Toshkent arxitektura qurilish instituti qurilishni boshqarish fakulteti



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə3/16
tarix25.03.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#89941
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Kurs Ishi Daler Abdusalimov (2)

1-rasm. Talabning turkumlanishi4
Individual, ya’ni yakka talab ham, bozor talabi ham miqdor jihatdan aniqlanadi. Lekin bu miqdor har doim ham bir xil bo’lib turmaydi, balki o’zgaruvchan bo’ladi. Talab miqdorining o’zgarishiga bir qancha omillar ta’sir qiladi. Ularning ichida eng ko’p ta’sir qiladigan omil narx omilidir.
Narx va sotib olinadigan tovarlar miqdori o’rtasidagi bo’ladigan bog’liqlikni quyidagi 1-jadval ma’lumotlari asosida qarab chiqamiz.
Jadval ma’lumotlari tovar narxining pasayishi sotib olinadigan tovar miqdorining o’sishiga va aksincha, narxning o’sishi talab miqdorining kamayishiga olib kelishini ko’rsatadi. Mahsulot narxi va sotib olinadigan tovar miqdori o’zgarishi o’rtasida bo’ladigan teskari yoki qarama-qarshi bog’liqlik talab qonuni deyiladi.

1-jadval
Narx va sotib olinadigan tovar miqdori o’rtasidagi bog’liqlik5



Bir kg un narxi (so’m)

1 oy davomida unga bo’lgan yakka talab miqdori (kg)

1 oy davomida unga bo’lgan bozor talabi miqdori (tn)

350
300
250
200
150

10
20
30
50
60

1,0
2,0
3,0
5,0
6,0

Tovar narxi va uning xarid qilinadigan miqdori (talabning) o’rtasidagi teskari bog’liqlikni oddiy ikki o’lchamli grafikda ham tasvirlash mumkin: yotiq chiziq talab miqdorini, tik chiziq narxni ko’rsatadi (2-rasm).


Grafikdagi DD chiziq narx va talab hajmi o’rtasidagi teskari bog’liqlikni tasviriy aks ettiradi.
Grafikdagi har bir nuqta tovarning aniq narxi va iste’molchi shu narxda sotib olishi mumkin bo’lgan tovar miqdorini ko’rsatadi.
Narx va talab hajmining o’zgarishi o’rtasidagi teskari bog’liqlikni ko’rsatuvchi bu chiziq talab egri chizig’i deyiladi.
Agar talab egri chizig’i o’zining oldingi holatida qolsa va bunda u yoki bu tovarni sotib olishdagi har qanday miqdoriy o’zgarish talab miqdorining o’zgaruvchanligini bildiradi.
Bozorda talab qonuni namoyon bo’lib, u tovarning bozor bahosi bilan unga bo’lgan talab miqdori o’rtasidagi aloqaning teskari bog’liqligini ifodalaydi. Agarda ma’lum bir tovarning bahosi pasaysa, mazkur tovarga bo’lgan talab ortadi. Agarda, tovarning bahosi ortsa, u holda mazkur tovarga bo’lgan talab ozayadi. Demak, tovarning bahosi va unga talab miqdori o’rtasida qarama-qarshi munosabat mavjuddir.


Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin