Toshkent arxitektura qurilish instituti qurilishni boshqarish fakulteti


Iste’molchi talabi, uning o’zgaruvchanligi va unga ta’sir etuvchi omillar



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə5/16
tarix25.03.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#89941
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Kurs Ishi Daler Abdusalimov (2)

2. Iste’molchi talabi, uning o’zgaruvchanligi va unga ta’sir etuvchi omillar
Iste’molchi – bozor mexanizmining asosiy subyektlaridan biri bo’­lib uning bozordagi iqtisodiy ahamiyati va roli juda muhim hisob­lanadi. Aynan iste’molchilarning u yoki bu tovarni sotib olishiga bo’lgan talabi bozor talabini keltirib chiqaradi, narxlar muvozanatini, real sotuv xaj­mini belgilab beradi. Bozorga chiqishda iste’molchi o’z oldiga yagona bir maqsadni ya’ni, maksimal ravishda o’z ehtiyojlarini qondirish va bu iste’moldan yuqori naflilikka erishishni ko’zda tutadi. Iste’molchi ishlab chiqaruvchi kabi o’z tanlovida absolyut erkin emas. U nafaqat o’z ho­xish istagiga, shuningdek daromadiga qarab xaridlarni amalga oshiradi.
Iste’molchilarning xatti-harakatini uch bosqichda ko’rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Birinchi bosqichda iste’moldagi afzallik o’r­gani­ladi. Bunda iste’molchi bir tovarni boshqasidan ortiq ko’rishi me­zon­larini aniqlash mumkin. Ikkinchi bosqichda iste’molchilar byud­je­ti­ning chegaralanishiga, ya’ni iste’mol tovarlarini xarid etishda chega­rali daromadga duch kelishlari ko’rib chiqiladi. Iste’molchilar daro­madi turli tovarlar narxiga qarab ularga ma’lum chegarali to’plamdagi tovarlar sotib olish imkonini beradi. Uchinchi bosqichda iste’molchi nimani afzal ko’rishini byudjetning chegaralanishi bilan birga qo’shib iste’molchi tanlovi aniqlanadi.
Iste’mol nazariyasi quyidagi taxmin-mulohazalarga asosla­nadi:
- Iste’molchilar iste’mol tovarlari va xizmatlarni solishtirib ko’­rish va turkumlashtirishga qodir. Iste’molchi ikkita A va B ne’matlar to’plamidan A ni B dan yoki B ni A dan afzal ko’radi. A>B, B- Iste’molchilarning xohish-istagining mutanosibligi (tranzitiv­ligi). Agar iste’molchi A tovar guruhini B ga nisbatan ko’proq istasa va B tovar guruhini S tovar guruhidan ko’ra ko’proq xohlasa, unda u A tovar guruhini S tovar guruhiga nisbatan ko’proq xohlagan bo’ladi, ya’ni: A>B, BS.
- To’yinmaslik. Tovar qiymatini hisobga olmay, hamma tovar­lar yaxshi (ma’qul) tovarlar deb hisobga olib, iste’molchi xar doim kam miqdordan ko’p miqdordagi tovarlarni afzal ko’radi.
Iste’molchi deganda, Siz tomondan sotish uchun tovar va xizmatlarni olishda manfaatdor tashkilot yoki shaxs tushuniladi.
Bunda iste’molchi ta’rifiga shaxslarning ikki asosiy turi kiritiladi:
xaridorlar - bu olingan tovarlar uchun tulovni amalga oshiradiganlar, lekin doimo ham foydalanuvchilari bo’lmaydiganlar;
foydalanuvchilar - Sizning tovar/xizmatingizdan foydalanadiganlar, lekin ularni doimo ham sotib olmaydiganlar.
Iste’molchi talabining o’zgarishiga quyidagi omillar ta’sir ko’rsatadi
(3-rasm):
1) Iste’molchilar xohish-istagi. Aholining milliy urf-odatlari, an’analari, yashayotgan makonining tabiiy iqlim sharoiti, madaniyat darajasi va ular bilan bog’liq xaridorlar xohish-istagi, muayyan sharoitdagi moda ta’siri talabni vujudga keltiradi. Kiyim tayyorlanayotgan xom-ashyoning o’zgarishi, tikilayotgan kiyim texnologiyasi, modelining o’zgarishi kabilar ta’sirida ma’lum bir tovarlarga talab o’zgaradi. Natijada, yangi turdagi tovarlarga talab kuchayadi;
2) Aholi tarkibidagi o’zgarishlar. Aholi tarkibi o’ziga xos talabni shakllantiradi. Hozirgi O’zbekistonda aholi tarkibida 15 yoshgacha bolalar katta salmoqqa ega. Agar keksalar, qariyalar ko’paysa, meditsina xizmati kabi tovarlarga talab o’sadi. Bu holda avvalgi, yoshlar salmog’i ko’p bo’lgan sharoitdagi talab, albatta, o’zgaradi;
3) Aholi pul daromadlarining o’zgarishi. Aholi pul daromadlarining o’sishi tovarlarga miqdoriy talablarning ko’payishigagina olib kelmay, mebel televizor, maishiy xizmat jihozlari va texnikasi hamda yuqori sifatli oziq-ovqatlarga bo’lgan talabni kuchaytiradi. Agar aholi pul daromadlarining o’zgarishi asosida iste’mol tuzilishida o’zgarish bo’lib, ular ish haqlarining 14% dan ko’p qismiga oziq-ovqat xarid qilinsa, u holda arzon oziq-ovqatlarga talab kuchayib, sifatli uy-ro’zg’or tovarlariga talab pasayadi. Bu mamlakat esa kambag’al deb e’tirof etiladi;
4) O’rnini bosuvchi tovarlar bahosining o’zgarishi. Masalan, saryog’ bahosining o’zgarishi margarinning bahosini o’zgarishiga olib keladi. Saryog’ bahosining o’sishi uni o’rnini bosuvchi margaringa bo’lgan talabning ko’payishiga olib keladi.
5) Bir birini to’ldiruvchi tovarlar bahosining o’zgarishi. Bozorda benzin bahosining ko’tarilishi avtomobillarga bo’lgan talabni qisqarishiga yoki kamroq benzin iste’mol qiluvchi avtomobillarga talabni ortishiga olib keladi. Yoki fotoplyonka narxining o’sishi uni ishlatish uchun zarur to’ldiruvchi fotoapparatlarga bo’lgan talabni ma’lum darajada kamayishiga olib keladi;
6) Bozor miqyoslari. Ma’lumki, bozorlar o’z ko’lamiga binoan mahalliy, regional, milliy va jahon bozorlariga bo’linadi. Bozor miqyoslari qanchalik kattalashsa, ma’lum tovarlarga bo’lgan talab shunchalik o’sadi, talab ham o’z navbatida o’z hajmini kuchaytiradi;
7) Pulning qadrsizlanishining kutilishi bo’yicha shov-shuvlar insonlar o’rtasida ma’lum tovarlarga talabni kuchaytiradi. O’tish davrida talab hajmini aniqlash va u to’g’risida ma’lum bir hisob-kitoblar qilish juda murakkab va qiyindir.


Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin