Toshkent davlat agrar umversiteti qalandarov muxitdin maxmudovich


-rasm. K o‘kalamzorlashtirishda gilamli k o‘rmishdagi



Yüklə 12,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/99
tarix20.09.2023
ölçüsü12,21 Mb.
#145712
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   99
Manzarali bog\'dorchilik.Qalandarov M.M

5.2-rasm. K o‘kalamzorlashtirishda gilamli k o‘rmishdagi
gulzorlar barpo etish uslubi.
2. 
Gulli, asosan, yirikroq gullovchi hamda manzarali -
bargli o‘simliklar ham qo‘shib ekilgan klumbalar. Bunda bir 
yilliklar ham, ko‘p yilliklar ham, ochiq yerda qishlovchi va 
qishlamaydigan o‘simliklar ham qo‘llaniladi. Bir yilliklar alma- 
shuvchi (vegetatsiya davrida o‘simliklar almashtiriladi) va 
almashmaydiganlarga bo‘linadi. Almashuvchi klumbalarda ba­
horda, ko‘pincha, past bo‘yli (20 sm gacha) o‘simliklar ishla- 
tiladi. Klumbalarda bahorda viola, nezabudka, lola, saltolina, 
exevyeriya, tinyerariya maritima va irizeniyalar chiroyli 
ko‘rinadi.
42


5.3-rasm. Bir va ko‘p yillik gul turlaridan klumbali
gulzorlar barpo qilish.
Ko‘kalamzor hududlarda manzarali daraxtlami ekishdan 
oldin maydon ko‘rib chiqiladi, eski inshootlar fundamentlari, 
toshlar, ustunlar va boshqalar olib tashlanadi.
Ko‘kalamzorlashitirish hududida agrotexnik tayyorgarlik 
qilinganda mavjud bo‘lgan qimmatli daraxtlami saqlash (daraxt- 
lar, butalar, o‘t o‘simliklari), ulami parvarish qilish choralari 
ko‘riladi, ko‘kalamzorlashtirish ishi uchun tuproq tayyorlanadi. 
Bu tadbirlar tayyorgarlik ishlarining asosiy kompleksiga kiradi 
va boshqa muhandislik ishlari bilan birga bog‘lab olib boriladi. 
Daraxtlarga yaqin joy da (1,5 - 
2
m) kommunikatsiya ishlari olib 
borilsa, daraxtlaming ildizlarini himoya qilish choralari 
o‘tkaziladi.
Tuproqning daraxtlar ildiz qismiga yaqin joyi kesib olinsa, 
daraxtlarga ziyon keltirish mumkin. Agar yuqorigi 10 - 15 sm 
qalinlikda tuproq qismi kesib borilsa, daraxtlaming ko‘p turi shu 
sharoitga moslashib qoladi. Agar tuproq chuqurroq kesilsa, 
daraxtning ildizlari ochilib ketib qurib qolish holatlari 
kuzatiladi.
Tabiiy tuproqqa daraxt ko‘chatlari ekish va tayyorlash 
uchun tuproq haydaladi, hamma uchastkaga o‘g‘it sepiladi.
43


Shuni e’tiborga olish kerakki, daraxtlaming ildizlari ekilgan 
joyning o‘zidan uzoqroqqacha o‘sib boradi. 0 ‘g‘itlami o‘simlik 
va tuproqqa solish me’yori shu tuproqning turi va о‘sib 
rivojlanish sharoitlariga bog‘liqdir.
Ildizlari ochiq ko‘chatlami ekish uchun chuqurchalar 
dumaloq yoki kvadrat shaklida qaziladi. Chuqurchalar ko‘mil- 
gandan so‘ng tub qismi 10 -12 sm chuqurlikkacha yumshatiladi. 
Ko‘chatlar yangi qazilgan chuqurlarga 5-7 kundan so‘ng ekiladi. 
Bu vaqt mobaynida chuqurlar ichida shamol aylanadi va 
kislorod bilan to‘yinadi. Chuqurlaming katta-kichikligi daraxt 
va butalar ildiz qismining o‘lchamiga bog‘liqdir.
Daraxt va butalami parvarishlashda asosiy tadbirlardan biri 
ulaming shox-shabbalariga manzarali shakl berishdir. Buning 
uchun ular qisman kesiladi va kesish ishida o‘simliklaming 
biologik va manzarali-estetik xususiyatlari e’tiborga olinadi. 
Shox-shabbalari to‘g‘ri kesilsa, umumiy o ‘sish va rivojlanish 
yaxshilanadi. Shox-shabbalarga ma’lum shakl beriladi, quruq 
shoxlar, kasal va qalinlashgan novdalar kesiladi. Natijada 
manzarali daraxt va butalar nafis ko‘rinishga kelib qoladi.
Manzarali o‘simliklar umg‘idan va vegetativ usulda, ya’ni 
ona o‘simlikdan uning qismlari — bargi, kurtagi, ko‘chati, shoxi, 
ildizi, tuganagi va hokazolami ajratish yo‘li bilan ko‘paytiriladi. 
Ko'pgina bir yillik o‘simliklar urug‘idan ko‘paytirilganda shu 
navga tegishli xususiyatlami saqlab qoladi. Ko‘p yillik manzarali 
o‘simliklar, shu jumladan, piyozsimon o‘simliklami urug‘dan 
ko‘paytirish, qoida bo‘yicha, turli-tuman avlodlar kelib chiqishiga 
sabab bo‘ladi. Bu o‘simliklar, ko‘pincha, vegetativ yo‘l bilan 
ko‘paytiriladi.
Shahar sharoitida tanlangan hududlar va ulardagi o‘simlik 
dunyosi turlicha bo‘lib, har biri qandaydir himoyalash va 
manzarali xususiyatlami bajaradi. Ba’zi yirik daraxtlar o'zidan 
pastroqda o‘suvchi o‘simlik turlariga soya solib, ozroq bo‘lsa- 
da, ulaming tanasi va barglarini issiq havo harorati va 
avtomobillar harakatidan chiqadigan zaharli gazlardan himoya- 
laydi. Demak, avtomobil yo‘llari atrofida o‘simlik dunyosidan 
har xil kompozitsiya uslublariga ega bo‘lgan yashil hududlar 
barpo etishimiz mumkin. Chunki barpo etilgan ushbu 
kompozitsion hududlar o'zining ko‘rinishi bo'yicha qandaydir
44


shaklni va barcha elementlari bilan landshaftni namoyon etishi 
kerak bo‘ladi Bular:
• avtomobil yo‘li atrofidagi yaproq va nina bargli daraxtlar 
yo‘ Ining yuza qismi tomonidan shakliy ko‘rinishi;
• yashil o‘simlik turlarining avtomobil yo‘liga tushadigan 
soya yo‘nalishi;
• yaproq va nina bargli daraxt va butalaming yo‘l atrofida 
mikroiqlim namoyon etishini kuzatish;
• avtomobil yoiining ikki tomonidagi daraxt va buta­
laming yo‘l yo‘nalishi bo‘yicha shamol haroratini tashkil etishi;
• avtomobil yo‘li atrofida manzarali daraxtlami qatorga 
olib, shox-shabbalariga ishlov berib, uzoqdan to‘g‘ri to‘rtbur- 
chak shaklidagi kompozitsiyani barpo etish.
Yo‘llar atrofida, ayniqsa, yo‘llar o‘zaro kesishgan chorraha- 
larda doira, muntazam yoki klumba ko'rinishidagi maydon- 
chalar tashkil etib, ularda yashil o‘simliklar va gul o‘simlik- 
larining ko‘rkam kompozitsiyasini tashkil etish zarur. Manzarali 
daraxtlami guruh holida joylashtirib, ulami har xil: jonsiz 
bo‘lgan marmar toshi yoki yog‘ochdan yasalgan mozaikalar 
atrofida 
yoki 
biror-bir 
haykal, 
memorandumlar 
bilan 
uyg‘unlashgan nafis kompozitsiyalarda ko‘rsatish lozim.
Markaziy yo‘llarda ular atrofida bugun har xil turdagi 
reklama roliklari o‘matilmoqda, natijada manzarali o‘simliklami 
shunday joylashtirish kerakki, ular ushbu reklama elementlariga 
estetik ko‘rinish berib o‘zining yana bir kompozitsiyasini 
namoyon etsin.Yo‘llar atrofidagi yana bir hudud o‘zining 
boshqacha bir ko‘rinishi bilan yo‘lda harakatlanuvchilar 
nigohida o'zgacha kompozitsiya namoyon qiladi. Bular yo‘llar 
atrofidagi yashil terassalardir. Ular maysa bilan qoplangan, 
pastdan yuqoriga har xil turdagi butasimonlar: sharq biotasi, 
shakldosh tuya, oddiy siren, yukka, yapon behisi va boshqalar 
bilan o‘zgacha bir yashillik namoyon etadi. Yoki avtomobil 
yo‘llari atrofidagi naqshinkor temir to‘siqlar ham har xil jozibali 
ko‘rinishda barpo etiladi va o‘simlik turlari bilan uyg‘unlashgan 
holda joylashtiriladi. Bu ham o‘zining kompozitsion ko‘rinishi -
fasadini ko‘rsatadi. Yoki chorrahalar yaqinida barchaning ko‘z 
o‘ngida o‘simlik turlaridan har xil manzarali hayvonlar, qushlar 
timsollarini yaratib, ular oldida har xil jonsiz lands haft
45


elementlarini o‘matib, maftunkor ko‘rinishlar yaratish ham 
kompozitsion ko‘rinish va hokazolardan iborat bo‘ladi.
Yo‘llar atrofida eng asosiy kompozitsion ko‘rinishlardan 
biri zamonaviy arxitektura landshafti asosida qurilgan ko‘rkam 
va hashamatli binolar, ko‘priklaming har xil turdagi yaproq 
hamda nina bargli daraxtlar, butalar bilan uyg‘unlashgan holdagi 
kompozitsiyasini, yashil o‘simliklarni qatorga, guruh holida 
yoki o‘rtada gilamli ko‘rinishdagi gulzorlar va klumbalar barpo 
etib yaratishdan kelib chiqadi.
Ikki yoqlama avtomobillar harakatlanadigan yo‘llar oralig‘i- 
dagi eni 4 m gacha bo‘lgan yaxlit hududda har xil turdagi butasi- 
monlar oraliq bordyurlar bo‘ylab ekib borilsa, ajoyib 
kompozitsiya kelib chiqadi. Bunda yapon behisi, sharq biotasi, 
shakldosh tuyasi, virgin archasi, shakl berilgan yapon saforasi, 
sadaqayrag‘och va boshqa butasimon turlar ekiladi. Ayniqsa, 
shahar sharoitida yirik yaproq bargli daraxtlar bilan doim yashil 
butasimonlar va har xil gul turlaridan klumbalar barpo etilsa, 
atrof-muhitga uyg‘unlashgan holda ko‘rkam kompozitsiya 
namoyon bo ‘ ladi.

Yüklə 12,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin