Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
233
parametrlari o‗z vaqtida va samarali amalga oshirilishini ta‘minlash va har
chorakda Respublika komissiyasiga tegishli axborotni kiritib borishlarini;
-―Toza hudud‖
DUK ustavlarini tasdiqlanib, shtatlarini malakali
mutaxassislar bilan to‗ldirib, shuningdek, zarur moddiy-texnika bazasi bilan
jihozlanishini ta‘minlanishini;
-O‗zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va O‗zbekiston
Respublikasi
Moliya vazirligi bilan birgalikda ―Toza hudud‖ DUKning maxsus texnikalari
uchun yoqilg‗i-moylash fondlari va limitlarini ajratish tartibini ishlab chiqsin va
tasdiqlashini.
- maishiy chiqindilarni yig‗ish va olib chiqish xizmati bo‗yicha abonentlari
bo‗lgan yuridik va jismoniy shaxslarni hisoblangan xatlovdan o‗tkazib, marshrutlar
jadvallarini ishlab chiqi va
tasdiqlandi;
-fuqarolarning o‗zini o‗zi boshqarish organlari bilan yaqin hamkorlikda
chiqindilarni to‗plash va olib chiqib ketish bo‗yicha ko‗rsatilayotgan xizmatlar
uchun abonentlar bilan shartnomalar tuzish va to‗lovlarning o‗z vaqtida amalga
oshirilishini ta‘minlash bo‗yicha samarali ishlarni tashkil etildi;
-tadbirkorlik sub‘ektlarining chiqindilarni yig‗ish, tashish,
utilizatsiya qilish,
qayta ishlash, ko‗mish va realizatsiya qilish jarayonlaridagi ishtirokini kengaytirish
masalalari ko‗rib chiqildi;
-ta‘lim muassasalarida, fuqarolar yig‗inlarida chiqindilar bilan bog‗liq ishlarni
amalga oshirish sohasidagi qonunbuzarliklar profilaktikasiga oid seminarlar,
anjumanlar, davra suhbatlarini doimiy ravishda o‗tkazib borish yo‗lga qo‗yildi.
O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili O‗zbekiston Respublikasi
Davlat byudjeti parametrlarini shakllantirish chog‗ida O‗zbekiston Respublikasi
―Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‗mitasi‖ning asoslangan
hisob-kitoblari bo‗yicha ushbu qaror
bilan tasdiqlangan tadbirlar, manzilli
dasturlar, investitsiya loyihalari, istiqbol ko‗rsatkichlarini amalga oshirish uchun
mablag‗lar ajratilishiga e‘tibor berilmoqda.
―O‗zavtosanoat‖ AK va ―O‗zagrotexsanoatxolding‖ AJ ―Toza hudud‖ DUK
ehtiyojlari uchun mazkur qarorning 6a-ilovasida nazarda
tutilgan maxsus texnika
(chiqindi tashuvchi va assenizatsiya mashinalar va traktorlar) ishlab chiqarilishi va
yetkazib berilishini o‗rnatilgan tartibda ta‘minlab kelmoqda.
―Qurilishmashlizing‖ ixtisoslashgan respublika ―lizing kompaniyasi‖ AJga
mazkur qarorning 6a-ilovasida nazarda tutilgan maxsus texnika, mexanizm va
uskunalarni ixtisoslashgan sanitariya tozalash tashkilotlarining maxsus texnika va
uskunalar parkini yangilash uchun lizing asosida yetkazib berish yuklatildi.
Tijorat banklariga respublika shaharlaridagi ixtisoslashgan sanitariya tozalash
tashkilotlarining ushbu qarorning 6, 8 va 10-ilovalarida
nazarda tutilgan qattiq
maishiy chiqindilar poligonlarini barpo etish va maxsus texnika hamda uskunalar
bilan qo‗shimcha jihozlash uchun imtiyozli kreditlar berish amalga oshirilmoqda.
O‗zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va ―O‗zbekneftgaz‖ milliy
xolding kompaniyasi O‗zbekiston Respublikasi ―Ekologiya va atrof-muhitni
muhofaza qilish davlat qo‗mitasi‖ning hisob-kitoblari
asosida maishiy
Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
234
chiqindilarning uzluksiz olib chiqilishini ta‘minlash maqsadida har yili maxsus
texnika uchun zarur dizel yoqilg‗isi limiti ajratilmoqda.
Dostları ilə paylaş: