VI bob. 0 ‘simliklar elementlari asosida kompozitsion
fragmentlar yaratish
Atrof-muhitning yanada jozibador bo‘lishida har xil turdagi
yaproq va nina bargli o‘simlik dunyosining o‘mi beqiyosdir.
Yashil daraxtlarga, ko‘ehatlarga yaxshi sharoit
yaratilganligi
tufayli shahar muhitiga, joy xususiyati iqlimini yaxshilashga,
muntazam namlik, havo tarkbiga, shamol rejimiga va
boshqalar-
ga ijobiy ta’sir etadi. Landshaft obyektlami shakllantirishda
himoya va yashil daraxtlaming fazoviy-tashkiliy funksiyasidan
foydalaniladi. Fazoviy modellashdagi asosiy komponent land
shaft dizaynining
vositalaridan foydalanib, o‘simliklami guruh
larga bo‘lish hisoblanadi. 0 ‘simliklar uch turga bo‘linadi:
daraxtlar, butalar, o‘tsimon o‘simliklar.
Daraxtlar shox-shabbaga, shoxsiz poyaga, ildizli sistemaga
ega. Butalar va o‘tsimon o‘simliklar yer usti
va yer osti qism-
lariga ega. Daraxtlar, baland-pastligiga qaramasdan, uch
gumhga bo‘linadi:
birinchi, ikkinchi va uchinchi o'lchamdagi
o‘simliklar.
Bunday gradatsiyada daraxtlardan, butalardan, o ‘tsimon
o‘simliklardan va gul turlaridan
turli-tuman guruhlar, ko‘ri-
nishlar yaratiladi. 0 ‘simliklar guruhi ulaming biologik xususi
yati, arxitektura-badiiy tavsifini hisobga olib tanlanadi.
Avvalambor, o‘simliklami tanlashda ulaming mahalliy iqlim-
ga, tuproq sharoiti,
namlikning havoga tegishliligi, insolyat-
siya, o‘sish tezligi e’tiborga olinadi. Yana bir asosiy ko‘rsat-
kichga e’tibor qaratilishi kerak: o‘simliklami biror-bir hududda
joylashtirishda ulaming bir-biri bilan o‘zaro uyg‘unlashgan
holda o‘sib-rivojlanishiga.
Turli ko‘rinishdagi aralashtirishning umutniy tendensiyasi
biomustahkam o ‘simliklar turkumiga yo‘naltirilgan bo‘lishi
kerak. Yonma-yon joylashgan o‘simliklar
bir-biriga salbiy
ta’sir o ‘tkazmaydi, ya’ni yaqinida joylashgan o‘simlikning
o‘sishi va dekorativ ko‘rinishiga yordam beradi. Biofizik
47
o‘zaro ta’sir ko‘rsatish o‘simlikning yorug‘lik, issiqlik, ozuqa,
namlik talab etishida aks etadi.
Dostları ilə paylaş: