Ipak qurtlarini navdor tutlar barglari bilan oziqlantirishning mahsuldorlik belgilariga ta’siri
Tut navlari
|
Pillaning o’rtacha vazni, g
|
Navli pillalar miqdori, %
|
Ipak qobilining vazni, mg
|
Pillaning ipakchanligi, %
|
Tojikiston urug’siz
|
2,23
|
88,5
|
520
|
23,3
|
Qatlama
|
2,21
|
89,0
|
530
|
24,0
|
Payvandi
|
2,19
|
87,0
|
510
|
23,4
|
O’zbekiston
|
2,13
|
86,0
|
505
|
23,7
|
Duragay tutlar
|
2,10
|
85,0
|
490
|
23,3
|
G’anani olib tashlash. Qurtlar berilgan barglarning hammasini eb ulgurmaydi. So’kchaklarda ko’plab navda, eyilmay qolgan barg qoldiqlari, ekskrimentlar /qurt axlati/, o’lgan qurtlar to’planib qoladi. Beshinchi yoshida lana qalinligi 60-70 santimetrgacha etadi. Natijada qurtxonada namlik ortib ketadi, havo aeratsiyasi buziladi, sollom qurtlar kasal qurtlarga tegib zararlanadi. Lanadagi harorati qurtxona haroratidan 1-30 past, namlik esa baland bo’lib lana molorlanadi. Agarda chiqindilar/lana/ o’z vaqtida olib tashlanmasa, ularning chirishi natijasida zararli gazlar ajralib chiqadi va qurtxonada kasalliklar ko’payib ketishi mumkin. SHuning uchun, qurtlarga mo’tadil sharoit yaratish maqsadida o’z vaqtida g’anani olib tashlash ya’ni g’analash kerak.
Birinchi yoshda qurtlar lanalanmaydi. CHunki qurtlarga kam ozuqa beriladi, lana qalinlashmaydi, qurtlar juda kichik, shuning uchun lana bilan aralashib tashqariga chiqarib yuborish mumkin. Ikkinchi va uchinchi yoshlarda ikkinchi kuni boqilayotganda, g’anani olib tashlanadi. To’rtinchi yoshda ikkinchi va to’rtinchi kuni lana olib tashlanadi, beshinchi yoshda po’st tashlagandan keyin, 3-5 kunlari va pilla o’rash oldidan lana olib tashlanadi.
G’analash miqdori boqish sharoiti va tartibiga bog’liq. Yulib olingan yoki kesilgan barg bilan va nam havoda, yomlir yoqqon kunlari bir kundan keyin g’anani olib tashlash tavsiya etiladi. Eski g’anani olib tashlash uchun qurtlarga yangi barglar solinadi. Qurtlar barglarga ko’tarilgach, ularni bargi bilan oldindan tayyorlab qo’yilgan yangi joyga qo’yiladi, so’ngra qurtlarni yana boshqa partiyasi shu yo’sinda ko’chirilib, eski lana olib tashlanadi. Olingan eski lana birdan tashlab yubormasdan /ayniqsa 2 va 3 yoshlarda/: lana ustiga bir necha bargli navdalar solinib, lanadagi qolgan qurtlar terib olinadi. Lekin kuzatishlar shuni isbotlab berdiki, lana orasida yoki tagida qolgan ko’pchilik qurtlar orqada qolgan, kasallangan yoki jaroxatlangan bo’lar ekan. Bunday qurtlar tezda nobud bo’ladi. Bundan tashqari birinchi uch yoshida orqada qolgan qurtlarni terib olish mumkin. Lekin ular yuqorida aytganimizdek yaroqsiz (nosollom) bo’lsa bunday qurtlarni tashlab yuborgan ma’qul. Katta yoshdagi qurtlarni boshqa joyga ko’chirish qo’shimcha qurt boqish maydoni va ortiqcha mehnat talab etadi. SHuning uchun g’ananing ustki qismida navdalarni so’kchakning eshikka yaqinroq tomonidan yo’lonroq tut yoki tol navdasi bilan ko’tarib turiladi, ostidagi bargsiz navda va chiqindilar olib tashlanadi. Bundan tashqari qog’oz yoki kardondan yasalgan mahsus ko’targichlar yordamida qurtlar ko’tarib olinib eski lana olib tashlanadi. Arqon yordamida ham g’anani olib tashlash mumkin. Bunda ozuqa berishdan oldin so’kchakni ustiga uzunligi bo’yicha 2-4 arqon joylashtiriladi. Arqonning uchlari so’ridagi uzun navdalarga bollab chiqiladi. Arqonni ko’ndalangiga tut navdalari joylashtiriladi. Qurtlar yangi bargga ko’tarilgandan keyin arqon boylangan xodacha 20-40 sm ko’tarilib, tagida qolgan eski lana oladi. So’ngra ko’tarilgan qurtlar o’z joyiga tushiriladi
Olingan lana /kasallik tarqatilmasligi uchun/ erga ko’miladi yoki yoqib yuboriladi. Lanalar olib tashlangach qurtlar boqilayotgan xona, yo’lak va xovlilar supuriladi. Bu ishda qatnashganlar barg berishga kirishish oldidan qo’llarini sovun bilan yuvishlari kerak.
Dostları ilə paylaş: |