Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali agrologistika va biznes fakulteti


Ipak qurtini yoshlari bo’yicha talab etiladigan maydonlar kattaligi



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə68/109
tarix09.02.2022
ölçüsü1,87 Mb.
#52286
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   109
Ipak qurti ekologiyasi va boqish agrotexnikasi

Ipak qurtini yoshlari bo’yicha talab etiladigan maydonlar kattaligi.

Qurtlarni yoshlari

1-quti qurtning yoshi oxirida egallaydigan maydoni (m2)

Sanoat qurtlarini boqishda

Nasilli qurtlarni boqishda

Oziqalanish maydoni

Qo’shimcha maydon

Umumiy maydon

Oziqalanish maydoni

Qo’shimcha maydon

Umumiy maydon

Birinchi yoshda

2

0,6

2,6

2,5

0,75

3,25

Ikkinchi yoshda

6

1,8

7,8

8

2,40

10,40

Uchinchi yoshda

15

4,5

19,5

18

5,40

23,40

To’rtinchi yoshda

30

9,0

39,0

36

10,80

46,80

Beshinchi yoshda

60

18,0

78,0

70

21,00

91,00

Pilla o’rashda

60

18,0

78,0

70

21,00

91,00

Jami:

60

18,0

78

70

21

91

1960 yillarga kelib zbekiston pillachiligida 29 gramm urug’ni bir quti urug’, undan jonlanib chiqqan qurtlarning 19 grammni bir quti qurt deb qabul qilingan. Ipak qurtlarining qator ko’rsatkichlari, pilla hosildorligi, pilla etishtirish uchun zarur bo’ladigan asbob-uskunalar, qurtxonalarning katta-kichikligi, oziqa miqdori va boshqa narsalarni bir quti qurt hisobiga rejalashtiriladi va mo’ljallanadi.

Dunyo pillachiligadi bu ko’rsatkichlarni bir quti qurt hisobiga emas, bir gramm qurt uchun yoki bir gramm qurtdan olingan pilla miqdori (kg) kabi tushunchalar mavjud. SHundan kelib chiqib ularda qurt boquvchilarga 25gr, 30gr, 40gr, 75gr, 100gr qurt berildi deb qayd etiladi va shu tarqatilgan qurt olirligi (gr) miqdoriga qarab hisob-kitob ishlari olib boriladi.

Keyingi yillarda respublikamizda ham shirkat va jamoa xo’jaliklar hamda ipak qurtini boqish bilan shulullanadigan tashkilotlar inkubatoriyalarida jonlangan qurtlarni grammlar miqdorida tarqatishga o’tilmoqda. SHuning uchun ham ipak qurtini yoshlari bo’yicha talab etiladigan maydonlarning kattaligini nafaqat 1-quti qurt hisobiga, balki bir gramm qurt uchun qancha talab etilishi to’lrisidagi ma’lumotlarni ham keltirish zarur (25-jadval)

25-jadval



1 gramm olirlikdagi ipak qurtlarini yoshlari bo’yicha egallagan maydoni (m2)

Qurtning yoshlari

Sanoat qurtlarini boqishda

Nasilli qurtlarni boqishda

Oziqalanish maydoni

Qo’shimcha maydon

Umumiy maydon

Oziqalanish maydoni

Qo’shimcha maydon

Umumiy maydon

Birinchi yoshda

0,11

0,033

0,143

0,13

0,039

0,169

Ikkinchi yoshda

0,32

0,096

0,416

0,42

0,126

0,546

Uchinchi yoshda

0,79

0,257

1,047

0,95

0,285

1,235

To’rtinchi yoshda

1,57

0,474

2,044

1,90

0,570

2,470

Beshinchi yoshda

3,16

0,948

4,108

3,68

1,104

4,784

Pilla o’rashda

3,16

0,948

4,108

3,68

1,104

4,784

Jami:

3,16

0,948

4,108

3,68

1,104

4,784

Respublikamiz jamoa xo’jaliklarida qurt boqish bo’yicha katta tajribaga ega bo’lgan juda ko’plab illor pillakorlar qurt boqish maydonlarini yuqorida qayd etilgan talab asosida olib borib, bir quti qurtdan olinadigan pilla hosilini 70-80 kg etkazib, sifatli pilla olishga erishmoqdalar.

Ishni bajarish tartiblari:

1.Bir xil sharoitda, turli xil qurt boqish maydon kattaligida boqilgan 1,2,3,4 va 5 yoshlarida fiksatsiyalangan qurtlarni olib, taqqoslab, farqini aniqlang.

2.Bir xil sharoitda, turli xil qurt boqish maydon kattaligida boqilgan qurtlarning pillalarini olib, pilla o`irligi va sifatini aniqlang.

3.qurt boqish maydon kattaligini tut ipak qurtining rivojlanishi, o’sishi, pilla hosili va sifatiga ta’sirini jadvallar yordamida o’rganing.

4.Turli xil miqdordagi: 5g, 10g, 15g va bir quti /19 g/ qurtlarni boqish uchun qurt boqish maydonni 1-2 qavatli so’rilar va 1,2,3,4 qavatli etajerkalarda hisoblab chiqing.

5.Agrotexnik normativ bo’yicha 1 quti qurtlarni, boqish uchun yoshlari bo’yicha naslli va sanoatbop zotlar uchun qurt boqish maydonini hisoblab chiqing.

6.qurt boqish maydonini qurtning rivojlanishiga oid jadvallarni yozib, rasmlarini chizib oling.

O’tilgan mavzuni mustahkamlash.

1.Hasharotlarning statsiyasi yoki yashash joyi nima?

2.Ipak qurtining boqish va oziqlantirish maydoni nima?

3.Oziqlanish maydonining katta kichikligini ipak qurtining rivojlanishiga ta’siri?

4.Tut ipak qurtining boqish maydoniga talabchanligi?

5.Agrotexnika normativiga asosan ipak qurtining yoshlari bo’yicha umumiy va oziqlanish maydonini 1, 2, 3, 5, 10, 50, 100 quti qurt uchun aniqlang?



8-ish. Qurtxonaga etajerkalarni o’rnatish.

Ishdan maqsad: Talabalarni qurt boqishda foydalaniladigan binolarni - qurtxonalarni turlari va qurtxona oldiga qo’yilgan agrotexnik talablar bilan, kichik, katta yoshdagi qurtlarni boqish va pilla o’rash davrida foydalanadigan binolar bilan tanishtirish. qurt boqish uchun tanlab olingan binolarni ta’mirlash, ta’mirlash muddatlari hamda isitish va shamollatish asboblarni tuzilish sxemasi va joylashtirish tartibi bilan tanishtirish.

Kerakli jihozlar.

1.Maxsus kapital tipdagi qurtxonaning maketi va plani.

2.Plyonkali – sinchli «Andijon 3-5» tipdagi qurtxonaning maketi.

3.qurtxona turlarini tasvirlovchi tablitsalar.

4.Xo’jalik binolar va yengil tipdagi binolarning rasmi.

5.qurtxonalarni ta’mirlash uchun kerakli narsalarni ro’yxati.

6.Isitish va shamollatish qurilmalarini joylashtirish sxemalari.

Doim qurt boqiladigan qurtxonalar va vaqtincha boqiladigan binolarga nisbatan qo’yiladigan talablar bilan tanishing.

Qurtxonalarga o’rnatiladigan isitish asboblari, eshik, derazalarning, etajerka, so’kchak hamda so’rilarning joylashish sxemasi bilan tanishing.

13-rasm. 1- Standart

2x1m o’lchamli

3 qavatli etajerka;





14-rasm.

2-Qurt boqishda

Ishlatiladigan

asbob uchkunalar




Qurtxonaga etajerkalarni joylashtirish



Ishni bajarish tartibi.

1.Mahsus kapital tipdagi qurtxonaning maketi va plani bilan tanishib chiqing. qurt boqish xonalari, barg tayyorlash va saqlash, pilla o’rash hamda navlarga ajratish, qurt boqishda ishlatiladigan asbob-anjomlarni saqlaydigan xonalar va ularning joylanishiga e’tibor bering.

2.Plyonka-sinchli tipdagi qurtxonaning maketi bilan tanishib, tasvirlang.

3.qurt boqishda ishlatiladigan binolarni tiplari bilan tanishib chiqing.

4.qurtxonalarni isitish asboblari, pechlarning xillari, tuzilishi va joylashtirish tartibi bilan tanishing.

5.qurtxonani shamollatgich asbob uskunalari, ularning tuzilishi, o’rnatish tartibi bilan tanishing.

6.qurtxonani oqlash tartibi, turli xil hajmdagi binolarni oqlash uchun kerak bo’ladigan oxak miqdorini aniqlang.

7.qurt boqishda, qurtxonani isitish uchun kerakli yoqil`i miqdorini aniqlab, yoqil`i tayyorlash tartibini o’rganing.



O’tilgan mavzuni mustahkamlash.

1.qurtxona deb nimaga aytiladi va qurt boqish xonalari?

2.Respublikamiz xo’jaliklarida ipak qurtini boqish uchun foydalanayotgan binolar.

3.qurtxona uchun binolar oldiga qo’yilgan agrotexnik talablar?

4.qurtxona tiplari?

5.qurt boqish uchun foydalanadigan binolarni tanlash.

6.qurtxonalarni ta’mirlash ishlariga nimalar kiradi?

7.Binolarni isituvchi asboblar, pechlar tipi va ularni joylashtirishning ahamiyati nimada?

8.qurtxonalarni shamollatuvchi asboblarni va teshiklarni o’rnatish tartibi.


Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin