O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
TOSHKENT ARXITEKTURA QURILISH INSTITUTI
MUHANDISLIK QURLISH INFRASTRUKTURASI
FAKULTETI.
“Qurlish materiallari va kimyo” kafedrasi
“Qurilish industriyasining mexanik uskuna va mashinalari” fanidan
KURS LOYIHASI
Mavzu: Bolg’ali maydalagich.
Bajardi:Abdurahmonov H
Guruh:47-12 QMB
Qabul qildi:dots.t.f.n.Sattorov. Z. M
2014-2015 o’quv yili
KIRISH
Qurilish materiallarini ishlab chiqarishda va qayta ishlashda asosiy mexanik
uskuna va mashinalardan maydalovchi uskunalar va mashinalar,
kukunlovchi
uskunalar va mashina, materialni saralash uchun mashinalar, materiallarni
aralashtirish uchun mashinalar qurilish industriyasida juda ko’p qo’llaniladi.
Biz bularni labaratoriya ishida ishlash jarayonini ko’rib chiqamiz,ya’ni bolg’ali
maydalagichning
qamrash
burchagini,eksstentrik
valining
burchak
tezligini,ishlab chiqarish
samaradorligini,konusli maydalagichning ishlab
chiqarish samaradorligini,qamrash burchagini,val diametri va tushayotgan
bo’laklar o’lchamlari, o’rtasidagi o’zaro nisbatni, valikli maydalagichning ishlab
chiqarish samaradorligini,vallari aylanish sonini,sharli tegirmon barabaning
kritik va eng qulay tezlik aylanishini, sharli tegirmon barabani sharlarining eng
qulay
burchak uzilishi,tegirmonda kukunnaladigan jism massasini,tebranuvchi
sim g’alvirlarning ishlab chiqarish samaradorligini,barabanli sim g’alvirni
aylanishlar sonini,uzluksiz harakatlanuvchi kurakli aralashtirgichning ishlab
chiqarish samaradorligini aniqlashlarni bajaramiz.
Barcha maydalash mashinalari bo`laklagich va tegirmonlarga bo`linadi.
Bo`laklagichlar yirik va o`rta maydalash, tegirmonlar esa o`rta, kichik, mayin va
kolloid maydalashda
ishlatiladi.
Maydalash mashinalarining quyidagi turlari mavjud: jag’li, bolg’ali, valikli,
konusli, sharli,sterjenli,halqali, kolloid va hokazo. Barcha maydalash
mashinalariga quyidagi talablar qo`yiladi: maydalangan mahsulot zarralarining
bir xilligi; maydalangan mahsulot zarralarining maydalash kamerasidan uzluksiz
chiqarilishi; chang hosil bo`lishining imkon darajasida kam bo`lishi; maydalash
darajasining
rostlash
imkoniyati;
energiya
sarfining
kam
bo`lishini
ta`minlanish.
– Jag`simon maydalagich –
materialni maydalash davriy ,ravishda ikkita
qo`zg`aluvchi va qo`zg`almas tekis yoki botiq yuzaga ega bo`lgan jag`lar
orasida sodir
bo`ladi;
– Konussimon maydalagich – material uzluksiz ravishda ikkita (biri ichida
ikkinchisi aylanadigan) konus yordamida maydalanadi. Barabanli maydalagich –
ikkita bir-biriga qarama-qarshi aylanadigan silliq yoki tishli barabanlardan
tashkil toрgan bo`lib, materialni ezish asosida maydalaydi. Zarbali
maydalagichlar – materialni maydalash tez harakatlanuvchi jismlarning kinetik
energiyasi ta`sirida amalga oshiriladi. Bu maydalagichlar uch xil rusumli:
bolg`ali, rotorli va sterjenli (dezintegratorli) bo`lishi mumkin. Jag`simon
maydalagichlar ruda va
qurilish materiallarini yirik, o`rtacha maydalashda
qo`llanadi.
Bunda
materialning
may-¬%"
dalanishi qo`zg`almas va
qo`zg`aluvchi jag`lar orasidagi bo`shliqda ezilish, рarchalanish va sinish
natijasida sodir bo`ladi. Konussimon maydalagichlarda material ikkita
ekssentrik joylashgan kesik konus orasidagi halqasimon ishchi maydonda
maydalanadi. Yumshoq, qattiqligi tirnash (ko`mir, ohaktosh,giрs,bor va h. k.)
materiallarni maydalashda zarba tamoyilida ishlaydigan maydalagichlardan
foydalaniladi. Barabanli
maydalagichlar ham yumshoq, o`rtacha qattiqlikdagi
tirkash(obraziv)
xususiyatiga ega bo`lmagan materiallarni maydalashda
qo`llaniladi. Xar xil qurilish materiallarini maxsulot va konstruksiyalarini
tayorlash uchun ishlatilayotgan xom ashyo va aralashmalarini maydalashga
to’g’ri kiladi. Maydalash jarayoni sindirish va kukunlash bosqichlaridan
eborat.
Sanoatda qurilish materiallarini maydalash jaryonlari aloxida axmiyatga ega.
Chunki olingan maxsulot xar xil qurilish materiali sufatida (sement, oxak, sopol,
temirbeton va .) ishlatiladi. Qurilish materiallarini
maydalash asosan ezish,
sindirish, ishqalash, urish yoki birgalikda tasir qilishi ezish va ishqalash, urish va
ishqalash
va
boshqa xollarda amalga oshiriladi. Foydali qazilma massasi
(asosan, ruda) tarkibini tashkil qiluvchi bo`laklar turli o`lchamlarga ega bo`lgan
holda boyitish fabrikasiga kelib tushadi. Shu sababli rudani boyitish uchun,
dastlab uni maydalab, lozim bo`lgan taqdirda yanchib,
boyitish texnologiyasi
talablariga mos keluvchi holatga keltiriladi. Fizik mohiyati bo`yicha maydalash
va yanchish jarayonlari bir xil bo`lsa-da, olinadigan mahsulotlar tarkibini tashkil
qiluvchi bo`lak va zarrachalarning o`lchamlari bo`yicha ular bir-biridan shartli
ravishda farqlanadi. Maydalash jarayonida olinadigan ruda massasi tarkibidagi
bo`laklar o`lchamlari 5 mm dan katta,yanchishda esa, 5 mm dan kichik bo`ladi.
Foydali qazilmani maydalash va yanchish ezish, yorish, sindirish, kesish,
ishqalash,
zarba
berish
kabi
usullarda
amalga
oshiriladi.
Maydalash va yanchish usuli maydalanadigan materialning qattiqligi hamda
bo`laklarningkattaligibo`yichatanlab olinadi. Foydali mineral zarracha yuzasi
qanchalik to`liq ochilsa, boyitish samaradorligi shunchalik yuqori bo`ladi. Biroq
to`la yanchilishga yo`l qo`ymaslik kerak, chunki bunda foydali komрonent juda
mayin shlamlar ko`rinishiga ega bo`lib,
konsentratga emas, chiqindi tarkibiga
o`tib yo`qotilishi mumkin. Maydalash va yanchish juda qimmat jarayonlar
hisoblanadi. Boyitish fabrikalarida turli foydali qazilmalarni maydalashda,
asosan, ezuvchi, yoruvchi va zarba beruvchi mexanik maydalash vositalaridan
foydalaniladi.