28.2-ish. Takroriy qurt boqishda katta yoshdagi ipak qurtlarini parvarishlash.
Ishdan maqsad. Kichik, katta yoshdagi qurtlar va pilla o’rash davridagi agrotexnika qoidalari bilan tanishish, oziq tayyorlash va oziqni saqlash talablari, pilla o’rashda foydalanadigan dasta turlari va ularni joylashtirish sxemasini o’rganish, navli, navsiz, nuqsonli va qaropachoq pilla namunalarini farqlash.
Ishni bajarish tartibi.
1.Kichik yoshdagi /1,2,3/ qurtlarni boqish uchun agrotexnika qoidalari: qurt boqish maydoni, qurtlarni oziqlantirish, sarflanadigan barg miqdori, qurtlik davrining yoshlari bo’yicha davom etishi, `analash, qurtxona xona harorati va namlik darajasi bilan tanishing va daftaringizga yozib oling.
2.Katta yoshdagi /4,5/ qurtlarni boqish agrotexnikasi bilan tanishing.
3.qurtlarning po’st tashlash davrini aniqlang va shu davrda bajariladigan ishlarni ta’riflang.
4.qurtlarni pilla o’rash davrida o’ziga xos parvarish qilish xususiyatlarini so’zlab bering.
5.Pilla o’rashda foydalanadigan dasta turlarini /tabiiy hamda sun’iy/ tayyorlang va dasta qo’yish usullari hamda qancha dasta zarurligini aniqlang.
6.Pillalarning etilgan-etilmaganligini aniqlang va aniqlash usullarini so’zlab bering.
7.Pillalarni terish muddati, pillalarni terish va ularni guruhlarga ajratish tartibi haqida so’zlab bering.
Dostları ilə paylaş: |