Axborot kommunikatsion texnologiyalar.S.Aminov
91
12.1-rasm.Tarmoq topologiyalari.
Kompyuterlarni tarmoqqa ulash.
Aytaylik, kompyuterlarni lokal tarmoqqa
birlashtirish zaruriyati tug‘ildi. Bu jarayonni amalga oshirish uchun sizda quyidagi
texnika vositalarini bo‘lishi zarurdir.
1. Tarmoq adapteri o‘rnatilgan kompyuter (uning o‘zi Ethernet-adapter).
Hozirgi kunda deyarli barcha kompyuterlar (ona platalar)
kiritilgan tarmoq adapteri
bilan ta’minlangan, agar bo‘lmasa – sotib oling va o‘rnating;
2. Kabel. Juftli o‘ramli (uning o‘zi UTP) .
3. RJ-45 konnektorlari;
4. Mana Shu RJ-45 konnektorlarini ulash uchun asbob kerak bo‘ladi.
Tarmoq adapteri
Kabel UTP
"Qisqich"
RJ-45
12.2-rasm.Tarmoqning texnik vositalari.
Konnektorlarni ulash harakatlari tartibi:
1. Kabel uchini tekis qilib kesib oling, bu ishni asbobga kiritilgan pichoq bilan
bajarish yaxshi bo‘ladi.
2. Kabel izolyasiyasini olib tashlang. Juftli o‘ramini
izolyasiyasini tozalash
uchun maxsus
pichoqdan foydalanish mumkin, pichoqning o‘tkir tig‘i
izolyasiya
qalinligida
chiqib turadi, Shuning uchun simga zarar etkazmaydi.
Agar maxsus
pichoq bo‘lmasa, oddiy pichoqdan yoki qaychidan foydalanish mumkin.
16.3-rasm. Tarmoq kabellarini kesish vositasi.
92
Juftli o‘ramini izolyasiyasini tozalash uchun pichoq. Simlar o‘ramini eching va
ajrating, ularni bir qator
qilib tekislang, ularning ranglari ketma-ketligiga amal qiling.
3. Simlarni bir santimetrdan ozgina uzunroq qilib kesing.
4. Simlarni RJ-45 raz’yomiga qo‘ying.
5. Simlarni to‘g‘ri joylashtirganligingizni tekshiring.
6. Simlar raz’yomga to‘la kirganligini va uning
old devoriga tiralganligiga
ishonch hosil qiling.
7. Juftlik sim o‘rnatilgan konnektorni
qisqichga joylashtiring, so‘ng tekis,
ammo qattiq kuch bilan siqing.
Dostları ilə paylaş: