9.1- Amaliy ish Ipak qurtini urug’ini jonlantirish tartibi
Tut ipak qurtining kapalagi qo’ygan tuxum urug’ deb ataladi. Ipak qurtining urug’i oddiy tuxum shaklida bo’lib. yonlari qisilgan, o’rtasi botiqroq (biroz puchaygan), ovalsimon ko’rinishga ega. Yangi qo’yilgan tuxumning rangi och sariq bo’lib, 2 - 3 kecha-kunduz davomida och sariq rangdan pushti rangga, so’ngra, qizg’ish-qo’ng’ir rangga va nihoyat, bo’z kul rang tusga kiradi.
Qishlovchi urug’ning xaqiqiy rangi bo’z kul rangda bo’ladi. Bivoltin zotining o’z-o’zidan jonlanadigan urug’larining rangi butun inkubatsiya davrida ham och sariqligicha qolaveradi.
Tuzilishi: tuxum po’chog’i, mikropilyar teshigidan iborat.
Inkubatsiya so’zi lotin tilidan olingan bo’lib, inkubo- jonlantirmok yoki ochirmok degan ma’noni anglatadi. SHuning uchun ipak qurti urug’ini inkubatsiya qilish deganda sun’iy sharoitda ma’lum harorat, namlik, havo, yorug’lik ta’sirida urug’dan (tuxumdan) qurt ochirish tushuniladi.
Tut ipak qurti maxsus jihozlangan binolarda sun’iy sharoitda ochiriladi. Bunday binolar inkubatoriyalar deyiladi. Tajriba yoki ilmiy ishlar uchun ishlatiladigan oz miqdordagi urug’ni termostat yoki shkafda jonlantirish mumkin, ular inkubatorlar deb ataladi.
Dostları ilə paylaş: |