Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
230
yil 7 iyulda Talgar vodiysida bo‗lib o‗tgan sel natijasida Almati shahridan 60 km
uzoqlikda joylashgan Esik ko‗li yo‗q bo‗lib ketgan.
Tuproq eroziyasining yana bir turi
(Qulash) – irrigatsiya eroziyasidir
. Bu
dehqonchilik qilinadigan nishab yerlarni noto‗g‘ri sug‘orishidan ko‗proq
sodir
bo‗ladi, bunda kichik jarliklar vujudga kelib, tuproq suv ta‘sirida yuviladi.
Masalan, Toshkent viloyatining ba‘zi-bir xo‗jaliklarida irrigatsiya eroziyasi tufayli
har bir gektar yerdan o‗rtacha 100 t. tuproq yuvilib ketmoqda. Buning oqibatida yil
davomida har gektar yerdan 100 kg. azot va 115kg. fosfor yuvilib ketmoqda.
Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, tuproqning eroziyadan saqlab qolish
uchun bir qator chora-tadbirlar mavjud.
1.
Past-balandliklardan iborat bo‗lgan yerlarda ko‗p yillik ekinlar ekish,
bog‘dorchilik va uzumchilik sohalarini rivojlantirish maqsadga muvofiqdir.
Qiyaligi 5-10° tashkil etadigan yerlarning yon bag‘irlari (fatsiyalar) ko‗ndalang
haydalsa, yog‘ingarchilik suvlari jo‗yaklar hosil qila olmaydi. Yerning qiyaligi 10-
15° tik bo‗lgan yerlarda ko‗p yillik yem-xashak o‗simliklari ekish yoki pushtalar
olib, mevali daraxtlar va tokzorlar barpo qilish respublikamiz miqyosida keng
ko‗lamda amalga oshirilmoqda.
2. Yo‗llar qurilishi paytida yog‘ingirchilik suvlarini oqib ketishi uchun yo‗l
bo‗ylab ariqlar qazish va daraxtzorlar barpo etish maqsadga muvofiqdir.
Suv
havzalari, to‗g‘onlar, kanallar va suv omborlari qurilishi paytida tuproq olingan
handaklarni tekislab, daraxtzorlar barpo etish kerak. Masllan, Samarqand
viloyati
Pastdarg‘om tumanida kichik jar va soylarni tekislash hisobiga 200 gektar yangi
erlar ochib xo‗jalik hisobiga o‗tkazilgan.
3
.
Qirg‘oqlarni yuvadigan daryo bo‗ylarida damba va ko‗tarmalar
o‗rnatish, jarliklarga suv tushmaydigan ariqlar qazish, yumshoq va engil tez
yuviladigan tuproqli joylarda ariq o‗rniga temir-beton lotoklar o‗rnatish, jarlarda
va soyliklarda suv oqimini to‗suvchi to‗g‘onlar qurish, selga qarshi kurashish
uchun quruq hovuzlar (Selhonalar) va suv omborlari barpo etish, zinapoyasimon
ariqlar qazish katta ekologik ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: