Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali agrologistika va biznes fakulteti


Ozuqa va barg tayyorlashda ishlatiladigan mexanizmlar



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə43/109
tarix09.02.2022
ölçüsü1,87 Mb.
#52286
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   109
Ipak qurti ekologiyasi va boqish agrotexnikasi

Ozuqa va barg tayyorlashda ishlatiladigan mexanizmlar

Buta tutzorlardagi serbarg novda va shoxchalarni kesish uchun JSH-1 tipidagi yarim osma o’roq mashinadan keng foydalaniladi, bu mashina T-16, T-16 m markali uzi yurar shassiga o’rnatilib, agregat holida ishlatiladi.

O’roq mashinaning qamrov kengligi 0,8 m : mashina asosiy kengligi 3 m dan kam bo’lmagan qator oralarida ishlatishga mo’ljallangan: ish unumdorliga soatiga 0,8 t: novda kesish balandligini 600-1300 mm atrofida o’zgartirish mumkin: shassi yarim o’qlarining erdan balandligi 250 mm: umumiy olirligi 825 kg. O’roq mashinada bitta traktorchi ishlaydi: mashinaning ishlatiladigan holatdagi gabarit o’lchamlari 7650 X 330 X 3150 mm, ishlayotgan vaqtidagi harakat tezligi soatiga 1,3-1,4 km. Mashina diametri /yo’lonligi/ 30 mm gacha bo’lgan novdalarni kesa oladi.

PAV-8 tipidagi pnevmatik agregat T-54V traktoriga o’rnatib ishlatiladi hamda toklar novdasini, shuningdek, rezavor meva o’simliklari va tutlar novdalarni kesish uchun qo’llaniladi.

Pnevmoagregat qamrov kengligi – 2 qator tut: qatorlar orasi 2 m va bundan ziyod: agregatga 1 ta traktorchi va 4-8 nafar ishchi /novda kesuvchilar/ xizmat qiladi: mashinaning ish xolatidagi gabarit o’lchamlari 3850 X 11790 X 2900 mm: vazni 410 kg: kesa oladigan novdasining diametri 30 mm gacha.

Bollarda ishlatishga mo’ljallangan NGS-3,5 tipidagi gidravlik minora /mezona/ dan ham ipak qurtlariga oziq tayyorlash maqsadida foydalaniladi: uni baland tanali tutzorlarda ham, buta tutzorlarda ham ishlatish mumkin.

Novda kesish uchun turli konostruktsiyadagi kuchaytirilgan /SUA, SUA-1, SUA-2, SUAL va TbilNISH - engillashtirilgan/ sekatorlardan ham foydalaniladi.

Kuchaytirilgan sektorlar diametri 30 mm gacha bo’lgan novda va shoxlarni juda oson kesadi, lekin oddiy bol qaychida 15 mm dan yo’lon novdani kesib bo’lmaydi. Bundan tashqari, ularning kesish burchagi hech qachon o’zgarmaydi, bu sektorlar oddiy bol qaychidan 1,5 – 1,8 baravar unumliroq ishlaydi.

Oziq tayyorlash mashinalari. Yuqorida aytib o’tilganidek, kichik yoshdagi ipak qurtlar ishtaha bilan eyishi uchun ularga bargini mayda somondek qilib to’lrab berish kerak, bunda ularning kattaligi 3-10 mm dan oshmasin. Barg to’lrash ishi ham mehanizatsiyalashtirilgan; bu maqsadda Skidanova sistemasidagi dastagi barg keskich va elektr kuchi bilan ishlaydigan RTL-25 tipidagi barg keskich qo’llaniladi.

Skidanov barg keskichni bir kishi ishlatadi, u soatiga taxminan 30 kg bargni to’lraydi.

RTL – 25 barg keskichi stolga qo’yib ishlatiladigan elektrlashtirilgan mashina bo’lib, kuchlanishi 220 V ga teng, bir fazali elektr tarmoliga ulanadi.

Mashina bargni eni 6 mm li somonga o’xshatib to’lraydigan qilib sozlanganida uning ish unumdorligi soatiga 62 kg, mashinaning olirligi 75 kg, gabarit o’lchamlari 760 x 800 x 570 mm, mashinada bir kishi ishlaydi, elektr dvigatelning quvvati 0,4 KVt.



Savollar

1.Ozuqa va barg tayyorlashda ishlatiladigan mexanizmlar ayting.

2.Suniiy dasta tayorlashni mexanizmlar ayting.


Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin