Fanning mazmuni asosiy mazmuni – Talabalarga “Bolalarning ijtimoiy moslashuvi” fani ijtimoiy pedagogikaning tarmoqlari; ijtimoiy pedagogika umumiy pedagogikaning tarkibiy qismi ekanligi; ijtimoiy pedagogikaning madaniy-tarixiy asoslari, etnografik va falsafiy negizlari; ijtimoiy pedagogikaning jamiyat hayotidagi ahamiyati; Sotsial ish metod va texnologiyalari haqidagi bilimlarini shakillantirishdan
iborat. Gumanitar bilishning sohasi sifatida ijtimoiy - pedagogika, uning obʼyekti, tadqiqot predmeti va asosiy kategoriyalari haqida nazariy bilimlar berish. Bolani ijtimoiylashtirishning asosiy omillari va qonuniyatlari haqida yaxlit tasavvurlarni shakllantirish. Ijtimoiy - pedagogik faoliyatning o‘ziga xosliklari va uning gumanistik yo‘nalganligini yoritib berish. Turli yoshdagi bolalar bilan ijtimoiy - pedagogik faoliyat olib borishning asosiy metod va shakllarini talabalarga o‘rgatish ko‘nikma va malakalarini hosil qilishdan iborat.
II. Asosiy nazariy qism (Ma’ruza mashg‘ulotlari) 2.1. Fan tarkibiga qo‘yidagi mavzular kiradi.
1-mavzu: Tarbiya – ijtimoiylashtirish omili. Ijtimoiylashtirish – tarbiyaning bosh maqsadi. Xalq donishmandlari ijtimoiylashuv muammosi va tarbiyasi haqidagi qarashlari juda uzoq tarixiy ildizga egadir. Xalq og‘zaki va yozma yodgorliklarida: maqol, hikmat, ertak, aytishuvlarda oila, ota-ona, oilaviy barqarorlik o‘zaro munosabat masalasiga alohida e’tibor qaratilgan.
2-mavzu: Ijtimoiylashtirish jarayoni va tarbiyalanuvchi tomonidan jamiyatda mavjud bo‘lgan me’yorlar,qadriyatlar, xulq-atvor shakllarining o‘zlashtirilishi. Ijtimoiylashuv jarayoni ko‘proq bolalarni jamiyatga qo’shish, teran fikrlash hamda mustaqil shaxs bo’lib yetishishi maqsadida olib boriladi. Ijtimoiylashuv jarayoni dastlab manbalarga murojaat etiladi, shu jihatdan dastlabki metodlarga.
3-mavzu. Bolalik – insonning ijtimoiy hayot me’yorlarini egallay boshlash davri. “Tarbiya” jarayoni tushunchasining mohiyati. Tarbiya maqsadining jamiyat ijtimoiy extiyoji asosida belgilanishi. Komil inson, malakali mutaxassisni tarbiyalash - bosh ijtimoiy maqsad. Tarbiya qonuniyatlari va tamoyillari.
4-mavzu:. Ijtimoiylashtirishning omillari (makro, mezo va mikro omillar) va mexanizmlari Ijtimoiylashtirishning omillari (makro, mezo va mikro omillar) va mexanizmlari bolalar uchun juda muhim jarayon hisoblanadi.