Ko’targichlar (s’yomniklar). Qurtlarni bir joydan ko’chirish, siyraklashtirish, g’analarni almashtirish ishlari barg yoki navdalar yordamida amalga oshiriladi. Lekin birinchi yoshdagi qurtlarga bunday usullarni qo’llash qiyinchiliklar tug’diradi. SHuning uchun ishni osonlashtirish maqsadida ko’targich /s’yomnik/lardan foydalaniladi. Bular orqali qog’oz s’yomniklarga chiqqan qurtlarni ozuqasi bilan ko’tarib, g’anasini olish oson.
S’yomniklar 25 x 20 sm li tig’iz o’ram qog’ozidan tayyorlanadi. Qog’ozni maxsus teshik hosil qiluvchi mashinkalar yordamida, qurtning hajmiga qarab teshiladi. 20-jadvalda qurt tanasining katta kichikligiga qarab s’yomnik teshik kattaligi berilgan qog’oz ko’targichlar /s’yomniklar/ odatda birinchi va ikkinchi yoshdagi qurtlar uchun foydalaniladi. Keyin esa g’ana bilan birga olib tashlanadi.
Dostları ilə paylaş: |