Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali agrologistika va biznes fakulteti


-Mavzu. Qurt boqish texnologiyasini rivojlanishidagi asosiy natijalar



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə30/109
tarix09.02.2022
ölçüsü1,87 Mb.
#52286
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   109
Ipak qurti ekologiyasi va boqish agrotexnikasi

11.2-Mavzu. Qurt boqish texnologiyasini rivojlanishidagi asosiy natijalar

Reja

1.Etajerkalar tayyorlash

2. Syomniklar tayyorlsh

3. Standart etajerkalar



Etajerkalar. Ipak qurtlari zararkunandalardan va yer /pol/ namligidan himoyalash maqsadida mahsus etajerkalarda boqish talabga muvofiqdir. Etajerkalar turli xil materiallardan: taxta, temir, to’sin, xoda, novda, qamish v.b. yasaladi.

Barcha turdagi etajerkalar ikki guruhga bo’linadi: bo’laklarga ajratiladigan yoki yig’ma etajerkalar va doimiy so’ri (stellaj) lar. Yig’ma etajerkalardan barcha yoshdagi qurtlarni boqishda foydalaniladi. Ularni 2,3,4 va 8-10 qavatli qilib, tik xolatda o’rnatish mumkin.

Doimiy so’ri-etajerkalar, odatda 2, 3, 4 qavatli bo’lib, ba’zi bir mahsus qurtxonalarda o’rnatiladi.

O’rta Osiyo respublikalarida 1950 yillargacha birinchi va ikkinchi yoshdagi qurtlarni qo’lda to’kilgan yumaloq savatlarda yoki qamishdan yasalgan bo’yrada boqilgan. Savatlar ustma-ust qo’yilgan bo’lib xonaning shipiga osib qo’yilgan yoki taxta ustiga qo’yilgan. Qamishdan yasalgan bo’yrani bukib, navda bilan ko’tarib, oldi va orqa tomoni qushlardan saqlash uchun mato bilan yopib qo’yilgan. Havo isib ketganda ayvonda qo’yib boqilgan.

3-chi yoshidan boshlab, xoda va navdalardan yasalgan so’rilarga ko’chirilgan. So’rilar bir qavatli bo’lib, binoning maydonini to’liq egallab, devor atrofida o’tish yo’li qoldirilgan va so’rining o’rta qismida 1-2 teshik (qurtga barg berish uchun tuynuk) qoldirilgan.

Ko’pincha qo’lda yasalgan qulay, 2 qavatli etajerkalarni uchratish mumkin.

Ko’pincha qo’lda yasalgan etajerkalar qurt boqish mavsumi tugagandan keyin, saqlanmaydi, ularning xoda va taxtalari boshqa xo’jalik extiyojlari uchun foydalaniladi. SHuning uchun har bir mavsumda yangidan etajerkalar tayyorlashni taqozo etadi. Ba’zi bir xo’jaliklarda simdan bir qavatli so’ri yasaydilar.

Xorazm viloyatida yog’och romdan yasalgan 1 yoki 2 qavatli sim yordamida shipga osib qo’yilgan osma etajerkalardan foydalaniladi.

Mahsus kapital qurtxonalarda qismlarga ajratilmaydigan 3-4 qavatli so’ri /stellaj/ lar o’rnatiladi. Qolipi /sincha/kesilgan taxtadan yasalgan bo’lib oralig’i sim yoki arqon bilan tortilgan /to’qilgan/ bo’lib ustiga qog’oz ko’targichlar /s’yomnik/ lar yoyiladi. So’rining kengligi 2 metr, qavat oralig’i 0,75 m. Bunday so’rilarda 3-chi yoshdan boshlab, katta miqdordagi qurtlarni tut navdalari bilan boqishda foydalaniladi.


Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin