Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali agrologistika va biznes fakulteti


Takroriy qurt boqishning xususiyatlari



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə49/109
tarix09.02.2022
ölçüsü1,87 Mb.
#52286
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   109
Ipak qurti ekologiyasi va boqish agrotexnikasi

Takroriy qurt boqishning xususiyatlari. Takroriy qurt boqish yozda yuqori haroratda, kuzda esa past haroratga to’lri keladi. Yuqori harorat qurtni rivojlanishini tezlashtiradi, ozuqaga talabini oshiradi. Biroq organizmdan ko’p miqdorda namlikni yo’qotadi. SHu bilan birgalikda yozgi va kuzgi bargning ozuqa sifati pasayadi, dalallanadi. Ayniqsa janubiy viloyatlarda: Surxondaryo va Qashqadaryolarda maksimal harorat 40-430, binolarda esa (qurtxonalarda) 30-350 etadi. Bunday xolatga moslashmagan qurtlarda rivojlanish va qurt tanasidagi fiziologik jarayonlar buziladi, barg qavjirab quriydi oqibatda pilla hosili va sifatiga ta’sir etadi. Kuzgi qurt boqish mavsumida esa havo harorati salqinlashib, boqish uchun qulay sharoit hosil bo’ladi, lekin barg sifati talabga to’liq javob bermaydi.

Yozgi qurt boqish mavsumida qurtxonalarning nisbiy namligi keskin pasayib ketadi. Qurtlar namlik pasayishi natijasida po’st tashlashi qiyinlashadi, rivojlanish susayadi. Barg tez so’lib qoladi va ozuqa sifati pasayadi. Natijada qurtlar kasallanib nobud bo’ladi.

Yuqori harorat qurtlarni bakteriya kasalliklari bilan kasallanishiga olib keladi. Bargning ozuqa sifatini pasayishi, organizmni bo’shashtirib, ichak kasalliklarni /o’lat, liqqoq/ ko’plab rivojlanishiga sabab bo’ladi.

SHuning uchun takroriy qurt boqishdan oldin, xonalarni va qurt boqishda ishlatiladigan anjomlarni yaxshilab dezinfektsiyalash katta ahamiyatga ega. Qurtxonalarni takroriy qurt boqishga tayyorlash vaqtida sanitariya xolatiga e’tibor berib, qurt boqishda ishlatiladigan asbob-anjomlar, qurtxona atrofi bahorgi qurt boqilgandan keyin yaxshilab tozalanishi va dezinfektsiyalanishi kerak. CHunki bahorgi qurt boqish davrida hosil bo’lgan va yozgacha saqlanib qolgan zararli mikroorganizmlar takroriy qurt boqishda jonlanib qurtlarni kasallantiradi va pilla hosildorligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.

Barglarning ozuqa sifati bahordan kuzgacha keskin pasayadi. Bargda suv, azot va fosfor miqdori kamayib, kletchatka va kul moddalar miqdori ortadi, natijada barg dalallashadi, bargning ozuqa sifati pasayadi. Bundan tashqari yoz va kuz oylarida barglar ifloslanib, kasallik tarqatish manbalaridan biri bo’lib qoladi.

O’zbek ipagi uyushmasi «Pilla xolding» xolding kompaniyasi raisi, qishloq xo’jalik fanlari nomzodi SH.R.Umarov yoz mavsumi issilida suvsizlanib, oziqaviy xususiyatlari pasaygan tut barglarini ozot va mikroelementlar bilan boyitish, barglarda to’plangan kasallik qo’zlatuvchi mikroorganizm va zararli moddalardan antiseptiklar yordamida tozalash texnologiyasini (1999 y) yaratdi. Bunda qurtga beriladigan ozuqa 30-40 minut oldin ozot va mikroelementlarni suvli eritmasi bilan ishlov beriladi. Ishchi eritma 100 g korbamidlar 10 l vodoprovod suvida va 1 tabletka mikroelement /tarkibida rux, marganets, molibden va b./ qo’shilib tayyorlanadi.

Barglarni zararsizlantirish uchun 10 l vodoprovod suviga 0,5 g marganuevo kislotasi qo’shib tayyorlangan eritma qurtga ozuqa berishdan 1 soat oldin bargga purkaladi.

Natijada shu texnologiya bilan boqilgan qurtlarni xayotchanligi yuqori bo’lib, ular o’ragan pilla vazni va mahsuldorligi bahor mavsumi ko’rsatkichlarga yaqin bo’ldi.

Takroriy qurt boqishda, qurt boqish uchun ozuqa tayyorlash muxim axamiyatga ega. Bargning ozuqalik sifatini oshirishda,tut daraxtlariga agrotexnik ishlov berish (navdalarni yoshartirish, sugorish, o’gitlash, qurigan navdalarni kesish va b.) muhim rol o’ynaydi.

Yozgi va kuzgi qurt boqish uchun maxsus tut plantatsiyalar bo’lmagan xo’jaliklarda quyidagi usulda ozuqa tayyorlanadi: yolochga aylanmagan bahorgi qurt boqish davrida kesilgandan keyin usib chiqqan yangi navdalarni uchki qismi yoki hamma navdalarni 1/4 –1/3 uzunligida kesiladi. Navdadagi barglarni shilib olish mumkin emas, chunki yosh navdalar etilmagan bo’ladi.



Savollar

  1. Takroriy qurt boqishni tartibini ayting

2.Takroriy qurt boqishga mo’ljallangan zotlar.


Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin