Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali agrologistika va biznes fakulteti


Mustaqil ta’lim mavzularini o’zlashtirishda uslubiy maslahatlar



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə105/109
tarix09.02.2022
ölçüsü1,87 Mb.
#52286
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   109
Ipak qurti ekologiyasi va boqish agrotexnikasi

Mustaqil ta’lim mavzularini o’zlashtirishda uslubiy maslahatlar.

Ipakchilik fakultetida ta’lim olayotgan talabalar zoologiya fani, ayniqsa entomologiya /hasharotlar/ dan chuqur bilimga ega bo’lishlari kerak. CHunki ipak qurti hayvonot dunyosini /zoologiya/ bo’`imoyoqlilar tipi, hasharotlar sinfi /entomologiya/, kapalaklar turkumiga vakilidir.



1-mavzuga ipakchilikni rivojlantirish to’`risida Prezident farmoni va Vazirlar Mahkamasining qarorlarini chuqur o’rganish kerak. Bu to’`ridagi ma’lumotlarni «Halq so’zi» ro’znomasining 1998 yil 1 va 4 aprel, 2000 yil 16-mart sonlari va N.Axmedov, S.Murodovlarni «Ipakchilik asoslari» darsligidan (1998 yil) va Ipak qurti ekologiyasi va boqish agrotexnikasi o’quv qo’llanmasini (2004 yil) olasiz.

Talabalar



2-mavzuda, ekologiya fanining vazifasi, hasharotlar ekologiyasi, ayrim turlarining /ipak qurtlarining/ ekologiyasini o’rganish ahamiyati, har bir tur va individ ekologiyasi, hayotining eng yuqori formasi, tur ekologik sistemasi, biotsenoz va ekologiyaning boshqa biologik fanlar bilan aloqasini o’zlashtirishi kerak. Bu ma’lumotlarni S.Murodovning «Umumiy entomologiya kursi» darsligi /107 betlar/. Toshkent – 1986 y., B.Kuznetsov «Kurs zoologii» darsligida /1989 y./ ekologiya jivotno’x bobi 376 betlar.

«Ekologiya jivotno’x» darsligi hamda qo’shimcha adabiyotlardan foydalanish mumkin.



3-mavzuda ekologiya fanini o’rganish tarixi, ekologiya fanini rivojlantirishda Abu Rayxon Beruniy, ya’ni hayvonlarga tashqi muhitning ta’siri; Al Xorazmiy – tuproq qatlamidagi hayvonlar; Abu Ali Ibn-Sino – yoru`likni tirik organizmni rivojlanishiga ta’siri; D.N.Kashkarov birinchi marta O’zbekiston hayvonlar ekologiyasiga asos soldi; R.A.Olimjanov tuproq zoofaunani; V.V. Yaxontov hasharotlar ekologiyasi. N.Axmedov va S.Murodovlar tut ipak qurtining ekologik omillari va yashash joyi, qurtxonaning gigrotermik rejimlarini qurtning rivojlanishi, pilla hosili va sifatiga ta’sirini o’rgandilar va uslubiy qo’llanmalarda chop etilgan ma’lumotlardan foydalanish kerak.

4-mavzuda ekologik faktorlarga dastavval muhit ta’siri: havo, suv, tuproq ta’sirida hayvonlarni hayot kechirishi; abiotik yoki anorganik; biotik yoki organik va antropogen faktorlar; turlarning muhit faktorlariga talabchanligi; termofil, kriofil, gigrofil, kserofil; fetofil va geofillar. Hasharotlar ekologiyasining asosiy birlamchi etap vazifasi ekologik faktorlarni hasharot turiga va to’dasiga, tur va uning tarkibini son dinamikasi qonuniyatlariga ta’sirini o’rganish. Bu ma’lumotlar ham birinchi mavzuda berilgan adabiyotlardan foydalanish lozim.

5-mavzuda muhit haroratini hasharotlarning rivojlanishidagi roli, chunki hasharotlar sovuqqonli poykiloterm organizmidir, ya’ni doimiy tana haroratiga ega emasligi; pastki va yuqori harorat chegarasi; foydali haroratni aniqlash: issiqlik konstanti; ipak qurtining rivojlanishiga, pilla hosili va sifatiga haroratni ta’sirini bayon etish kerak. Bu ma’lumotlarni yuqorida ko’rsatilgan adabiyotlardan tashqari, professor N.Axmedov; dotsentlar SH.Abdukadirov, S.Murodovlarning ilmiy maqolalardan foydalanish mumkin.

6-mavzuda muhitning namligi, hasharotlarning muhit namligiga talabchanligi; hasharotlar tanasining katta-kichikligi, ya’ni bu`lanish yuzasining kattaligi, muhit namligidan ekologik faktor sifatida ipak qurtining rivojlanishiga ta’siri; havo namligini ta’riflash birligi, nisbiy va absolyut namlik, namlikni o’lchash va boshqarish, namlikni pilla hosili, sifati vm ozuqaga ta’sirini yuqoridagi mavzularda keltirlgan darslik, adabiyotlar va qo’shimcha SH.Abduqodirovning «Pillachiligimiz tarixidan lavhalar» /fan 2000 y./ foydalanib, izohlab berish kerak.

7-mavzuda havo harakati /shamollatish/ va yoru`likni ipak qurtiga ta’siri. Hasharotlar hayotida yoru`likni ekologik faktor sifatida muhim rol o’ynashi; yillik davriga /fotoperiodik/ ta’siri, hasharotlarning ko’payish tezligiga ta’siri, yoru`likni spektral tarkibi. Havo almashinuvi va quyosh nuri energiyasini ipak qurtining rivojlanishi, pilla hosili va sifatiga ta’siri. Morfologik, fiziologik va ekologik adaptatsiya va boshqa ma’lumotlar to’`risida darslik adabiyotlardan foydalanib, ma’lumotlar olish kerak.

8-mavzuda hasharotlarning yashash muhiti, ya’ni biotipi va biotsenzi, suv va tuproq muhitida yashovchi hasharotlarni ekologik faktor sifatida ta’siri. Xonakilashtirilgan ipak qurtlariga yashash muhiti-oziqlantirish maydoni va qurtlarning joylashish zichligini uning o’sish, rivojlanishi, pilla hosili hamda sifatiga ta’siri. Ma’lumotlarni oldingi mavzularda berilgan adabiyotlardan foydalanib ifodalash kerak.

9-mavzuda hasharotlarni biotik muhit faktori va oziqaga bo’lgan munosabati. Oziqani hasharotlarning yashashi uchun eng muhim ekologik faktorligi. Hasharotlarni oziqalanish turlari: zoofag, saprofag, nekrofag, fitofag, monofag, polifag va boshqa turlari. Ipak qurtining oziqalanish turi, ozuqa sifati va ipak qurtini rivojlanishiga ta’siri, tut bargini oziqaviy sifatini aniqlash. Bargning to’yimliligi va sifatini pilla hosili va sifatiga ta’siri, ozuqaga tegishli boshqa ma’lumotlarni darslik va adabiyotlardan olib, uni ifodalash kerak.


Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin