Qurtni yoshiga qarab sarflanadigan oziqa (tut bargi) miqdori
Qurt yoshlari
|
1200 kg barg berilganda
|
900-1000 kg barg berilganda
|
Yoshlar bo’yicha bargning sarf bo’lishi
|
1-qutiga
|
100g qurtga
|
1-qutiga
|
100g qurtga
|
Birinchi
|
7
|
35
|
5-6
|
26-32
|
0,6
|
Ikkinchi
|
20
|
105
|
16-17
|
84-90
|
1,7
|
Uchinchi
|
69
|
365
|
47-57
|
247-300
|
5,7
|
To’rtinchi
|
201
|
1075
|
146-170
|
768-894
|
17,0
|
Beshinchi
|
900
|
4735
|
686-750
|
3610-3947
|
75,0
|
Jami
|
1200
|
6315
|
900-1000
|
4735-5263
|
100
|
Jadvaldan ko’rinib turibdiki, ipak qurtlari birinchi uch yoshida 8%, katta yoshlarida esa 92% ozuqani iste’mol qiladi.
Qurtlarni o’z vaqtida kerakli miqdorda ozuqa bilan ta’minlab turish uchun avvalo katta yoshdagi qurtlarga har kunlik beriladigan barg miqdorini (mo’ljallab) hisoblab chiqish kerak. Quyida, qurtlarga har kungi zaruriy ozuqa miqdori berilgan (24-jadval).
24-jadval
Katta yoshdagi qurtlarga bir kunda beriladigan barg miqdori (kg)
Qurtlarni yoshlari
|
Qurt yoshining kunlari
|
Bir quti qurtga berilgan barg miqdori (kg)
|
1000 kg hisobidan
|
1200 kg hisobidan
|
To’rtinchi yoshida
|
1-chi kuni
|
30
|
35
|
2-chi kuni
|
42
|
56
|
3-chi kuni
|
66
|
80
|
4-chi kuni
|
27
|
33
|
Jami
|
|
170
|
204
|
Beshinchi yoshida
|
1-chi kuni
|
70
|
85
|
2-chi kuni
|
75
|
90
|
3-chi kuni
|
90
|
108
|
4-chi kuni
|
105
|
125
|
5-chi kuni
|
140
|
170
|
6-chi kuni
|
150
|
180
|
7-kuni
|
120
|
142
|
Jami
|
|
750
|
900
|
Qurtlar po’st tashlashdan oldin kam barg eydi, shuning uchun kam barg tayyorlanadi. Bundan tashqari harorat pasayganda qurtlar kam ozuqalanadi. SHuning uchun qurtxona haroratini kuzatib turish kerak. Isitilmaydigan xonalarda qurtlar boqilayotgan bo’lsa (sovuq kunlarda) barg tayyorlash miqdorini kamaytirib, terilgan barglarni barg saqlash xonalarda saqlash kerak.
Barg tayyorlash. Birinchi yoshdagi qurtlarni boqish uchun barglar tut daraxti va navdalarining pastki qismidan terib olinadi. Terib olingan barglar savat yoki fartuklarga solinadi.
Ikkinchi yoshdagi qurtlar uchun tut daraxtining pastki kichik shoxchalari kesiladi, uchinchi yoshda kichik novdachalar va daraxtning pastki shoxchalari kesiladi. Kesilgan shox va novdachalar tashib ketgungacha salqin joyda, o’t yoki to’shalgan plyonka ustida saqlanadi. Tashib kelayotgan vaqtda, quyosh nuridan saqlash maqsadida biron narsa bilan bekitiladi. Keltirilgan barglar qurtlarga berilguncha mahsus barg saqlovchi xonalarda yoki ayvonda biror narsa bilan usti bekitilib saqlanadi.
Barg tayyorlashda bargga e’tibor bilan qaraladi, zararlangan va kasallangan barglar olib tashlanadi. Ifloslangan barglar toza suvda yuvilib, silkitib nami qochchiriladi. Qurtlarni iflos yoki zararlangan barglar bilan boqish, kasallanishiga olib keladi. Yomlir yoki ertalabki shudringdan keyin xo’l bo’lgan barglarni qurtlarga berishdan oldin suvi sergitiladi. CHunki xo’l barglar qurtxonani namligini oshiradi. Sovuq yoki quyoshda qizib ketgan barglarni ham qurtxonada 10-15 minut saqlab, qurtxona haroratiga moslashtiriladi.
Birinchi yoshdagi qurtlar bargning yumshoq etini, teshikchalar hosil qilmasdan kemiradi. SHuning uchun keltirilgan barg 5-7 mm, kenglikda «ugra» shaklida qirqiladi. Barg RTL – 25 markali elektr kesgich yordamida yoki o’tkir pichoq bilan taxtakachda mayda qilib kesiladi.
Bargni ugra shaklida mayda qilib qirqib berganda qurtlar bir tekis o’sadi. Bu usulda boqilganda qurtlarning lana orasida qolib ketishi kamayadi. Birinchi yoshdagi qurtlarni butun barg bilan boqilganda, lanadagi barglar qurib qovjiraydi va ularning orasida ko’plab qurtlar qolib ketib, nobud bo’ladi.
Ikkinchi yoshdagi qurtlar butun barg bilan, uchinchi yoshida yashil serbarg shoxchalar bilan, to’rtinchi yoshida serbarg shoxcha va kesilgan novdachalar bilan, beshinchi yoshida barglar yoloch navdasi bilan beriladi.
Kesilgan shox va novdalar saralanadi, zararlangan va kasallangan barglar olib tashlanib, sekator yordamida, so’kchakning eniga moslashtirib kesiladi. Novdadagi yon shoxchalar ham qirqiladi.
Pillachilikda, barg tayyorlash, qurtlarni boqish, lanasini olish va pilla terish qo’l mehnat talab qiladigan jarayondir.
Olimlarning hisob-kitobiga qaraganda: daraxtdan shox va novdalarni kesib keltirishga, qurt boqishda sarf qilinadigan jami mehnatning 27,8%; ozuqa tayyorlashga – 26,2%; qurtlar ozuqa tarqatishga – 11,0 foizi, jami – 65 foizni tashkil etadi.
Mashaqqatli mehnatni kamaytirish maqsadida mahsus uzun dastali novda kesar barg yullich hamda qalin, o’rta, kichik novdalarni kesadigan pnevmatik novdakesarlardan foydalaniladi.
Birinchi ikki yoshdagi qurtlar uchun bargni, har bir qurt boqish oldidan tayyorlagan ma’qul. Agarda bunga iloj bo’lmasa, unda bargni bir kunda 4 marta terish kerak. Kechqurungi kun botgandan keyin terilgan barg, ertalabki terilgan bargga nisbatan to’yimli bo’ladi (25-jadval).
25-jadval
Dostları ilə paylaş: |