Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali agrologistika va biznes fakulteti


-150 quti urug’ jonlantiriladigan inkubatoriyaga zarur bo’ladigan asbob-uskunalar, kerakli materiallar va inventarlarni ro’yxati



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə71/109
tarix09.02.2022
ölçüsü1,87 Mb.
#52286
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   109
Ipak qurti ekologiyasi va boqish agrotexnikasi

100-150 quti urug’ jonlantiriladigan inkubatoriyaga zarur bo’ladigan asbob-uskunalar, kerakli materiallar va inventarlarni ro’yxati




Zarur bo’ladigan narsalarning nomi va miqdori

1.

Psixrometr

3 dona

2.

Termometr

3 dona

3.

Termograf

1 dona

4.

Gigrograf

1 dona

5.

Gigrometr

1 dona

6.

Psixrometrik jadval

3 dona

7.

Urug’ to’kilgan protveynlar (quticha) turadigan 3-4 qavatli etajerkalar

3 dona

8.

Jonlangan qurtlarni qo’yish uchun ishlatiladigan 3-4 qavatli etajerkalar

4-5 dona

9.

Tarozi toshlari bilan

1 dona

10.

Milligramm va grammli toshchalari bo’lgan maxsus to’plam (nabor)

2 dona

11.

Tyul. dan qilingan doimiy syomniklar

6-8 m2

12.

Qog’ozdan yasalgan syomniklar

300-350 dona

13.

Urug’ni to’kish va jonlantirish uchun ishlatiladigan protveyn (qog’oz quticha)

60-110 dona

14.

Jonlangan qurtlarni solish uchun ishlatiladigan qog’oz protveynlar (quticha)

150-300 dona

15.

Kontrol tortishda yoki jonlangan qurtlarni tortishda ishlatiladigan faner yoki kardon

1 dona

16.

Pintsetlar

2 dona

17.

Revundik yoki boshqa qalin material (namlikni saqlash uchun)

10 metr

18.

CHelak

3 dona

19.

Sevator (bog’bon qaychisi)

2 dona

20.

Pichoq

2 dona

21.

Barg qirqishda foydalaniladigan taxtacha

2 dona

22.

Barg olib kelish uchun ishlatiladigan fartuk

1 dona

23.

Bolta

1 dona

24.

Stol

1-2 dona

25.

Stullar

3-4 dona

26.

Ruchka yoki qalam

4 dona

27.

Daftar

2 dona

28.

Soat

1 dona

29.

Lampochka

4 dona

30.

Supurgi

2 dona

31.

Umivalnik

1 dona

32.

Sochiq

2 dona

33.

Xalat

4 dona

34.

Sovun

2 dona

35.

Polni yuvish va artish uchun qalin mato

1 metr

36.

Doka

10 metr

37.

Kiyim ilgich (veshelka)

1 dona

38.

Hisoblash uchun cho’t yoki elektromikrokalkulyator

1 dona

39.

Tovuq pari

4-6 dona

40.

Tut bargini solib qo’yish uchun polietilen xalta

1 dona

41.

Ohak

10 kg

42.

Ip (kanop)

1,5-2 kg

43.

O’tin

1m3

44.

Ko’mir

0,5 tonna

45.

CHoynak

2 dona

46.

Piyola

4 dona

Inkubatoriyadagi haroratni aniqlashda asosan quyidagi asboblardan щщfoydalaniladi:



  1. Termometr

  2. Psixrometr (Avgust va Assimon psixrometrlari).

  3. Termograf.

Bu asboblardan termometr va psixrometr xonani devoriga yoki etajerkalarni (so’kchaklarni) chetiga osib qo’yiladi va xohlagan vaqtda kelib harorat necha daraja ekanligini bilib olishi mumkin bo’ladi.

Termograf esa xonani kerakli joyiga tekis qilib qo’yiladi. Bu o’zi yozadigan asbob bo’lib, ichida soat mayatnigiga o’xshash qismi bor. Tashqarisida richagi va aylana shaklida tsilindri bo’lib, richagining uchiga pero o’rnatiladi, tsilindrga esa graduslarga bo’lingan millimetrli qog’oz o’raladi. TSilindr ichki mexanizm yordamida kecha-kunduzi yoki xaftasiga bir marta sekin aylanib turadi. Xonadagi haroratni ko’tarilishi yoki pasayishi bilan richak perosi ham baland yoki rastni chizadi. Natijada graduslarga bo’lingan millimetr qog’oz ustida iz qoladi. SHu izning yo’liga qarab harorat aniqlana beradi.


Urug’ jonlantiriladigan qog’oz qutichalarning o’lchamlari

Urug’dan chiqqan qurtlar vaqtincha qo’yilgan syomniklar yordamida ko’tarib olinib, boshqa qutichalarga solinadi. Bu qutichalar ham urug’ni jonlantirish uchun foydalangan qutichalar tartibida yasaladi, lekin bu qutichalarga qurtlar urug’larga nisbatan 5-6 barobar kamroq miqdorda solinadi. SHunga qaramasdan 10g massada jonlangan qurtlarni soladigan qutichaning kattaligi va undagi umumiy maydon 10 g urug’ turadigan qutichadan kattaroq bo’ladi. Quyidagi 5-jadvalda qutining o’lchamlari berilgan.

Urug’ni inkubatsiya qilishda ma’lum vaqt o’tgach (odatda 9-10 kunlari) qurt jonlana boshlaydi. SHu jonlanayotgan qurtlarni quticha ichidagi urug’lardan ajratib olish uchun maxsus teshikchalari bo’lgan qog’oz yoki tyuldan-syomniklardan foydalaniladi. Syomniklar 2xil bo’ladi.


  1. Tyuldan (to’t matodan) yasalgan doimiy syomnik.

  2. Yupqa qog’ozdan yasalgan vaqtinchalik syomnik.

Tyuldan yasalgan syomniklarni doimiy deb atalishiga sabab, ular urug’ jonlanishidan oldin quticha ichiga quyilgan bo’lib, urug’dan qurtlar chiqib bo’lgunicha saqlanib turadi. Odatda, to’r qog’ozlar inkubatoriyaga katta o’lchamdagi ilmateshik taxta qog’ozlar holida keltiriladi.

Yupqa qog’ozdan yasalgan syomniklarni vaqtinchalik deyilishiga sabab, urug’dan dastlab jonlangan xabarchi qurtlarni olib tashlash va boqish uchun mo’ljallangan keyingi qurtlarni ko’tarib olish maqsadida ishlatiladi. Qutichadagi urug’lardan jonlangan qurtlar vaqtinchalik syomniklar yordamida ko’tarib olingach, quticha ichiga yana boshqa vaqtinchalik syomnik qo’yiladi.





Syomnik

Syomniklar teshikchalarining diametri 2-4 mm li qilib urug’ zavodlarida tayyorlanadi. Inkubatoriyada urug’ni jonlantirish uchun har bir qutichaga o’rtacha 2-5 donadan to’g’ri keladigan qilib syomniklar keltirilib, quticha ichi kattaligiga to’g’ri keladigan qilib kesib tayyorlanadi.

Tut ipak qurti kasalliklarini davolash usullari deyarli bo’lmaganligi uchun ularga qarshi kurashish choralari asosan profilaktika va sanitariya tadbirlarini o’z ichiga oladi.

Ko’klamda urug’ni jonlantirish davrida o’tkaziladigan profilaktika tadbirlariga inkubatoriya uchun ajratilgan binoni va inkubatsiya uchun zarur bo’ladigan asbob-uskuna va jihozlar, inventarlar, anjom va materiallarni dezinfektsiya qilish ishlari kiradi. Bu tadbir urug’lardan sog’lom qurtlar chiqishini ta’minlaydi. Dezinfektsiya ishlari alohida ahamiyatga ega bo’lib, sanitariya-profilaktika tadbirlarining asosi hisoblanadi.

Ma’lumki, dezinfektsiya turli kasalliklarni yo’qotishga yoki ularning oldini olishga qaratilgan tadbirlar kompleksidan iborat. SHunga yarasha, dezinfektsiya ikki xil bo’ladi:


  1. Kasallik o’chog’i (manbai) ni dezinfektsiya qilish.

  2. Kasallik tarqatilishi oldini olish maqsadida dezinfektsiya qilish.

Kasallik o’chog’ini dezinfektsiya qilishdan ko’zlangan maqsad – yuqumli kasallikni va uni tarqatuvchi mikroorganizmlarni yo’qotish; profilaktik dezinfektsiyadan maqsad – kasallikning oldini olish va uni jonlanayotgan sog’lom qurtlarg tarqalishiga yo’l qo’ymaslik.


MUAMMOLI VAZIFALAR VA SAVOLLAR

Wiley PLUS dagi yechilishi mumkin bo’lgan muommolar

(o’kituvchining ixtiyoriga ko’ra)



Fundamental tushunchalar

Davriy jadval

Inkubatsiya




.1



Tut ipak qurti tuxumining tuzilishi qanday ta’rif bering

4

Tut ipak qurti urug’lari necha usulda jonlanishigaizoh bering

22


Inkubatsiya jarayoni kanday

5

Jonlangan qurtlarni ko’tarib olish va tarqatishini ta’rif bering

23

Inkubatsiyaga tuxumni qo’yish muddatlarini sanab bering









Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin