18-jadval.
Qurtxona turiga qarab ichidagi haroratni o’zgarishi.
Harorat o’lchangan joy
|
Isitilgan qurtxonada (kattaligi 5x3m balandligi 3m)
|
Isitilmagan qurtxonada (kattaligi 9x5m, balandligi 4m)
|
Pastgi qavatda harorat
|
O’rta qavatda harorat
|
Yuqori qavatda harorat
|
Pastgi qavatda harorat
|
O’rta qavatda harorat
|
Yuqori qavatda harorat
|
1. Qurtxonani kirish qismida
|
23,00
|
24,70
|
24,80
|
21,50
|
22,20
|
230
|
2. Qurtxonani o’rta qismida
|
22,10
|
23,00
|
24,00
|
20,40
|
21,30
|
220
|
3.Qurtxonani oxirida
|
21,10
|
22,40
|
23,00
|
19,50
|
20,30
|
21,10
|
Harorat va namlik miqdori hamda qurtlarni qurtxonaning qaerida joylashganiga qarab, ularning rivojlanishi, pilla og’irligi turlicha bo’lganligi 19-jadvalda keltirilgan /S.Murodov/. Demak, pilla hosili 1 quti qurt hisobida pastki qavatda 69 kg, o’rta qavatda – 74 kg, yuqori qavatda 79 kg bo’lgan.
19-jadval
Qurtxqonada qurtlarni joylashishiga qarab pilla
vaznini farq qilishi.
Qurtxonada qurtlarning joylashgan joyi
|
Pillaning o’rtacha og’irligi (g)
|
Pastki qavatida
|
O’rta qavatida
|
Yuqorigi qavatida
|
1.Qurtxonaning kirish qismida
|
2,55
|
2,86
|
3,11
|
2. Qurtxonaning o’rta qismida
|
2,10
|
2,40
|
2,76
|
3. Qurtxonaning oxirida
|
1,81
|
2,00
|
2,31
|
Yorug’lik. Yorug’lik qurtlarning rivojlanishiga samarali ta’sir etib, qurtxonaning sanitar xolatini yaxshilaydi. Qurtxonalarning yorug’ligi, oynalarining katta kichikligi va qaysi tomonda joylashganiga bog’liq. Lekin katta hajmdagi oynalar qurtxonadagi issiqlikni ko’proq yo’qotishga sabab bo’ladi. Bundan tashqari qurtlar yorug’likka sezgir bo’lib bezovtalanadi. SHuning uchun qurtxonadagi oynalarning hajmi qurtxona yer sathini 1/10 qismini tashkil etish kerak. Binolarni to’g’ri quyosh nuridan saqlash uchun oynalarga pardalar osib himoyalash mumkin.
Turli xildagi binolardan foydalanish.
Jumxuriyatimiz jamoa va shirkat xo’jaliklarida tut ipak qurtini boqish uchun mahsus qurtxonalar yetishmaydi, shuning uchun qurt boqish mavsumida hamma bo’sh turar joylar va xo’jalik binolari, shuningdek molxona, otxona, ombor, saroy, bostirma va boshqalar binolardan foydalaniladi.
Kichik yoshdagi qurtlar /1-3 yosh/ inkubatoriya uchun foydalanilgan xonalarda isitiladigan turar joylarda boqilib, keyin qurt boquvchilarga tarqatish ham mumkin.
Katta yoshdagi qurtlarni boqish uchun xo’jalik binolari, molxonalar, otxona va saroylar, xatto oldi to’silgan ayvonlardan foydalaniladi.
Respublikamizda qurt boqishda foydalaniladigan qurtxonalar uch toifaga bo’linadi.
1-chi maxsus kapital binolar, ya’ni g’ishtdan qurilgan, agrotexnik talablarga to’liq javob beradigan binolar. Bularga maxsus qurtxona uchun qurilgan binolar - qurtxonalar, qurtxonaga moslashtirilgan xo’jalik binolari, klub, saroylar, maktab binolari kiradi. Bu xildagi binolarda gigrotermik rejimni to’liq yaratib berish mumkin.
2-chi. Paxsadan yoki sing devorli binolar. Bularga molxona, otxona, ombor va boshqa binolar.
3-chi. Yengil tipdagi moslamalar: oldi bekilgan to’silgan ayvonlar, bostirmalar. Bu toifadagi moslamalar faqat tashqi obi-havoning kelishiga qarab, katta yoshdagi qurtlarni boqish uchun foydalaniladi.
Savollar.
1.Qurtnalar tayyorlash va jixozlash tartibini ayting.
2.Maxsus qurtxonalar tayyorlash tartibini ayting.
3.Qurtxonalarni isitish tizimi va shamollatish tartibini ayting.
Dostları ilə paylaş: |