27-Mavzu. Qurt boqishda foydalaniladigan mexanizmlar.
Kerakli jihozlar.
1.Zararsizlantirishda /dezinfektsiya va oqlashda/ ishlatila-digan mexanizmlar va ularning plakatlari.
2.Barg tayyorlashda ishlatiladigan dastgoxlar va ularning plakatlari.
3.Konveer tizimida qurt boqish modeli-plakati.
4.Dasta tayyorlovchi dastgoxlar.
5.Pillalarni dastalardan oluvchi va loslaridan tozalovchi dastgoxlar.
Ishdan maqsad.
Talabalarni qurt boqishda ishlatiladigan mexanizmlar va ulardan foydalanish usullari bilan tanishtirish.
Ishni bajarish tartibi.
1.Dezinfektsiya va oqlashda ishlatiladigan purkagichlarni tuzilishi va ishlatish printsipi bilan tanishib chiqing.
2.Barg kesishda va ozuqa tayyorlashda ishlatiladigan /tok qaychi, arra dastali, uzun dastali, navdakesar, tvirblis navdakesari, Skidanovbarg kesari v.b./ dastgohlarni tuzilishi va ishlatish jarayoni bilan tanishing.
3.Maxsus avtomatlashtirilgan qurtxonadagi qurt boqish konveer plakati bilan tanishib, ishlatish jarayonini ta’riflang.
4.Sun’iy dasta tayyorlovchi dastgohlar va ularni ishlatish jarayoni bilan tanishing.
5.Dastalarda pillalarni oluvchi va losdan tozalovchi dastgohlar va ularni tuzilishi hamda ishlatish printsipi bilan tanishib chiqing.
O’tilgan mavzuni mustahkamlash
1.Bir quti qurt boqish uchun va 1 kg xom pilla olish uchun sarf bo’ladigan ish kunini hisoblab chiqing va qurt boqish jarayonida ishchi kuchini taqsimoti?
2.Nima uchun qurt boqish jarayonini mehanizatsiyalash kerak?
3.Barg kesish va ozuqa tayyorlashda ishlatiladigan mexanizmlar dastgohlar va ulardan foydalanish.
4.Dasta tayyorlashda ishlatiladigan mehanizmlar, dastgohlar va sun’iy dasta tayyorlash.
5.Pillalarni dastalardan terish va losdan tozalashda ishlatiladigan dastgohlar.
Dostları ilə paylaş: |