80
Inkor operatori ifodaning mantiqiy qiymatini teskarisiga o`zgartiradi. Yani false ni
true
deb beradi, true ni esa false deydi. Masalan,
if ( !(counter == finish) )
cout << student_bahosi << endl;
Agar counter o`zgaruvchimiz finish ga teng bo`lsa, true bo`ladi, bu true qiymat
esa [!] yordamida false ga aylanadi. false qiymatni olgan if esa ifodasini bajarmaydi.
Demak ifoda bajarilishi uchun bizga counter finish ga teng bo`lmagan holati kerak.
Bu yerda [!] ga tegishli ifoda () qavslar ichida bo`lishi kerak. Chunki mantiqiy
operatorlar tenglilik operatorlaridan kuchliroqdir. Ko`p hollarda [!] operatori o`rniga
mos keladigan mantiqiy tenglilik yoki solishtirish operatorlarini ishlatsa bo`ladi,
masalan, yuqoridagi misol quyidagi ko`rinishda bo`ladi:
if (counter != finish)
cout << student_bahosi << endl;
9.3
10>Dostları ilə paylaş: