10. Mavzu. Urug’larni jonlantiriladigan qog’oz qutuchalar yasash.
Qutichalar ichiga urug’ solishda (to’kishda) quti devorchalari bilan urug’lar orasidagi masofa 1,0-1,3 sm ga teng bo’lishi kerak. Bu ochiq joy urug’ni inkubatsiya qilish vaqtida embrion rivojlanishining o’n birinchi blastokinez bosqichida shakllanayotgan qurt o’z holatini o’zgartirishi natijasida urug’da sakrash (ishlab chiqarishda bu xodisani urug’ chirsilladi deb atashadi) holati ro’y berganda sakragan urug’larni quticha devori tubiga kelib tushishiga hamda urug’ ustiga vaqtincha qo’yilgan s’yomniklarni qurti bilan kutarib olish uchun kerak bo’ladi. SHunga muvofiq, 10g urug’ solinadigan quticha ichidagi umumiy maydon 240 sm2 , 29g (1 quti) urug’ni jonlantirish uchun zarur bo’ladigan quticha ichidagi umumiy maydon 638 sm2va 58g (2 quti) urug’ solinadigan quticha ichidagi umumiy maydon esa 1196 sm2 bo’ladi va hokazo.
Urug’ jonlantiriladigan qog’oz qutichalarning o’lchamlari 4-jadval Qutichada jonlantirilad igan urug’ni miqdori, g Quti yasaladigan qog’ozning kattaligi, sm Quticha devorining balandligi, sm Qutichaning kattaligi, sm Urug’ jonlanishi uchun zarur bo’lgan maydon, sm2 Quticha ichidagi umumiy maydons m2 bo’yi Eni bo’yi eni 10 g 32 18 3 20 12 180 240 29 g (1 quti) 41 28 3 29 22 520 638 58 g (2 quti) 58 32 3 46 26 1044 1196 Urug’dan chiqqan qurtlar vaqtincha qo’yilgan s’yomniklar yordamida ko’tarib olinib, boshqa qutichalarga solinadi. Bu qutichalar ham urug’ni jonlantirish uchun foydalangan qutichalar tartibida yasaladi, lekin bu qutichalarga qurtlar urug’larga nisbatan 5-6 barobar kamroq miqdorda solinadi. SHunga qaramasdan 10g massada jonlangan qurtlarni soladigan qutichaning kattaligi va undagi umumiy maydon 10 g urug’ turadigan qutichadan kattaroq bo’ladi. Quyidagi 5-jadvalda qutining o’lchamlari berilgan. Urug’ni inkubatsiya qilishda ma’lum vaqt o’tgach (odatda 9-10 kunlari) qurt jonlana boshlaydi. SHu jonlanayotgan qurtlarni quticha ichidagi urug’lardan ajratib olish uchun maxsus teshikchalari bo’lgan qog’oz yoki tyuldan-s’yomniklardan foydalaniladi. S’yomniklar 2xil bo’ladi. 1. Tyuldan (to’t matodan) yasalgan doimiy s’yomnik. 2. Yupqa qog’ozdan yasalgan vaqtinchalik s’yomnik. Tyuldan yasalgan s’yomniklarni doimiy deb atalishiga sabab, ular urug’ jonlanishidan oldin quticha ichiga quyilgan bo’lib, urug’dan qurtlar chiqib bo’lgunicha saqlanib turadi. Odatda, to’r qog’ozlar inkubatoriyaga katta o’lchamdagi ilmateshik taxta qog’ozlar holida keltiriladi. Yupqa qog’ozdan yasalgan s’yomniklarni vaqtinchalik deyilishiga sabab, urug’dan dastlab jonlangan xabarchi qurtlarni olib tashlash va boqish uchun mo’ljallangan keyingi qurtlarni ko’tarib olish maqsadida ishlatiladi. Qutichadagi urug’lardan jonlangan qurtlar vaqtinchalik s’yomniklar yordamida ko’tarib olingach, quticha ichiga yana boshqa vaqtinchalik s’yomnik qo’yiladi. 24- rasm S’yomniklar S’yomniklar teshikchalarining diametri 2-4 mm li qilib urug’ zavodlarida tayyorlanadi. Inkubatoriyada urug’ni jonlantirish uchun har bir qutichaga o’rtacha 2-5 donadan to’g’ri keladigan qilib s’yomniklar keltirilib, quticha ichi kattaligiga to’g’ri keladigan qilib kesib tayyorlanadi
Dostları ilə paylaş: |