178
Tarkibiga madaniyat o‘quv muassasalari kiritilgan madaniyat markazlari aholi
tomonidan foydalaniladigan xonalar tarkibini (o‘quv teatri,
konsert zali, ko‘rgazma
zallari) sezilarli darajada kengaytiradi, o‘quvchilar esa, o‘z navbatida, aholiga xizmat
ko‘rsatishda ishtirok etadilar. Ko‘p tarmoqli kasalxona nafaqat aholiga malakali
tibbiy xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi, balki tibbiyot
instituti yoki shifokorlar
malakasini oshirish instituti, o‘rta tibbiy
xodimlarni tayyorlash markazi, turli ilmiy
tadqiqotlar o‘tkazish bazasi bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
O‘quv kompleksi shaharsozlik ob’yekti sifatida shaharda o‘quv
zonasini
shakllantiradi, ya’ni shaharning ixtisoslashtirilgan markazi hisoblanadi. O‘quv
muassasalari birlashtirilishining turli shakllarini ularning asosiy funksiyalari
hisoblangan o‘qitishga, ta’lim berishga bog‘liq ravishda ko‘rish va o‘rganish lozim.
Aytish lozimki, mamlakatimizda bu kabi komplekslarni o‘zlashtirish
asta-sekin
amalga oshirilmoqda va ularning yakuniy shaklga ega bo‘lmagan turli variantlari
mavjud. Shuning uchun ham ushbu bo‘limda ularni loyihalashtirish bo‘yicha
prinsipial yondoshuvlar bayon etilgan.
Dostları ilə paylaş: