47
Agar biz yozgi xonalarga yig‘ma yoki chiqarib olinadigan derazalar ishlatsak
ayvonlarni transformatsiya qilish yo‘li bilan yopiq holatidan ochiq holatga
aylantirish mumkin. Lekin, yozgi xonalarda oynalarni ishlatish
bir tomondan ularni
foydalanish vaqtini ko‘paytirishi bilan birga ular orqasida joylashgan boshqa
xonalarni shamollatishga va yoruqlikni to‘liq tushishiga noqulaylik yaratadi.
Shuning uchun bu usulni ba’zi bir loyihalarda ishlatish mumkin,
agarda asosiy
xonalarga yorug‘lik yozgi xonalar orqali tushmasa.
Yozgi xonalarning vazifasi har xil bo‘ladi. Umumiy xona yoki yotoqxonalar
bilan oynaband yig‘iladigan to‘siqlar orqali bo‘linsa yaxshi bo‘ladi va vaqti kelganda
ular birlashtirilib yuboriladi.
Yordamchi yozgi xonalar oshxonalar yaqinida joylashgan bo‘lib, ular oshxona
uchun omborxona vazifasini o‘taydi. Lekin, har bir
Turar-joy xonalari oldiga
yordamchi yozgi xonalar joylashtirish juda qimmatga tushib ketadi. Shuning uchun
loyihalash amaliyotida bitta universal yozgi xona ishlatiladi. Bunday xona umumiy
xona va oshxona yaqiniga joylashgan bo‘lib, ular bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘langan
bo‘lishi kerak.
Yozgi xonalar o‘rta va katta xonadonlar uchun umumiy xonadon sathining 20%
ni
tashkil qilishi kerak, lekin bu 1 xonali xonadonlar uchun kichkinadir. Bunday
xonadonlar uchun yozgi xona sathini salgina oshirishga to‘g‘ri keladi. Universal
yozgi xonalarning eni 2 metrdan kam bo‘lmasligi kerak, chunki shundagina bu yerda
stol, stul, supacha va krovatni bemalol joylashtirish mumkin bo‘ladi.
Lekin asosiy
xonalar yozgi xonalar orqali yoritilsa, ularning kengligi 2,5 metrdan oshmasligi
kerak. Oynavand yozgi xonalar maydoni bir xonali kvartira uchun 5m
2
dan, eni
1,4m; uch xonalikda 10m
2
dan kam bo‘lmasligi kerak.
Yozgi xonalardan unumli foydalanish ularning oriyentatsiyasiga bog‘liqdir.
Agar yozgi xonalar shimol yoki janub tarafga qarab joylashtirilsa, ulardan kun bo‘yi
foydalanish mumkin. Agar yozgi xonalar sharq tarafga qaratib joylashtirilgan bo‘lsa,
bu xonalardan ertalab foydalanish noqulaydir. Yozgi xonalar g‘arb
tarafga qarab
joylashtirilganda ulardan kunning ikkinchi yarmida, ya’ni peshindan keyin
foydalanish qiyinlashadi, bu xonalarning isib ketishiga olib keladi.
48
Shimolga qaratilgan ayvonlar uy ro‘zg‘or buyumlarini saqlashga qulaydir.
Janubga qaragan xonalardan kun bo‘yi
foydalanish mumkin, lekin ularni, albatta
quyoshga qarshi gorizontal qurilmalar bilan jihozlash zarur.
Yashash uchun mo‘ljallangan yozgi xonalarni
shovqindan va har tomonlama
ko‘rinishdan himoya qilmoq zarur. Shuning uchun ko‘pincha yon tomondagi devorlar
yopiq holatda qurilishi kerak. Yozgi xonalarning pollari sovuq, ya’ni muzdek, plitka,
plastinka bo‘lishi mumkin. Yog‘och polli xonalar faqat oynavand yozgi xonalarda
bo‘lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: