Toshkent 2020 yil


Tuproqning shamol ta‘sirida eroziyaga uchrashishi 2 turga bo‗linadi



Yüklə 8,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə235/452
tarix28.11.2023
ölçüsü8,64 Mb.
#168408
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   452
EKOLOGIYA. Дарслик.2020.Muftaydinov

Tuproqning shamol ta‘sirida eroziyaga uchrashishi 2 turga bo‗linadi: 
1

Maxalliy yoki har kunli eroziya. 
2. Chang-bo‗ronli eroziya

Maxalliy eroziya natijasida shamolga ro‗para yerlar sekin-asta emiriladi. 
Ma‘lum vaqt o‗tgandan keyin o‗sha joylardagi tuproq kam unumli bo‗lib qoladi. 
Mahalliy eroziya, o‗z navbatida, 2 qismga bo‗linadi

1

Mahalliy shamol ta‘sirida tuproqning yuqori qatlamini eroziyaga 
uchrashishi. 
2. Mahalliy shamol ta‘sirida tuproqning pastki qatlamini eroziyaga 
uchrashishi. 


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
228 
Agar shamol kuchli bo‗lsa, quyun-uyurma vujudga kelib, nuragan 
zarrachalarni ancha balandlikka ko‗taradi va bu hodisa mahalliy shamol ta‘sirida 
tuproqning yuqori eroziyasi deyiladi. 
Mahalliy shamol ta‘sirida tuproqning pastki qatlamini eroziyaga uchrashishi 
paytida esa, nuragan jinslar faqat 1,5 m balandlikka ko‗tariladi, xolos. 
Chang-bo‗ronlar natijasida vujudga keladigan eroziya kuchli shamol ta‘sirida 
sodir bo‗ladi chang-to‗zon zarrachalarni havoga ko‗tarib, havo tarkibini 
o‗zgartirib, qorong‘ilashtirib yuboradi. Bunday eroziya turi har 3-5 yilda yoki 10-
20 yilda takrorlanishi mumkin. 
Chang-bo‗ron ta‘sirida vujudga kelgan eroziya tufayli 1-2 sutka davomida 
tuproqning 1-2 sm va hatto 5-25 sm qalinlikdagi ustki unumdor qatlami uchib 
ketadi. Ma‘lumotlarga qaraganda, faqat 1960 yilda Ukraina va Shimoliy Kavkazda 
chang-bo‗ronlar ta‘sirida 2,5 mln gektar yerdagi ekinlar zarar ko‗rgan. Chang-
bo‗ron ta‘siridagi eroziya Shimoliy Amerikada, Osiyoda va Avstraliyada tez-tez 
sodir bo‗ladi. Markaziy Osiyo miitaqasida eroziya tufayli qumlar ko‗chirilib, 
barxanlar vujudga keladi, unumdor vodiylarga qum bostirib kirishi hodisalari 
bo‗lib turadi. Shuning uchun qadim davrlarda nihoyatda obod bo‗lgan Quyi 
Zarafshon va Quyi Amudaryodagi sug‘oriladigan yerlarning ma‘lum bir qismi 
qumlar ostida qolib ketgan. 

Yüklə 8,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin