Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali agrologistika va biznes fakulteti



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə104/109
tarix09.02.2022
ölçüsü1,87 Mb.
#52286
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   109
Ipak qurti ekologiyasi va boqish agrotexnikasi

O’tilgan mavzuni mustahkamlash:

  1. Takroriy qurt boqish uchun ozuqa tayyorlash va ozuqa bazasini yaratish.

  2. Tut barglarini azot va mikroelementlari bilan boyitish hamda barglardagi kasallik qo’zg’atuvchi mikroorganizmlar va zararlik moddalardan tozalash texnologiyasi.


Mustaqil ta’lim va talabalar bilimini baholash.

Talabalarning fanni o’rganish qobiliyatini oshirish, mustaqil fikrlash, darslik va adabiyotlar ustida ishlashi uchun, mualliflar tomonidan tuzilgan va O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi o’quv yurtlari boshqarmasi, respublika o’quv-uslubiyot markazi tomonidan tasdiqlangan /2008 y/ «Ipak qurti ekologiyasi va boqish agrotexnikasi» fanining namunaviy dasturida fan uchun mustaqil ta’lim mavzulari berilgan.

Darslik odatda, fanning tasdiqlangan namunaviy dasturi asosida yoziladi. SHuning uchun biz uslubiy qo’llanma mustaqil ta’limga va talabalar bilimini shu fan bo’yicha baholashga alohida mavzu berishni lozim topdik. Fanning universitet yoki institut o’quv bo’limi, kafedralarga mustaqil ta’lim uchun fanga ajratilgan jami soatning 10-15 foizini berish kerak. Toshkent Davlat agrar universitetida shu fanning mustaqil ta’limiga ma’lum soat ajratilgan va shu soat amaliyot darsining dars jadvaliga kiritilgan.

Talabalarga quyidagi mavzularni mustaqil ravishda o’zlashtirishni tavsiya etamiz.

1.Mavzu. Ipakchilikni rivojlantirish to’`risida Prezident farmoni va Vazirlar Maxkamasining qarorlarini o’rganish.

2.Mavzu. Ekologiya fanning vazifasi, ahamiyati va boshqa biologik fanlar bilan aloqasi.

3.Mavzu. «Ekologiya fanining o’rganishda va rivojlanishida o’zbek olimlarining ishlari».

4.Mavzu. «Ekologik omillar. Muhit faktorlarining hasharotlarni rivojlanishiga ta’siri».

5.Mavzu. «Muhit harorati, uni hasharotlar va ipak qurtining rivojlanishiga ta’siri».

6.Mavzu. «Muhit namligi, uni hasharotlar va ipak qurtining rivojlanishiga ta’siri».

7.Mavzu. «Havo harakati va yoru`likni ipak qurtining rivojlanishiga ta’siri».

8.Mavzu. «Yashash joyi va uni ipak qurti rivojlanishiga ta’siri».

9.Mavzu. «Ozuqalanish. Ipak qurtiga ozuqa miqdori va sifatini ta’siri».

10.Mavzu. «Tut ipak qurtini boqishga tayyorgarlik ko’rish xususiyatlari».

11.Mavzu. «Ipak qurti boqishda yangi texnologiya».

12.Mavzu. «Takroriy qurt boqish agrotexnikasi va ahamiyati».

Biz fanning namunaviy dasturi asosida 12 ta yirik mavzuni tavsiya etdik. Universitet yoki institut o’quv bo’limini shu fanning mustaqil ta’limiga ajratilgan soat miqdoriga qarab, ba’zi mavzularni qisqartirib yoki qo’shib, fanning namunaviy ish dasturiga kiritishlari mumkin, lekin mustaqil ta’lim mavzulari kafedra majlisida va fakultet o’quv-uslubiy komissiyasi majlisida tasdiqlangan bo’lishi shart.


Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin