Toshkent arxitektura qurilish universiteti qurilish materiallari sanoatida innovatsion texnologiyalar


Kul-Shlаkli chiqindilari tavsifi (yoqilg‘i turiga ko‘ra)



Yüklə 306,71 Kb.
səhifə10/13
tarix02.12.2023
ölçüsü306,71 Kb.
#171643
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
govak toldiruvch

Kul-Shlаkli chiqindilari tavsifi (yoqilg‘i turiga ko‘ra):

  1. Kul-cho‘kindilari – siklon va elektrofiltrlarda ushlab qolingan kul zarrachalari, siloslarda to‘plangan

  2. Yoqilg‘i Shlаklari – yoqilg‘i yonishi natijasida xosil bo‘ladi (o‘choq pastki qismida eritmaga suv ta’sirida xosil bo‘ladi).

  3. Kul-Shlаk aralashmasi (KSHA) – kul chiqindilari va yoqilg‘i Shlаklarini o‘choqda xo‘l usulda ushlab qolinishi natijasida xosil bo‘ladi.

Kullarning kimyoviy tarkibi ko‘mir koni joyiga qarab o‘zgarib turadi. Turli IES kullari asosiy oksidlar taxminiy miqdori va sement klinkeri tarkibi 5.3-jadvalda berilgan

Kullar va sement klinkeri tarkibi
5.3 - jadval

Kul tarkibi

% da

Sement klinkeri tarkibi

% da

SiO2

35 – 60

SiO2

19-24

Al2O3

15 – 35

Al2O3

4-8

Fe2O3

20

Fe2O3

2-6

SaO

30

SaO

63-68

Ozroq miqdorda MgO, SO3 , ishqorlar va boshqa birikmalar mavjud

Jadvaldan ko‘rinib turibdiki kul tarkibi sement klinkeri tarkibiga yaqin, shuning uchun undan beton tayyorlashda samarali foydalanish mumkin.
Ko‘p yillik nazariy va eksperimental tadqiqotlari natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, energetik sanoatining yoqilg‘i chiqindilari mineral qismi unikal xossalarga ega.
Og‘ir betonlarda yirik va mayda to‘ldiruvchilar o‘rniga kul-Shlаk aralashmalarini ishlatilishi asosiy yo‘nalishlaridan biridir.
Kul dispersli material bo‘lib, asosan 0,16 mm dan kichik bo‘laklardan tashkil topadi. 0,16mm ko‘zli elakda qolgan qoldiq 20-40% ni tashkil etadi. Kul bo‘laklari g‘ovak strukturaga ega. Quruq kulning uyilma zichligi yoqilg‘i turi va uni yoqish sharoitidan kelib chiqib 600-1300 kg/m3 ni tashkil etadi.
O‘zRST 694-96 “Betonbop issiqlik elektrostansiya kul-changi. Texnik shartlar” ga ko‘ra kuldan mayda to‘ldiruvchi sifatida tabiiy yoki maydalangan qum, hamda granullangan Shlаk bilan aralashtirib betonda foydalanish yaxshi samara beradi. Bu sement sarfini kamaytirishga va beton xususiyatlarini yaxshilashga olib keladi.
Hozirgi vaqtda kuldan zich va yacheykali kulbetonlarda, hamda mayda to‘ldiruvchi sifatida og‘ir va yengil betonlarda foydalaniladi.
Kuldan foydalanishdagi qiyinchiliklar asosan issiqlik elektrostansiyasi pechlarida kullar suv ta’sirida tozalanadi. Kulning esa quruq holatida sifati va samaradorligi yuqori bo‘ladi.
Konstruksion-issiqlikdan himoyalovchi yengil betonlarda issiqlik elektrostansiyasi kullaridan mayda to‘ldiruvchi sifatida ishlatishdagi texnik shartlarda uning donadorlik tarkibi va undagi xavfli qo‘shimchalar keltirilgan.
Sifati past ko‘mirni yoqishda hosil bo‘lgan kulning tarkibida yonmagan yoqilg‘i miqdori 5% gacha, tosh ko‘mir va antratsitni yoqishda hosil bo‘lgan kul tarkibida esa 12 % gacha (massa bo‘yicha) standartda ruxsat etiladi.
Ko‘p hollarda kul tarkibida yonmagan yoqilg‘i miqdori 20% gacha, ba’zan esa 40% gacha tashkil etadi. Bunda, kullarni to’ldiruvchi sifatida ishlatish, ayniqsa armaturalangan konstruktsiyalarda chegaralangan, lekin sun’iy g’ovak to’ldiruvchilar ishlab chiqarish uchun homashyo sifatida qo’llash maqsadga muvofiq.
O‘zRST 694-96 ga asosan kul-Shlаkli aralashmani qo’llash reglamentlangan.
Qo’llanillishi bo’icha kul-Shlаkli aralashmalar ikki sinfga bo’linadi:

  1. - og’ir beton uchun;

  2. – yengil beton uchun.

Va ikki turga bo’linadi:
I – temir-beton konstruktsiyalar uchun; II - beton konstruktsiyalar uchun.

Yüklə 306,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin