Toshkent arxitektura qurilish instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/128
tarix22.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#189947
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   128
Turar joy va jamoat binolarini loyihalash Abdujabborova

 
 
2.2. Turar-joy binolarining qurilishida tejamkorlik masalalari 
Davlat uy joy qurilishida har yil sarflanadigan ko‘plab mablag‘larni tejamkorlik 
bilan sarflab ko‘proq foyda olishga harakat qilinadi, shu bilan birga uy-joy sathini 
ko‘proq oshirishga harakat qilinadi. Uy-joy qurilishida eng zarur talablardan biri bu 
tejamkorlikdir. Ammo qurilgan uy mustahkam, chidamli va uyni isitish uchun ko‘p 
issiqlik sarf qilinmasligi, tez-tez qayta ta’mirlanmasligi zarur talablaridan biridir. 
Uylar tez eskirmasliklari, ya’ni xonadonlar qulay va shinam bo‘lishi kerak. 
Qurilishda tejamkorlik va undan foydalanish masalalari bir-biriga qarama- 
qarshidir. Shuning uchun me’morning asosiy vazifasi ushbu qarama qarshiliklarni bir 
- biriga ta’sirsiz hal qilmog‘i lozim.


29 
Qurilishni tejamkorlik bilan olib borishda qurilish jihozlarini va qurilmalarini 
to‘g‘ri tanlash, zavodda tayyorlanayotgan andozali konstruktiv qurilma va 
jihozlaridan o‘rinli foydalanish qurilishni arzonroqqa tushirishga yordam beradi. 
Bundan tashqari uyning qavati va qurilish maydonini to‘g‘ri xal qilish ham 
tejamkorlik omillaridan biridir.
Loyihaviy yechimlarni tanlashda arxitektura-qurilish me’yorlaridan to‘liq va 
unumli foydalanish zarur, lekin xamma masalalarni yechishda ushbu me’yorlarga 
amal qilishning o‘zi kifoya qilmaydi. Shuning uchun loyiha tanlashda bir necha xil 
loyihalarning ichidan texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlari jihatidan tejamli bo‘lganlarini 
olish yaxshi natija beradi.
O‘zbekiston tabiiy-iqlimi sharoiti uylarni yaxshi shamollatish uchun derazalarni 
ikki qarama-qarshi tarafga o‘rnatish, seksiyada to‘rt xonadon o‘rniga ikki xonadonni 
joylashtirishda zina kataklarining sonini oshib ketishi, katta-katta yozgi xonalardan 
foydalanish va quyoshga qarshi qurilmalarning o‘rnatilishini taqozo etadi. Bu esa 
uyning tannarxini oshib ketishiga sabab bo‘ladi. O‘zbekistonda tez-tez yer qimirlab 
turishi ham uylarni mustahkam qurilmalar bilan qurishni talab etadi, bu esa o‘z 
navbatida ortiqcha mablag‘ sarflanishiga olib keladi. Shuning uchun bu sabablar 
bizning me’morlarimiz oldiga qurilishda tejamkor va unumli me’moriy loyihalarni 
tanlashni taqozo etadi.
Mamlakatimizdagi mavjud va rejalashtirilgan turar-joy qurilishi hajmiga ko‘ra, 
turar-uy muammosini yechishga yo‘naltirilgan moddiy mablag‘ va mehnat 
resurslaridan ratsional foydalanish ahamiyati oshmoqda. Bu bilan loyiha 
yechimlarining iqtisodiy samaradorligi qat’iy nazorati zaruriyati tug‘iladi.
Loyihalarning iqtisodiy baholash uchun bir nechta ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. 
Ulardan muhimi – bu qurilayotgan uy maydonidagi aholi zichligidir. Bu ko‘rsatkich 
yordamida shaharsozlik yechimi samaradorligi baholanadi.
Qurilmalar zichligi faqat sanitar – gigiyenik qulaylik talablariga zid bo‘lmagan 
chegaralargacha oshishi mumkin. 12-16 qavatli uylar maksimal zichlikni beradi, lekin 
kam qavatli zich (2-4 qavatli) qurilmalar ham samarali bo‘lishi mumkin. 


30 
Turar-uy loyihasi iqtisodiy samaradorligi qurilish uchun smeta tuzishda to‘liqroq 
aniqlanadi. Smeta ma’lumotlaridan kelib chiqib, turar-uy maydoni kvadrat metriga 
mos qiymati aniqlanadi. Ammo smetalar to‘liq ishlab chiqilgan loyiha hujjatlari 
asosida tuziladi va loyihalash jarayonidan undan foydalanilmaydi. Shuning uchun, 
oraliq bosqichlarda loyihani baholash uchun, boshqa ko‘rsatkichlar tizimidan 
foydalaniladi, bu ko‘rsatkichlar iqtisodiyot nuqtai – nazaridan optimal bo‘lgan 
variantlarni tanlash imkonini beradi. Ular orasidagi birinchi va eng ahamiyatli 
ko‘rsatkich – bu K
1
koeffitsienti orqali ifodalanuvchi, xonadondagi umumiy va 
yashash maydoni nisbatidir. U quyidagi formula bilan aniqlanadi: 
 
Xo‘jalik xonalari maydonini oshirish, iqtisodiy samaradorlik yechimini 
pasaytiradi. Ikkinchi loyiha jarayonida foydalanuvchi texnik – iqtisodiy ko‘rsatkich – 
bu K
2
koeffitsientidir. U turar-uy kubaturasining yashash maydoni yig‘indisiga 
bo‘lgan nisbatini harakterlaydi va u hajmiy koeffitsient deb nomlanadi:
K
2
K

– kattaligi K

ga; turar-uy seksiyasi hamda uydagi vertikal va gorizontal 
kommunikatsiyalar soni (zinapoya, liftlar, vestibyullar va h.k.); qavatlar balandligi; 
konstruktiv parametrlarga (devorlar, to‘siqlar qalinligi va h.k.) bog‘liqdir. 
Loyiha yechimining iqtisodiy ko‘rsatkichi – K
3
(binoning tashqi to‘sib turuvchi 
devorlar maydonining bino umumiy maydoniga nisbati) va K
4
(tashqi devorlar 
perimetrining bino band qilgan maydonga munosabati) koeffitsientlaridir. Bu ikkala 
koeffitsient sovuq yuzalar kattaligini hisobga olgan holda, isitish uchun materiallar 
sarfi va ekspluatatsion harajatlar nuqtai nazaridan loyihalarni baholashga imkon 
beradi. Lekin, shuni esda tutish kerak-ki, bu ikki koeffitsientlar bilan ortiqcha 
hisoblashish, binoning tarhiy yechimida oddiy shakllanishiga olib keladi va shu bilan 
birga kompozitsion yechimlar qabul qilishga to‘sqinlik qiladi. Qurilish 
qiymatiga 
industrializatsiya darajasi ham, sezilarli ta’sir ko‘rsatadi, chunki binolar qurilishining 
(yirik panelli, hajmiy-blokli uy qurish, inventarli opalubkalar va h.k.lardan 


31 
foydalanish) industrial texnologiyasining ixtiyoriy ko‘rinishi, qurilishdagi mehnat 
sarfini keskin qisqartiradi. Bu ma’noda, ichki va tashqi devor panellarini zavodda 
tayyorlash alohida samaralidir. Konstruksiyalar massasini kamaytirish ham alohida 
o‘ringa ega. Ammo, qurilishdagi mehnat sarfini qisqartirish, bu bilan qurilish 
qiymatining pasayishini bildirmaydi. Masalan, monolit va yig‘ma-monolit uy 
qurilishining rivojlangan va yo‘lga qo‘yilgan texnologiyasi yirik panelli uyga 
qaraganda, umumiy maydon m.kv. qiymatini pasaytiradi.
Ekspluatatsion harajatlarga isitish, yorug‘lik harajatlari, lift ekspluatatsiyasi, 
axlat tashish, umumiy foydalanish xonalarini tozalash, kundalik va kapital ta’mirlar 
hamda shu kabi harajatlar kiradi. Ushbu harajatlarni qisqartirish loyihalash 
masalaridan biridir. Bu masala samarali isitgichlar va uzoq muddatli bezak 
materiallardan foydalanish hisobiga, qavatlarni ratsional rejalash va liftlardagi 
me’yoriy passajir yukiga rioya qilish yo‘llari bilan yechiladi. 
Jamiyatning iqtisodiy potensialini oshirish va loyihalash – qurilish ishlarini 
mukammal tashkil qilish yordamida, turar-uy joy qulayligini oshirish va uning 
arxitekturaviy sifatlarini yaxshilash uchun imkoniyatlar yaratiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin