44
Yotoqxonalar
katta yoshdagilar va bolalar uchun moslangan bo‘ladi. Ular 1 yoki
2 kishini joylashtirishga mo‘ljallangan bo‘ladi. Yotoqxona yashash xonasi maydoni 2
kishi uchun 12m
2
dan kam bo‘lmasligi kerak, ota-onalar yotoqxonasi uchun 13-14m
2
tavsiya qilinadi. 1 kishilik yotoqxona xonasi 8m
2
dan kam bo‘lmasligi kerak, qayta-
tiklash (rekonstruksiya sharoitida, bolxona qavatida joylashtirilganda esa 7m
2
ga yo‘l
qo‘yiladi (xonadonda boshqa yashash xonalari mavjud bo‘lgan holda).
Ota-onalar
uchun mo‘ljallangan yotoqxonalarda emizikli bolaga joy bo‘lishi kerak.
Bolalar yotoqxonasida eng yaxshi sanitar gigiyenik shart - sharoit zarur bo‘lib,
bu esa o‘z navbatida yaxshi uxlash,
dam olish, dars tayyorlash va o‘ynash uchun
qulaylik yaratadi. Shuning uchun yotoqxonani yaxshi oriyentatsiya bilan ta’minlash
kerak, ya’ni bir kecha - kunduz (sutka) da kamida 3 soat quyosh nurining to‘g‘ridan -
to‘g‘ri tushishiga imkoniyat yaratish kerak. Buning
uchun derazalarni janub va
sharqiy-janubiy tarafga qaratish lozim. Bundan boshqa oriyentatsiyalar bolalar
yotoqxonasiga yaramaydi. Yotoqxonaning kengligi bir kishi uchun 2,2 metrdan kam
bo‘lmasligi, 2 kishi uchun 2,4 metrdan kam bo‘lmasligi, uzunligi esa 4,5
metrdan
oshmasligi kerak. Tomonlar nisbati esa 1:1 yoki 2:3 bo‘lishi kerak. Ko‘pincha
yotoqxonalar faqat uxlash uchun mo‘ljallangan bo‘lsa-da, odatda u yerda ishlanadi.
Chunki hamma xonadonlarda ham ishchixona bo‘lavermaydi. Shuning uchun
yotoqxonalar va bolalar xonalarida ishlash uchun stoli ham bo‘lishi kerak.
Bu esa
yotoqxona loyihasida me’mor yotoqxonani eng kam maydon me’yorini olmaslikka
harakat qilishi kerak (3.6-rasm).
Katta yoshdagilar
yotoqxonasida krovatlar, tumbochkalar,
kiyim yechadigan
shkaf, stol va stullar joylashtiriladi. Yotoqxonada ish stoli,
kitob javoni uchun joy
ajratilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bolalar yotoqxonasida krovatlardan tashqari
o‘yin va mashg‘ulot uchun stol, kiyim yechadigan shkaf va stullar bo‘lishi kerak. Bu
jihozlarning to‘g‘ri joylashtirilishi kerak, chunki o‘ynash uchun alohida maydoncha
ko‘zda tutilishi kerak. Yotoqxonalar xonadonga
kiraverish joydan uzoqroq
joylashtirilib, yo‘lak orqali dahliz bilan bog‘lanadigan bo‘lishi kerak. Katta
yoshdagilar yotoqxonasi umumiy xona bilan bog‘langan bo‘lishi mumkin.