Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali agrologistika va biznes fakulteti


-Mavzu: Qurt boqish texnologiyasini rivojlanishidagi asosiy davrlari va natijalari



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə25/109
tarix09.02.2022
ölçüsü1,87 Mb.
#52286
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   109
Ipak qurti ekologiyasi va boqish agrotexnikasi

11.1-Mavzu: Qurt boqish texnologiyasini rivojlanishidagi asosiy davrlari va natijalari.

Reja

1.Qurtnalar tayyorlash va jixozlash

2.Maxsus qurtxonalar tayyorlash

3.Qurtxonalarni isitish tizimi va shamollatish

Qurt boqish mavsumiga tayyorgarlik ko’rish, qurt tuxumini jonlantirish va jonlangan qurtlarni boqish uchun yaroqli binolarni tanlashdan boshlanadi. CHunki tut ipak qurti ekologiya qismida ta’kidlab o’tganimizdek, sovuqqonli–poykilotermli hasharotlar sinfiga mansubdir. SHuning uchun ularni yaxshi rivojlanishi uchun mo’tadil harorat, namlik, havo harakati va yorug’likni ta’minlovchi binolar kerak. Qurt boqish uchun foydalanadigan xonalarga qurtxonalar deb ataladi.

O’rta Osiyo respublikalarida pilla yetishtirish mavsumi bahor oylariga to’g’ri keladi. Bahorgi qurt boqish mavsumining muvaffaqiyatli o’tkazishi uchun tayyorgarlik ishlarini ertaroq boshlashni talab etiladi.

Jamoa va shirkat xo’jaliklarida qurt boqish mavsumiga tayyorgarlik ishlari quyidagilarni o’z ichiga oladi:

1. Inkubator xona va qurtxonalar uchun yaroqli binolarni tanlash va uni ta’mirlash.

2. Kerakli asbob-anjomlarni tayyorlab qo’yish.

3. Qurt boquvchi zvenolari aniqlash.

4. Qurt boquvchilar bilan shartnomalar tuzish.

5. Inkubatoriya va qurt boqiladigan xonalarni hamda asbob-anjomlarni zararsizlantirish (dezinfektsiya qilish).



  1. Tutzor va yakka qatorlab ekilgan tutlarni parvarish qilishdir.

Qurtxonalar. Agrotexnika qoidalariga to’liq rioya qilgan xolda qurt boqish uchun kerakli harorat, namlik, havo xarakati va yorug’likni faqat maxsus qurtxonalardan yaratish mumkin. Lekin hozirgi kunda maxsus qurtxonalarni ko’rish uchun shart-sharoitlar yo’q chunki, ular qimmatga tushadi. SHuning uchun qurt boqishda turli xo’jalik binolari (jamoat binolari, molxona, saroy, ayvon, klublar, idoralar va xokazo) va zvenolarning uylaridan foydalaniladi.

Ipakchilikning dastlabki rivojlanish davrlarida, yovvoyi ipak qurtlaridan ko’proq pilla hosili olishda qurtlarni xonakilashtirish uchun yengil tipdagi /misol: chayla, kapa, usti yopiq binolarda boqilgan. Dastlab kichik yoshdagi qurtlar kapalarda boqilib, to’rtinchi yoshdan usti o’rab olingan buta tutzor yoki chayla shaklidagi binolarga o’tkazilgan. Tabiiy sharoitda qurtlar kesilmagan sof barglar bilan oziqlanadi. Lekin havo harorati va namlikning kun davomida keskin o’zgarishi, yomg’ir, quyosh nurining ta’siri qurtlarning rivojlanishiga, pilla sifatiga, hosiliga salbiy ta’sirini ko’rsatdi va qurtlar ko’p nobud bo’ldi.

Keyinchalik turli qurilish materiallardan yengil tipdagi qurtxonalar qurildi. Bu qurtxonalarning harorati va namligi tashqi muhit harorati va namligiga yaqin bo’lsada zararkunandalardan biroz himoyalangan, lekin qurtlarni boqish va pilla o’rash sharoiti chayla tipidagilariga nisbatan yaxshiroq bo’lgan. SHularni e’tiborga olib pillakorlar qurt boqish sharoiti va qurtxonalarni takomillashtirib borganlar. Natijada qurtxona uchun loydan, paxsadan, g’ishtdan yasalgan qalin devorli binolarda qurt boqishga o’tilgan. Bu binolarda, issiq kunlarda ham 24-270 darajadagi harorat va kerakli namlikni saqlash mumkin. Ba’zida oldingi tomoni to’silgan ayvon hamda bostirmalardan ham katta yoshdagi qurtlarni boqish uchun foydalanib kelinmoqda.


Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin