Yog‘och chiqindilari asosidagi to‘ldiruvchilar O‘zbekiston chegaralarida o‘rmonlar notekis taqsimlangan. O‘rmon xo‘jaligi Bosh Boshqarmasining hisobotiga ko‘ra Davlat o‘rmon fondi 1991 yilda 5467 ming ga tashkil topgan bo‘lsa, oxirgi yillardagi xukumatimiz sayi harakati bilan o‘rmon fondi bir necha bor oshdi. Xozirgi vaqtda o‘rmon fondi 8775.4 ming ga ni tashkil etadi.
Yog‘och Markaziy Osiyo regionida defetsit material hisoblanadi. O‘zbekistonga yog‘och asosan Rossiya va Qozog‘istondan tashib kelinadi.
O‘zbekistonda yog‘och chiqindilari yog‘ochni qayta ishlash korxonalari, mebel, duradgorlik buyumlari, qurilish detallarini tayyorlashda xosil bo‘ladi. Bu chiqindilar yog‘ochning alohidagi qismlari, qirindilar va qipiqlardan tashkil topadi. Shunindek shox-shabadalar va po‘stlog‘ini maydalash natijasida ham xosil bo‘ladi.
Hozirgi vaqtda yohoch chiqindilaridan yog‘och tolali va yog‘och qipiqli plitalar va boshqa qurilish materiallari olishda, qog‘oz-sellyuloza, gidroliz sanoatida keng foydalaniladi.
Yog‘och chiqindilaridan to‘ldiruvchi sifatida qo’llab arbolit, fibrolite va boshqa buyumlar tayorlanadi.
Arbolit sement, organik to‘ldiruvchilar, kimyoviy qo‘shimchalar va suv aralashmasidan tayyorlanadi. Organik to‘ldiruvchilar sifatida yog‘och navlarning maydalangan chiqindilaridan foydalaniladi. Arbolitdan buyumlar tayyorlash texnologiyasi juda oddiy va organik to‘ldirgichlar tayyorlash operatsiyalarini, masalan, yog‘och navlarining chiqindilarini maydalash, to‘ldirgichni sement qorishmasi bilan aralashtirish, hosil bo‘lgan aralashmani qoliplarga quyish va uni zichlash, qoliplangan buyumlarni qotirishni o‘z ichiga oladi.
5.1-rasm. Arbolitning tuzilishi Arbolit zichligining uncha yuqori bo‘lmasligi bilan xususiyatlanadi - zichligi 700 kg/m3 dan kam (issiqizolyasiya arbolitni o‘rtacha zichligi 400 kg/m3 va undan past), siqilishda mustahkamligi 0,5 dan 3,5 MPa gacha, uning issiqlik o‘tkazuvchanligi 0,1 – 0,22 Vt/m0S (yoki (0,07-0,19 Vt/mK). U qator qimmatbaho qurilish xususiyatlariga ega: biochidamli, qiyin yonadi, sovuqqa chidamli, yaxshi arralanadi va parmalanadi. Arbolit asosan kam qavvatli binolarda sovuq o‘tkazmaydigan maternial va devor materiali (kam o‘lchamli blok va panellar) sifatida, ko‘p qavvatli binolarda to‘siqlar, osma devor panellari va unchalik katta bo‘lmagan yuklama ostida ishlaydigan orayopma plitalarini materiali uchun qo‘llaniladi.