Toshkent arxitektura qurilish instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/128
tarix22.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#189947
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   128
Turar joy va jamoat binolarini loyihalash Abdujabborova

 
 


39 


3.2-rasm. 
Turli xil xonadonlardan iborat turar uyining tarhiy yechimi. 
 
 
3.3-rasm. 
Turli xil sathda joylashgan 
xonadondagi xonalarning tuzilmasi:
1-xonadonga kirish qismi asosiy xonalar 
jylashgan sathdan yuqori yoki past 
qavatlarda tashkil etilgan; 2-ikkiyoki uch 
sathli 
xonadon; 
3-ichki 
zinapoya 
joylashgan ikki qavatli xonadon.
 
 
 
3.2 Xonadonlarning asosiy xonalarini fazoviy-funksional tashkil qilish 
Umumiy xona
vazifasiga ko‘ra har xil funksiyani bajaradi, ya’ni oila 
a’zolarining muloqotda bo‘lishi uchun xizmat qiladi, mehmonxona va yemakxona 
o‘rnida foydalaniladi, ayrim hollarda yotoqxona yoki dam olish xonasi vazifasini 
bajaradi. Ko‘p foydalaniladigan xona bo‘lgani sababli unga qo‘yiladigan talablar 
ham katta bo‘ladi.


40 
Umumiy xona maydoni bo‘yicha xonadonda eng katta xona hisoblanib, 
maydonining hajmi 18 m.kv.dan kam bo‘lmasligi kerak. 2-3 xonali xonadonlarda 
umumiy xonaning maydoni 16 m.kv dan kam bo‘lmasligi kerak. 
Xonalar soni ortib borgan sari umumiy xona maydoni oshib borib 20-25 m.kv 
bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari umumiy xonalarning eni 3,5 metrdan kam va bo‘yi 
6 metrdan oshib ketmasligi kerak. Umumiy xonalarning nisbatlari (proporstiyalari), 
ya’ni eni bo‘yiga nisbatan 1:2 bo‘lishi mumkin, lekin eng maqbul nisbat 1:1 dan 2:3 
ni tashkil qiladi. Umumiy xonaning nisbiy proporstiyasini to‘g‘ri tanlash xonaga 
mebellar va har xil kerakli uy jihozlarini unumli va qulay joylashtirishga va xonani 
to‘g‘ri yoritishga yordam beradi, xona to‘siqlari va devorlarining uzunligi 
peremetrining qisqa bo‘lishiga olib keladi (3.4-rasm). 
Umumiy xona dahliz bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘langan bo‘lishi shart. Oshxona 
bilan umumiy xona bog‘liqligi qulay, lekin to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘lishi kerak emas, 
chunki oshxonadan chiqadigan har xil hidlar, ayniqsa qizdirilgan yog‘ hidining 
kirishidan saqlashi kerak. Shuning uchun umumiy xona bilan oshxona yo‘lak yoki 
dahliz orqali bog‘lanishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Yozgi xona, ayvonning 
ahamiyati juda katta bo‘lib, u yoz paytida umumiy xona vazifasini o‘taydi va umumiy 
xonaga qaraganda yorug‘roq va salqinroq bo‘ladi. Shuning uchun umumiy xona bilan 
yozgi xona orasiga yig‘ma transformatsiya to‘siqlarni qo‘llash va kezi kelganda 
ularni birlashtirish mumkin bo‘lishiga sharoit yaratish zarur.
Umumiy xona bilan yotoqxonalarni va ish xonasini to‘g‘ri bog‘lanishi qulaylikni 
kamaytiradi, ya’ni umumiy xonani yo‘lakka aylantirib, bu xonada eshiklarning 
ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun qurilish qoidasi bo‘yicha umumiy 
xonadan faqat bittagina xonaga kirishga ruxsat beriladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin