29- ishi: Takroriy qurt boqish uchun ozuqa tayyorlash va saqlash
Ishdan maqsad: Talabalarni takroriy qurt boqish usullari, tartibi va agrotexnikasi bilan tanishtirishdir.
Kerakli jihozlar:
Takroriy qurt boqishda foydalaniladigan binolar, asbob-anjomlar, plakatlar.
Takroriy qurt boqish agrotexnikasi jadvali.
Ishni bajarish tartibi:
Takroriy qurt boqish uchun tuxumlarni jonlantirish xususiyatlari bilan tanishing.
Takroriy qurt boqishga tayyorgarlik ko’rish, qurtxonalarni tanlash, jihozlash, dezinfektsiyalash v.b.
Takroriy qurt boqish agrotexnik xususiyatlarini ifodalab bering.
Takroriy qurt boqishda ozuqa tayyorlash, professor SH.R.Umarovning texnologiyasini tariflab bering.
Eslatma:
Takroriy qurt boqish natijasi, asosan, tut barglarining qurtlarni to’q tutish darajasiga bog’liq bo’ladi. Yuqorida aytganimizcha, kuz yaqinlashgan sari bargning to’q tutish darajasi pasaya boradi. Bargdagi suv, umumiy azot va fosfor kislotasi kamayadi. Ayni vaqtda kletchatka bilan kul moddalari ko’payadi. Barg dag’allashadi. IITIning ma’lumotlariga ko’ra, bargi bahorda qurtlarga beriladigan buta tutzorlarning bargidagi umumiy azot modda miqdori may oyining yarmidan boshlab to sentyabrь oyining yarmigacha to’rt xissa kamaygani holda, kletchatka bilan kul miqdori 40-45 foiz ko’payadi.
Tut daraxtlari qarigan sari barglarining to’q tutish darajasi pasayishini agrotexnika tadbirlari yordami bilan birmuncha kamaytirish mumkin. Bu agrotexnika tadbirlari jumlasiga: tut daraxtining ayrim qismlarini yoshlarga ajratish, shox-shabbalar – novdalarni tanaga taqab kesmay, qisman qoldirib kesish, yozda kurtak payvand qilish choralari kiradi.
Barglarning ozuqa sifati bahordan kuzgacha keskin pasayadi. Bargda suv, azot va fosfor miqdori kamayib, kletchatka va kul moddalar miqdori ortadi, natijada barg dag’allashadi, bargning ozuqa sifati pasayadi. Bundan tashqari yoz va kuz oylarida barglar ifloslanib, kasallik tarqatish manbalaridan biri bo’lib qoladi.
Qishloq xo’jalik fanlari doktori, professor SH.R.Umarov yoz mavsumi issig’ida suvsizlanib, oziqaviy xususiyatlari pasaygan tut barglarini ozot va mikroelementlar bilan boyitish, barglarda to’plangan kasallik qo’zg’atuvchi mikroorganizm va zararli moddalardan antiseptiklar yordamida tozalash texnologiyasini (2011y) yaratdi. Bunda qurtga beriladigan ozuqa 30-40 minut oldin ozot va mikroelementlarni suvli eritmasi bilan ishlov beriladi. Ishchi eritma 100 g korbamidlar 10 l vodoprovod suvida va 1 tabletka mikroelement (tarkibida tsink, marganets, molibden v.b.) qo’shilib tayyorlanadi.
Barglarni zararsizlantirish uchun 10 l vodoprovod suviga 0,5 g marganuevo kislotasi qo’shib tayyorlangan eritma qurtga ozuqa berishdan 1 soat oldin bargga purkaladi.
Natijada shu texnologiya bilan boqilgan qurtlarni xayotchanligi yuqori bo’lib, ular o’ragan pilla vazni va mahsuldorligi bahor mavsumi ko’rsatkichlarga yaqin bo’ldi.
Takroriy qurt boqishda, qurt boqish uchun ozuqa tayyorlash muxim axamiyatga ega. Bargning ozuqalik sifatini oshirishda,tut daraxtlariga agrotexnik ishlov berish (navdalarni yoshartirish, sugorish, o’gitlash, qurigan navdalarni kesish va b.) muhim rol o’ynaydi.
Dostları ilə paylaş: |