Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali agrologistika va biznes fakulteti


-mavzu: Dasta tayyorlash va pilla o’rash biodinamikasi



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə44/109
tarix09.02.2022
ölçüsü1,87 Mb.
#52286
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   109
Ipak qurti ekologiyasi va boqish agrotexnikasi

15-mavzu: Dasta tayyorlash va pilla o’rash biodinamikasi.

Reja

  1. Tabiiy dasta tayyorlash

2 Suniiy dasta tayyorlash

Dastalar. Ipak qurtlari pilla o’rashi uchun yaratilib berilgan qulay joy «dasta» deb aytiladi. Pillaning sifat ko’rsatkichlari to’lridan to’lri ishlatiladigan xiliga, uning miqdoriga bog’liq. Dastalar qanchalik etarli va sifatli bo’lsa, etishtiralayotgan pillaning navdorligi ham shunchali yuqori bo’ladi.

Dastalar arzon, qulay bo’lishi kerak. Dastalar ikki guruhga bo’linadi: tabiiy va sun’iy dastalar.



Tabiiy dastalarga navda, shox-shabbalar va o’tchil dastalar kiradi. Eng qulay dastalar yaxshi shoxlangan, mayda bargli, tikansiz, xidsiz o’tli dastalardir. Bunday dastalar chitir, mingbosh, oqbosh, sariq guli /surepka/, qarla tirnoq kabi o’tlaridan tayyorlanadi. Lekin respublikamizda qir va adirlarni qishloq xo’jaligi maqsadlarida o’zlashtirishi natijasida dastabop o’tlar maydoni tobora kamayib bormoqda. SHuning uchun ham dasta masalasi yo’ldan-yo’lga qiyinlashmoqda. Buni e’tiborga olib olimlar va tajribakor pillachilar rayxon, jambil, raps, perko, tritikole kabi o’simliklardan dasta sifatida foydalanish mumkinligi isbotladilar. Raps, perko, tritikle o’simliklar har bir xo’jalikda oraliq ekin sifatida ekiladi.

Sifatli dastaga ega bo’lmoq uchun qurtlar to’rtinchi yoshga o’tishi bilan dastabop o’tlarni o’rib keltirish va soyada quritishni boshlash kerak. Kuzatishlar shuni ko’rsatadiki ishlatilayotgan dastalar to’la qurimagan bo’lsa, qurtlar pillani lanaga kirib uraydi. Xo’l dastaga o’ralgan pillaga o’tlarning yashil rangi o’tib qoladi.

Yaxshilab quritilgan o’tlar supurgi shaklida bollanadi. Bollar o’rtacha kattalikda bo’lgani ma’qul. Haddan tashqari katta bollangan dastaning ichiga qurtlar kira olmaydi, dastadan foydalanish samaradorligi kamayadi. Bir quti qurt uchun 300 dona tabiiy dasta tayyorlanadi.

Ko’pchilik xo’jaliklarda dasta sifatida lo’zapoya, terak, tol poyalari, ko’m-ko’k beda, yoloch qirindilaridan foydalanilmoqda. Bunda pilla sifati va hosildorlik pasayishiga olib keladi. SHuning uchun ulardan dasta sifatida foydalanish tavsiya etilmaydi.



Sun’iy dastalar. Sun’iy dastalar turli xil: somon, poxol, qog’oz, navda va sintetik materiallardan tayyorlanadi.

Kiselov dastasi – shox-shabbadan qilingan 100x25 sm kattalikdagi fanera yaproli paxta romga qoqiladi. Yaproqda 2 mm li teshiklar shaxmat shaklida teshilib, masofa oralili 4 sm, qatorlar oralili 2 sm qilib yasaladi. Romning burchaklariga bir yillik qurigan tut navdalarini qo’yish uchun teshikchalar qilinadi. Dasta shetkaga o’xshash bo’lib, so’kchak ustiga qo’yladi.

O’zbekston ipakchilik ilmiy tekshirish institutining olimlari sholi poxolidan tayyorlagan «CHyotka» dastani yaratgan. Bunday dastani tayyorlash uchun sholi poxolidan arqon to’qiladi. Buning uchun poxolni 8-12 minut suvda ivitiladi. Ikki bollam poxolni dastgohning ilgak qisqichiga qistirib, soat strelkasi bo’yicha dastani aylantiradi. Keyin sholi poxoli 30 sm uzunlikda kesilib, sinib ketmaslik uchun xo’llanadi. Kesilgan poxolni 2-3 qator qilib ikki arqon oraliliga yaxshilab joylab, dastani aylantiriladi va natijada cho’tkaga o’xshash dasta xosil bo’ladi. Bundan tashqari oddiy usulda tayyorlash mumkin. 100 g qurtga 700-1000 metr uzunlikda, ya’ni bir quti qurtga 100-150 metr uzunlikdagi dasta kerak.

Bundan tashqari kartondan va qog’ozdan yasalgan katakchali dastalar qo’llanadi.

O’tchil va sholi poyasidan tayyorlangan dastalarda ko’p qurtlar pilla o’ragan va pillalarning navdorligi nixoyatda yaxshi bo’lgan.


Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin