Toshkent 2020 yil


Shamol ta‘sirida tuproqning eroziyaga uchrashishi oldini olishning



Yüklə 8,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə236/452
tarix28.11.2023
ölçüsü8,64 Mb.
#168408
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   452
EKOLOGIYA. Дарслик.2020.Muftaydinov

Shamol ta‘sirida tuproqning eroziyaga uchrashishi oldini olishning 
samarali yo‗llari.
Ular quyidagilardan iborat:
 
1.
 
Shamolga qarshi ihota daraxtzorlari barpo etish. 
2.
 
Turli xil o‗simliklar ekib shamol yo‗liga to‗siq (kulis) hosil qilish. 
3.
 
Yerlarni almashlab ekish. 
4.
 
Yerlarni chuqur haydash. 
5.
 
Tuproqni o‗g‘itlab, tizimini yaxshilash

Ixota daraxtlari shamol kuchini pasaytiradi, tuproqda namlikni saqlaydi, 
yerlarni qum bosishdan saqlaydi. Masalan, Quyi Zarafshon vohasiga Qizilqumning 
bostirib kirishining to‗xtatish maqsadida uzunligi 120 km, eni 2-3 km bo‗lgan 
Buxoro yashil ixota daraxtzorlari barapo etilgan. O‗zbekiston sharoitida balandligi 
6-8 m bo‗lgan ixota daraxtzorlari 60-80 m dan 200-250 m. gacha yerlarni 
eroziyadan saqlaydi. Natijada shu joydagi paxtaning hosildorliga eroziyaga 
uchragan yerdagi paxtalarga nisbatan 2 marta oshgan. 
Qozog‘istonda bug‘doyzorlarni, O‗zbekistonda esa, bug‘doy, sholi va 
paxtazorlarni eroziyadan himoya qilishda kulis usulidan keng foydalanilmoqda. 
Kulis – asosiy ekinlar orasida kengligi 2-4 m qilib baland poyali o‗simliklar 
(makkajo‗xori, kungaboqar va boshqalar)ni ekib, shamolni to‗suvchi to‗siqlar 
barpo etishdir.
Almashlab ekish tufayli tuproq tarkibida chirindilar va azot miqdori, 
qolaversa, yer unumdorligi oshadi. 
O‗zbekistonda paxta dalalari bedapoya bilan har 3 yilda almashlanib turiladi. 
Natijada paxta hosildorligi 39%ga ortgan. Eroziyaga uchragan tuproqlarda beda 
ekib, 3 yildan so‗ng chigit ekkanda, paxta hosildorligi har gektar yerdan 5 


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
229 
tsentnerga ortgan. 
Qumoq va qum tuproqli yerlarda eroziyaga yo‗l qo‗ymaslik maqsadida ko‗p 
yillik ekinlar ekib, bir dala bilan ikkinchi dala o‗rtasida bo‗sh yer qoldirish yoki 
shamolning yo‗nalishiga ko‗ndalang ravishda ag‘darib haydash yaxshi natija 
beradi. 
Tuproqning shamol ta‘sirida eroziyaga uchrashishi oldini olishning yana bir 
samarali usuli tuproq tizimini yaxshilashdir. Buning uchun suvda eruvchan 
polimerlardan foydalaniladi. Polimer eritmasini ko‗chma qumlar ustiga sepganda, 
qum zarrachalari o‗zaro yopishib qoladi, natijada qum ko‗chishi oldi olinadi. 

Yüklə 8,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin