56
Hojatxonalarning kengligi 0,85 metrdan uzunligi esa 1,4
metrdan kam
bo‘lmasligi kerak. Hojatxonaga yo‘lak, dahliz yoki shlyuzdan kirish mumkin.
Hojatxonaga shlyuz orqali kirilsa juda yaxshi bo‘ladi, chunki bunda har xil noxush
hidlar xonadonga tarqalmaydi. Shuning uchun hojatxonalarga
shamolni tortadigan
ventilyatsiya darchasi o‘rnatilishi shart hisoblanadi. Sanitar tugunlar uchun tabiiy
shamollatish yo‘li yashash xonalaridan alohida bo‘lishi kerak.
Markaziy Osiyo issiq iqlimida bu shart-sharoitlarga rioya qilinishi judayam zarur
hisoblanadi. Chunki issiq sharoitda har xil noxush hidlar tezroq tarqaladi.
Shuning
uchun eski uylarda, ya’ni kanalizatsiyasi yuk bo‘lgan
uylarda hojatxona hovlining
eng uzoq joyiga joylashtirilgan.
Xonadonlar ikki qavatga joylashtirilgan bo‘lsa, ko‘p xonali xonadonlar (besh va
undan ortiq) uchun 2 ta hojatxona ( yotoqxona va dahliz yaqiniga) joylashtirish
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Dahliz oldiga
joylashtirilgan hojatxonada, albatta qo‘l
yuvadigan jihoz joylashtirilishi kerak, shuning uchun
uning sathi kengroq qilib
olinadi. Yotoqxona yaqinida joylashgan hojatxonani alohida qilmasdan vannaxona
bilan birlashtirib yuborishi mumkin (3.13-rasm).
Dostları ilə paylaş: