Toshkent arxitektura qurilish instituti


 Mehmonxonalar klassifikatsiyasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/128
tarix22.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#189947
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   128
Turar joy va jamoat binolarini loyihalash Abdujabborova

 
11.1. Mehmonxonalar klassifikatsiyasi 
Mehmonxona binolari bir nechta asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha toifalandi: 
Sig‘imi bo‘yicha

- kam sig‘imli – o‘rinlar soni 100 tagacha; 
- o‘rtacha sig‘imli – o‘rinlar soni 100 dan 500 gacha; 
- katta sig‘imli – o‘rinlar soni 500 dan 2000 gacha. 
Qavatliligi bo‘ycha: 
- kam qavatli – 1-2 qavat; 
- o‘rtacha qavatli – 3-5 qavat; 
- yuqori qavatli – 6-9 qavat; 
- ko‘p qavatli – 10-40 qavat; 
- osmono‘par – 40 va undan ko‘p qavatli. 
Vazifasi bo‘yicha
 
(mehmonxona binolari uchun asosiy tipologik belgi –ularning 
vazifasi): 
- umumiy; 
- konferens-otel, kongress-otel; 
- sayyohlar uchun mo‘ljallangan; 
- kurort; 
- kempinglar. 
-xostellar. 
Qulayliklar darajasi bo‘yicha
:
mehmonxonalarning Rossiyada qabul qilingan 
razryadlari xalqaro standartlar bo‘yicha yulduzlar soniga mos keladi: 
oliy A - *****; 
oliy B - ****; 
I - ***; 
II - **; 
III - *. 
Xalqaro amaliyotda mehmonxonalar qulaylik darajasiga bog‘liq ravishda bir 
nechta qurilish razryadlariga ajratiladi. Ularning soni turli mamlkatlarda 3 dan 7 
gacha o‘zgarishi mumkin. Ispaniyada qulaylik darajasi yulduzchalar bilan 
belgilanadi; Gretsiyada – harflar bilan; Avstriyada – klasslar bilan; Polsha va 
Bolgariyada – toifalar bilan va hk.


181 
Bu kabi bo‘linishlar uchun asosiy mezon sifatida nomerlar fondining sifatiy 
tarkibi xizmat qiladi: bir, ikki o‘rinli va sig‘imi ko‘proq bo‘lgan nomerlar – bir 
xonali, shuningdek ko‘p xonali lyuks nomerlar va apartamentlarning foizda 
ifodalangan o‘zaro nisbati. Nomerlar fondining sifati shuningdek apartamentlardagi 
nomerning pardozlanishi, mebellar bilan jihozlanishi va texnik uskunalanishi bilan 
ham tavsiflanadi . 
Ushbu daraja belgilanishining ikkita asosiy usuli mavjud bo‘lib, birinchisida 
statistik ko‘rsatkichlar, ya’ni vannaxonasi va sanitariya bo‘lmasi bo‘lgan 
nomerlarning aniq belgilangan nisbati, umumiy foydalanish uchun mo‘ljallangan 
xonalarning funksional tarkibi (basseyn, sauna va shu kabilarning bor yoki yo‘qligi) 
bo‘yicha belgilanadi; ikkinchisida – material bazaning sifatiga emas, balki dinamik 
omillarga, ya’ni servis xizmatining sifatiga qarab belgilanadi. 


182 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin