Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali agrologistika va biznes fakulteti


- Mavzu: Takroriy qurt boqish uchun urug’ni jonlantirish tartibi



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə53/109
tarix09.02.2022
ölçüsü1,87 Mb.
#52286
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   109
Ipak qurti ekologiyasi va boqish agrotexnikasi

18.- Mavzu: Takroriy qurt boqish uchun urug’ni jonlantirish tartibi.
Reja

1. Takroriy qurt boqish uchun tuxum (urug’) bahorgi boqilgan pillalardan (kapalaklardan) tayyorlash.

2.takroriy qurt boqishda ozuqa bazasini tayyorlash

Kichik, katta yoshdagi qurtlar va pilla o’rash davridagi agrotexnika qoidalari bilan tanishish, oziq tayyorlash va oziqni saqlash talablari, pilla o’rashda foydalanadigan dasta turlari va ularni joylashtirish sxemasini o’rganish, navli, navsiz, nuqsonli va qaropachoq pilla namunalarini farqlash.

Takroriy qurt boqish uchun tuxum (urug’) bahorgi boqilgan pillalardan (kapalaklardan) tayyorlanadi. Bundan tashqari, o’tgan yilgi yozgi qurt boqish davrida tayyorlangan tuxumlarni sovutgichlarda saqlab foydalaniladi. Agarda ko’klamda boqilgan qurtlar kapalaklardan olingan tuxumlardan foydalanilmoqchi bo’lsa, bunday tuxumlarga xlorid kislota bilan ishlov beriladi.

Tuxumlarni jonlantirish ya’ni inkubatsiya qilish uchun tezda issiqlikni o’tkazmaydigan, pishiq g’isht, paxta yoki hom g’ishtdan qilingan qalin devorli binolar tanlanadi. Bunday binolar ichida harorat va namlik tezda ko’tarilib yoki pasayib ketmaydi, ya’ni ma’lum bir mo’tadil sharoitni ushlab turish imkonoga ega bo’ladi. tabiiy qurt uchun urug’larni jonlantirishni boshqa tartib va qoidalari bahorgi inkubatsiyaga o’xshash bo’ladi.

Takroriy qurt boqish agrotexnikasi o’ziga hos xususiyatlarga ega. Jumladan, yozning issiq kunlarida mo’tadil harorat va namlikni ta’minlovchi qalin devorli qurtxonalar talab qilinadi. Qurtxonalarni unchalik baland bo’lmagan 1-2 qavatli (1chi qavati pol satxidan 40-50 sm) so’ri va so’kchaklar bilan ta’minlash, bahorgi qurt boqishda foydalanilgan bino va asbob-anjomlarni 4%li formalin eritmasi va monoxloramin bilan zararsizlantirish (dezinfektsiyalash) hamda asosan tut daraxtlaridan oqilona foydalanish zarur bo’ladi. CHunki kuzda tut bargi dag’allashib sifati pasayadi. Yuqori harorat ipak qurtining rivojlanishini tezlashtirib, ovqatga bo’lgan talabni oshiradi va organizmdagi namlikni ko’p yo’qotadi. Qurt boqish davrida qurtlardagi havo namligini me’yorida saqlashga e’tibob berish zarur.

1997-2002 yillarda Farg’ona, Andijon, Qashqadaryo va Jizzax viloyatlarining pillakorlari 150 dan ortiq quti qurt urug’ini takroriy boqib yuqori hosil olganlar. Jizzax viloyatining pillakorlari 198 yilda har quti urug’dan 50 kg dan ortiq pilla hosili olishga erishdilar.

Takroriy qurt boqishda quyidagi shartlar bajarilgandagina yuqori hosil olishga erishish mumkin:


  1. Takroriy qurt boqishda hosil beruvchi zot va duragaylarni yaratish va ularni ishlab chiqarishga joriy etish.

  2. Ozuqa bazasini yaratish, yangi yuqori hosilli tut navlari yaratish va maxsus tutzorlarni barpo etish.

  3. Taroriy qurt boqish agrotexnikasini takomillashtirish va ishlab chiqarishga joriy etish.

  4. Takroriy qurt boqish uchun mo’ljallangan maxsus qurtxonalar qurish va x.k.



Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin