Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali agrologistika va biznes fakulteti



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə65/109
tarix09.02.2022
ölçüsü1,87 Mb.
#52286
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   109
Ipak qurti ekologiyasi va boqish agrotexnikasi

Oddiy flyuger. Mualliflar /S.Muradov va N.Axmedov/ tomonidan yaratilgan va taklif etilgan bo’lib, qurtxonadagi havo yo’nalishi va harakatini aniqlashga mo’ljallangan. Flyuger oddiy tuzilgan oyoqcha va sterjen o’qidan iborat. Sterjen o’qqa kardondan kesilgan, darajalarga bo’lingan yarim aylana yopishtirilgan. O’qning tepa tomoniga uzunligi 14 sm papiros qog’ozidan kesilgan lentachali sim biriktirilgan. Qog’oz lentaning ko’tarilishi orqali havo yo’nalishini va darajalar orqali tezligini aniqlash mumkin. CHunki kardon aylanadigan har bir darajalar katatermometr bilan solishtirib aniqlanadi.

Kerakli jihozlar:

1.Oddiy usulda va elektroventilyator /VK-3/ yordamida qurt boqish davrida qurtxonalarning havosini almashtirish asosida boqilgan va fiksatsiyalangan qurtlar va pillalar namunalari.

2.Pillalarni o’lchash uchun tarozilar /toshlari bilan/.

3.Ipak qurtining rivojlanishi, o’sishi, hosili va pillaning biologik ko’rsatkichlari, havo almashinishni ta’sirini ifodalovchi jadvallar.

4.qurtxonadagi shamol tezligi va yo’nalishini aniqlovchi qo’l anemometri, katatermometr, flyugerlar va VK-3 rusumli elektroventilyator.

5.Darslik va Amaliy amaliy mashg`ulot o’quv qo’llanmalari.



O’tilgan mavzuni mustahkamlash.

  1. Havo harakati va shamollatishni hayvon organizmiga ta’siri?

  2. Ipak qurtiga havo almashinishni ta’siri va ahamiyati?

  3. Isitilmagan qurtxonaning havo tarkibi?

  4. Isitilgan va qurt boqilayotgan qurtxonaning havo tarkibi?

  5. qurtxonada havo almashinish jarayonini boshqarish?

  6. Havo almashinishning tut ipak qurtining rivojlanishi, hosildorligi, pilla sifatiga ta’siri?

7.1-ish. Kichik yoshdagi qurtlarni boqish.

  1. Kerakli jihozlar:

1.qurtlarni kichik yoshlarida boqishda foydalanadigan qurtxona /binolar/ asbob-anjomlar plakatlari.

2.Kichik yoshdagi fiksatsiyalangan qurt namunalari.

3.Kichik yoshlarda boqish agrotexnikasini ifodalovchi plakat va narsalar.

4.Kichik yoshdagi qurtlarni boqish to’`risidagi foto-suratlar, asbob uskunalar.



  1. Ishdan maqsad.

Talabalarni kichik yoshdagi qurtlarni parvarish qilish tartibi va usullari bilan tanishtirish.

Ishni bajarish tartibi. /1 quti qurt uchun/.

1.Kichik yoshlardagi qurtlarni /1,2 va 3 yosh/ boqish uchun talab etiladigan boqish maydoni va bino hajmini aniqlang: 1,2 va 3 qavatda boqish uchun.

1-chi yoshdagi qurtlarni boqish uchun ozuqa tayyorlash, ozuqa miqdori, boqish miqdori va ozuqalantirishni ta’riflang.

2-chi va 3-chi yoshdagi qurtlarni boqish uchun ozuqa tayyorlash, ozuqa miqdori, boqish miqdori va ozuqalantirishni ifodalab bering.

4.Kichik yoshdagi qurtlarni boqishda binoning harorati, namligi va shamollatish xususiyatlarini ta’riflang.

5.Kichik yoshlardagi qurtlarni 1,2 va 3 yoshlarining farq qiladigan belgilarini aniqlang.

6.Kichik yoshlari bo’yicha ovqatni hazm qilish muddati va chiqargan ekskrimentlar /qurt axlati/ soni va o`irligini aniqlang.

7.Kichik yoshlarda qurtlarni boqish agrotexnikasini yozib oling.

O’tilgan mavzuni mustahkamlash.

1.Kichik yoshdagi qurtlarga qaysi yoshdagi qurtlar kiradi va nima uchun?

2.Kichik yoshdagi qurtlarni boqishda qurt boqish maydonining ahamiyati?

3.Kichik yoshdagi qurtlarni boqish uchun ozuqa tayyorlash xususiyatlari.

4.Kichik yoshdagi qurtlarni rivojlanishida ozuqaning ta’sirini ta’riflab bering.

5.qurtxona harorati, namligi va shamollatishni kichik yoshdagi qurtlarning rivojlanishiga ta’siri?

6.Kichik yoshdagi qurtlarning ozuqani hazm qilishi?

7.Kichik yoshdagi qurt boqish agrotexnik hususiyatlari nimadan iborat.


Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin