15. Amaliy mavzu Urug’ni nazorat tortish
Inkubatoriyada urug’dan jonlangan qurtlarni ko’tarib olish va tarozida tortish quyidagi tartibda bajariladi.
Inkubatsiya qilinayotgan urug’lar 8-9 kuni okara boshlaydi, chunki hozirgi vaqtda urug’ni inkubatoriyaga keltirgach dastlabki 2-3 kun davomida 12-140 darajada ushlab turishning hojati yo’q, sababi bu ish mart oyida guruh zavodlarida amalga oshirilgan bo’ladi. SHuning uchun inkubatoriyaga urug’ keltirilgach harorat bir kecha-kunduz davomida 240 darajaga ko’tariladi. Natijada urug’dan qurt qiodada ko’rsatilgandek 10-11 kunlari emas, balki 9-10 kunlari chiqadi. Urug’lar oqargan kuni qutichalarga doimiy s’yomnik qo’yiladi. Odatda bir kundan keyin ertalab soat 6-7 larda xabarchi qurtlar chiqadi. Xabarchi qurtlar chiqishidan oldin (kechqurun yoki tunda) urug’ to’kilgan qutichalarga vaqtinchalik s’yomnik qo’yiladi. Xabarchi qurtlar chiqib bo’lgach barcha qutichalardagi vaqtinchalik s’yomniklar qurt ibilan ko’tarib olinib, yoqib yuboriladi. CHueki xabarchi qurtlarning hayotchanligi juda past va ularning miqdori ham kam bo’ladi. SHu kuni kunningg ikkinchi yarmida urug’ to’kilgan qutichalarni tartibi bilan nomeriga qarab (masalan, 1-qutichadan boshlab) kontrol (sinov) tortish o’tkaziladi. Kontrol tortishda quyidagilarni massasi bo’lishi kerak.
Urug’ni jonlantirishning birinchi kuni qurtilarni tarozida tortish va chiqqan qurtlarni ko’tarib olish natijasida qurt solingan bir necha qog’oz quti paydo bo’ladi, ulardan qurtlarning massasi shu qutilarga ham, inkubatsiya vedomostiga ham yozilgan bo’ladi.
Birinchi kuni jonlangan qurtlar bir necha yangi guruhga birlashtiriladi, bu yangi guruhlarning vazni har bir pillachilik zvenosiga yoki ayrim pillachilarga ularning qurtxonalari maydoiga qarab, rejaga muvofiq berilishi lozim bo’lgan kuti yoki qurt miqdoriga mos kelishi lozim. Urug’ni jonlantirishning ikkinchi va uchinchi kunlari ham xuddi shunday qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |