13.1-Mavzu: Katta yoshdagi qurtlarni oziqlanishi.
Reja
1.Katta yoshdagi qurtlarni oziqlantrish
2.Katta yoshdagi qurtlarga harorat va namlikni ta’siri
Qurtlarning 4 va 5 yoshlari katta yoshdagi qurtlar deb ataladi.
Bu yoshdagi qurtlar uchun ozuqa-tut novdalari sutkada ikki marta eralab va kechqurun (kun botgandan so’ng) tayyorlanadi. To’rtinchi yoshdagi qurtlar uchun tut daraxtini shox-shabbalari kesilib, beshinchi yoshida hamma shox va navdalar kesilib tanaga shakl beriladi.
O’rta Osiyoda katta yoshdagi qurtlar sergbarg novdalar bilan boqiladi. Bunda qurtlar uchun qulay-gigienik sharoit yaratiladi: ular shox va novdalarda o’rmalab xarakatda bo’lib, nam lanada o’tirmaydi, toza barg bilan oziqlanadi, kasal va o’lgan qurtlar va ahlatlari navdalar orasidan lanaga tushadi. Aeratsiya sharoiti yaxshilanadi, novdada barg tez ko’rimaydi.
Tut novdalarini 70-90 sm uzunlikda kesib, so’kchaklarga qo’yiladi. Bunda novdalar ikki xil shaklda joylashtirish mumkin. Birinchi usulda novdalar so’kchakning bo’yi va eniga – krest shaxmat shaklda joylashtiriladi. Natijada yaxshi shamollanadigan katakchalar hosil bo’lib, axlatlar pastga tushadi: ikkinchi usulda navdalar so’rining eni bo’ylab joylashtiriladi. Bunda novdalarning uchlari va pastki tomoni almashtirib joylashtiriladi. Bu bilan novdada joylashgan barglar bir xil tartibda qurtlarga tarqaladi. CHunki navda uchlarida joylashgan barglar to’yimlidir. Novdalarni joylashtirganda ulardagi barglar bir-biriga tegib turishi va navda uchlari so’ridan osilib turmasligi kerak. Illor qurt boquvchilar ozuqa berganidan 1-2 soat o’tgach novdalarni o’girib, bargli tomonini yuqoriga aylantirib turadi. Har bir ozuqa berganda bargni so’ldirmasdan, qurtlar bargni eb bo’lgandan keyin berish kerak. CHala eyilgan barg ustiga yana barg solinsa eski barglar lana orasida molor bosadi, kasallik manbaiga aylanadi va barg ortiqcha sarflanadi.
Qurtlarni ozuqalantirish miqdori haroratga bog’liq: harorat baland bo’lsa, oziqlantirish miqdori oshiriladi, bunda ozuqa kichik portsiyada berilib, tez-tez oziqlantiriladi. Harorat past, namlik yuqori bo’lsa oziqlantirish miqdori kamaytiriladi.
Oq pilla beruvchi zot qurtlarini sutka davomida oziqlantirib turilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Tajribalar oq pilla o’rovchi zot qurtlari uchun quyidagi miqdorda oziqlantirish tavsiya etiladi.
Birinchi yoshda - 10 marta shunda 2 marta kechasi
Ikkinchi yoshda - 9 marta shunda 2 marta kechasi
Uchinchi yoshda - 8 marta shunda 2 marta kechasi
To’rtinchi yoshda - 6-7 marta shunda 2 marta kechasi
Beshinchi yoshda - 5-6 marta shunda 2 marta kechasi
SHuni alohida qayd etish kerakki, ipak bezida ipak moddasining hosil bo’lishi qurtning beshinchi yoshida, ayniqsa dahaga kirgan kunlari amalga oshadi. SHuning uchun ham dahadagi qurtlarni to’ydirib boqish katta ahamiyatga ega. Bu vaqtda qurtlarga barg berishda uzilish ro’y bersa ipak sintez bo’lishi susayadi. Dahaga kirgan qurtlar etarli miqdorda barg bilan ta’minlanmasa, ular o’ragan pillalar mayda va ipak miqdori kam bo’lib qoladi, navi past baholanadi.
To’rtinchi yoshda 170 kg, beshinchi yoshda 750 kg barg berish tavsiya etiladi.
Ipak qurtlarini turli nav tut barglari bilan oziqlantirilganda ularning xayotchanligi va lichinkalik davrlarini turlicha bo’lganligi (N.Axmedovning 1982-1999 yillardagi ma’lumotlari) 28-jadvalda berilgan.
28-jadval
Tut navlari nomi
|
qurtlar xayotchanligi, %
|
Lichinkalik davri, sutka
|
Tojikiston urug’siz
|
90,5
|
21,5
|
Qatlama
|
91,0
|
21,5
|
Payvandi
|
89,0
|
21,6
|
O’zbekiston
|
89,0
|
22,0
|
Xasak
|
86,0
|
24,0
|
Aralash tut navlarining barglari bilan ipak qurtlarini boqish o’zbek pillachiligida keng tarqalgan. Ipak qurtlarini birinchi yoshlarida xasak navi tut bargi bilan, beshinchi yoshlarda madaniylashgan tut navlarining barglari bilan boqilgan. CHunki Xasak bargi beshinchi yoshlarda dalallashib, ozuqa sifati pasayadi, madaniylashgan navlar esa bu davrda barglar etilib, ozuqa sifati etiladi /29 jadvalda/.
29-jadval
Navli tut barglarining ozuqaviy tarkibi
Tut navlari
|
Suv miqdori %
|
Umumiy azot %
|
Oqsilli azot %
|
Karbon suvlar %
|
Kul moddalari %
|
Tojikiston urug’siz
|
70,10
|
3,96
|
3,36
|
16,20
|
9,15
|
Qatlama
|
71,60
|
3,90
|
3,60
|
16,10
|
10,30
|
Payvandi
|
71,40
|
3,70
|
3,40
|
15,00
|
12,40
|
O’zbekiston
|
68,80
|
3,20
|
2,70
|
14,20
|
12,70
|
Duragay tut
|
69,70
|
3,42
|
3,14
|
13,80
|
12,90
|
Ipak qurtlarini sermahsul tut navlari bargi bilan boqilganda bir quti urug’dan olingan pilla olirligi, sifati va ipak miqdori ortgan /30 jadval/
30-jadval
Dostları ilə paylaş: |