Toshkent 2020 yil


IV.2. Ekotizimlarning mahsuldorligi



Yüklə 8,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/452
tarix28.11.2023
ölçüsü8,64 Mb.
#168408
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   452
EKOLOGIYA. Дарслик.2020.Muftaydinov

IV.2. Ekotizimlarning mahsuldorligi.
Jamoalar mahsuldorligi, ekotizimdagi 
produtsentlarning quyosh energiyasini kimyoviy energiyasiga aylantirib, organik 
moddalar sintezlash samaradorligiga bog‗liq. 
Ma‘lum vaqt davomida o‗simliklar tomonidan hosil qilingan organik massa 
jamoaning
birinchi darajadagi mahsuldorligi
-deyiladi. U o‗simliklarning quruq 
yoki ho‗l massasi tarzida ifodalanadi. Konsument massaning ma‘lum vaqt ichidagi 
o‗sishi — bu 
jamoaning ikkinchi darajali mahsuldorligi
-deyiladi. 
Har bir ozuqa zanjiri, birlamchi va ikkilamchi hosildorlik hosil qilish tezligi 
va mahsulotlarning taqsimlanishi bo‗yicha turlichadir. Ekotizimlarda birlamchi va 
ikkilamchi hosildorlikning miqdoriy ko‗rsatgichlari mavjud. Bu 
hosildorlik 
piramidasi qonuni
–deb ataladi.
Har bir ozuqa zanjirida ma‘lum vaqt davomida hosil qilinadigan biomassa 
yoki mahsuldorlik keyingi ozuqa zanjiriga nisbatan ko‗p. 
Ey, 
Spiytmon 
Zardusht! 
Kimda-kim zaminni chab va 
o‘ng qo‘l bilan, o‘ng qo‘l va chab 
qo‘l bilan shudgor qilsa, zamin 
unga farovonlik baxsh etadi. U 
go‘zal va pokiza qizga o‘xshaydi.
Bu qiz er xonadoniga kirib 
borib, 
o‘z to‘shagida halol 
yostiqdoshiga farzandlar tug‘ib 
beradi. Zamin ham mo‘l-ko‘l 
mevalarini in‘om etadi.
 
Avesto. Vandidod, uchinchi 
fargard, uchinchi bo’lim (25).


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
85 
Yer yuzidagi ekotizimlarda biomassalar piramidasi, son piramidasi 
qonuniyatlari qayd etiladi, ya‘ni o‗simliklarning umumiy massasi, soni ularni 
eydigan hayvonlarning massasiga va soniga nisbatan ko‗p. 
Ekotizimlar mahsuldorligi qonuniyatlarini o‗rganish, energiya oqimi 
miqdorini hisobga olish amaliyotda katta ahamiyatga ega. 
Odamlar tomonidan foydalanadigan agrotsenozlar (birinchi mahsuldorligi) 
mahsulotlari, insoniyat jamiyatining ovqat zahirasi hisoblanadi. Ikkilamchi 
mahsuldorlik, ya‘ni chorva mollari hisobiga olinadigan mahsuldorlik ham katta 
ahamiyatga ega. 
Energiya oqimi va ekotizimlar mahsuldorligini aniq hisobga olish, ulardagi 
modda aylanishini boshqarish orqali odamlar uchun ko‗proq hosil olishda yordam 
beradi. 
Bundan tashqari tabiatdan o‗simlik va hayvonlar biomassasining qanchasini 
olish mumkinligini bilishimiz ham kerak. Ularga zarar keltirmaslik, Yerning eng 
yuqori biologik mahsuldorligini bilish maqsadida chet mamlakatlarda 1969-yildan 
buyon xalqaro biologik dastur bo‗yicha ilmiy izlanishlar olib boriladi. 
Birlamchi biologik mahsuldorlikning o‗sish tezligi o‗simliklarni fotosintezi 
imkoniyatlariga bog‗liq. 
O‗simliklar jamoasida fotosintezning foydali ish koeffitsenti bor yo‗g‗i 5% ni 
tashkil qiladi. 
Umuman, Yer shari bo‗yicha o‗simliklar tomonidan quyosh energiyasining 
faqat bir foyizigina o‗zlashtiriladi. Chunki fotosintez faolligi ko‗plab omillar 
ta‘sirida cheklandi. 
Yer yuzida birlamchi biologik mahsuldorlik notekis taqsimlangan. Eng yaxshi 
ekologik sharoitda, namlik, yorug‗lik, mineral tuzlar, issiqlik yetarli bo‗lgan 
joylarda o‗simliklarda eng yuqori o‗sishi kuzatiladi. 
Shimoliy muz okean sohillari ekotizimlar mahsuldorligi 20 ts

ga, qora 
dengizning Kavkaz tomon sohilida u 200 ts

ga dan oshadi. O‗rta Osiyo cho‗llarida 
esa mahsuldorlik 3 — 20 ts

ga ni tashkil etadi
19


Yüklə 8,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin