16-mavzu: Takroriy qurt boqishning mohiyati.
Reja
Takroriy qurt boqishning ahamiyati
Takroriy qurt boqishning xususiyatlari.
Takroriy qurt boqish deb, yozgi va kuzgi davrlarda o’tkaziladigan qurt boqish mavsumiga aytiladi.
Yaponiya, Xitoy, Xindiston va Osiyoning boshqa mamlakatlarida yoz va kuz mavsumlarida takroriy qurt boqilib, 3-4 marta hosil oladilar.
Takroriy qurt boqilganda qo’shimcha pilla hosili olinadi, qurtxona va qurt boqishda ishlatiladigan anjomlardan to’liq foydalaniladi hamda qurt boquvchi brigada va zvenolar yil davomida ish bilan ta’minlanadi.
Respublikamiz iqlimiy sharoiti takroriy qurt boqishga moslashgan bo’lmasada, birinchi marotaba 1928 yilda takroriy qurt boqish O’zbekistonda sinab ko’rilgan.
Olib borilgan tajriba va kuzatishlar /N.V.SHurshikova – 1964y., N.G.Bogautdinov – 1965 y., M.D.Dehqonov – 1974 va boshqalar yaxshi natijalarga erishilmagan, chunki yozni issiq kelishi, ozuqani eyimli xususiyatlarni pasayishi, ayniqsa qurt boqish uchun mo’ljallangan zotlarni talabga javob bermaganligidadir.
SHunga qaramasdan – o’zbek olimlari keyingi yillarda takroriy qurt boqish ustida ilmiy kuzatishlar olib borib, yaxshi natijalarga erishmoqda. Jumladan: takroriy qurt boqish uchun yangi zotlarni yaratilishi, yozgi faslga moslab tut navlarini yaratilayotgani va plyonka ostida qurt boqish ishlarini amalda qo’llanilishi misol bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |