Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali agrologistika va biznes fakulteti



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə40/109
tarix09.02.2022
ölçüsü1,87 Mb.
#52286
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   109
Ipak qurti ekologiyasi va boqish agrotexnikasi

Qurtlarni siyraklashtirish. Qurtlarga berilgan ozuqaning samarali o’zlashtirilishi ular joylashtirilgan so’kchaklar yuzasiga bog’liq. Qanchalik qurtlar zich joylashgan bo’lsa, ular shunchali sekin rivojlanadi, chunki barcha qurtlarga bir tekisda barg tushmaydi, natijada ular katta-kichik bo’lib qoladi. Katta yoshlarida qalin joylashgan qurtlar bir-birini ustidan o’rmalab chiqib, tirnoqchalari yordamida terisini jarohatlaydi, natijada tez kasallanadi. SHuning uchun har bir yoshda ularni siyraklashtirib turish kerak.

Birinchi yoshning dastlabki kunida bir quti qurt 0,5m2 satxni egallaydi. Normativ bo’yicha, birinchi yoshining oxirgi kunida 2m2 satxni egallashi zarur. Qurtlarni bu yoshida siyraklashtirishda qurt keltirilgan qog’oz protveyinning yon tomonlari ochilib, har bir barg berganda qurt boqish sathi kengaytirib boriladi. Ikkinchi yoshida esa 5-6m2 joy talab etiladi. Bunda ham har bir barg berishda butun bargchani ustiga chiqqan qurtlarni barg bandidan ushlab ko’tarib olinib siyraklashtiriladi. 3-chi yoshda 12-15m2, to’rtinchi yoshida 25-30m2 va beshinchi yoshida 60-70m2 joy talab etiladi. Bunda ham tut navdalariga chiqqan qurtlarni navda bilan birga oldindan tayyorlangan joylarga ko’chirilib, siyraklashtiriladi. Umuman olganda qurtlarni bir tekis va yaxshi o’sishi uchun har bir barg berishda qalin joydagi qurtlarni siyraklashtirib turishi kerak.

Agar har qutida 45 ming dona qurt boqilsa 1kv.m sathda 700-750 dona beshinchi yoshdagi qurtlar bo’ladi. Qurtlarning zichligini nazorat qilish uchun 100 kv.sm /10 sm x 10 sm/ sathdagi to’rtburchak andoza yordamida qurtlar so’kchakning bir necha joyidan sanab ko’riladi. 100 kv.sm. da o’rta hisobda 7-8 dona qurt bo’lsa, qurtlarning zichligi maqbul hisoblanadi. O’lchash uchun har bir agronom va agrotexnikning cho’ntagida pishiq qog’oz va kartondan yasalgan /tomonlari 10 sm ga teng bo’lgan/ kvadrat bo’lishi kerak.


Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin