda ishlab chiqarishlarni qayta yo‗lga qo‗yish
darkor.
Sharqda qadim-qadimdan qumursqaga ham ozor bermaslik ruhida yoshlarni
tarbiyalashgan, hatto suvga tupurish katta gunoh sanalgan. Buxoroliklarda
―tustovuq patini uyga olib kelsang, baxtsizlik ro‗y beradi!‖ degan naql bor. Uning
zamirida jonivorlarni asrash va ularga ozor bermaslik qoidalari yotgan.
Ulug‘ bobokalonimiz, Hadislar sultoni Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy
o‗z asarlarida tabiat haqida bunday deb yozgan edilar:
―Dunyo yam-yashil va