Dasta qo’yish. Bargga to’ygan qurtlar beshinchi yoshining 8-9 kunlariga kelib oziqlanishdan to’xtaydilar va o’z organizmlarini chiqindilardan tozalab pilla o’rash uchun qo’lay joy izlay boshlaydilar. Yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek, qurtlarning o’sish va rivojlanishiga tafovut bo’lganligi sababli ular bir muddatda pilla o’rashga kirishmaydilar.
Rivojlanishda biroz ilgarilab ketganlari beshinchi yoshning oxirida lana yoki so’kchak tirqishlarida pilla uray boshlaydi. Ayrim pillakorlar bu davrda yoppasiga dasta bostirib, qurtlarga barg berishni batamom to’xtatadilar, buday qilish albatta noto’lridir.
Qurtlarni pilla o’rash uchun etilganligiga ishonch hosil qilgach, zudlik bilan ortiqcha g’anani olib tashlash lozim. Lana qanchalik siyrak bo’lsa, lanada o’ralgan pilla miqdori shunchalik kam bo’ladi. Lana engillashtirilgandan so’ng so’kchak atrofini aylantirib bir qator dasta qo’yilib chiqiladi. Dastaning pastki qismi, ya’ni dastasi lanaga, yuqori uchi yuqoriga qarab joylashtiriladi. Dasta shoxchalari bir-biriga tegib turishi kerak. Dasta qator oralili 80-90 sm bo’lib, etilgan qurtlar soni ko’paygan sari qarot oralili kamaytirilib 30-40 sm tashkil etadi. Bu ish so’kchakning eng yuqori qavatidan boshlanadi. Keyinchalik dastalar shaxmat kataklariga o’xshash qo’yiladi. Dastalar orasida ochiq joylardan qurtlarga navdasiz barg solish davom ettiriladi. SHunday qilinganda rivojlanishda biroz orqada bo’lgan qurtlar ham bargga to’yib, pilla o’rashga kirishadi, keyin qolgan dastalar qo’yiladi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, qurtxonalarda dastalar bostirilib, uning ustidan qog’oz, xar xil choyshab, latta-puttalar bilan qurtlarni ko’mib tashlash va qurtlarga ko’z tegmasni deb qurtxona eshik va derazalarini bekitib qo’yishga aslo yo’l qo’ymaslik kerak. CHunki bunda hosilga, uning sifatiga, qolaversa daromadga putur etadi, 25-30 kunlik mexnat samarasi 2-3 kunda yo’qqa chiqariladi.
Yangi iqtisodiy siyosat qonunlari kuchga kirayotgan davrda bunday kamchiliklarga yo’l qo’yib bo’lmaydi, zero bozor iqtisodiyoti qonunlari kuchga kirayotganda yuqori sifatli pillaning bozori chaqqon bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |